42
karbonatlar, temir, organik qo‘shimchalardan iborat bo‘ladi.
Gil minerallar gil
moddalardan iborat bo‘ladi. Gil deb, tarkibida 30% dan ko‘p gil moddalar
bo‘lgan gil jinslarga aytiladi. Keramzit ishlab chiqarish uchun montmorillonit
va gidroslyudali gillar ishlatiladi, ularning tarkibida 30%
gacha kvars
mavjuddir. Gilning umumiy tarkibida SiO
2
-70% gacha, Al
2
O
3
-12% kam
emas(20% gacha), Fe
2
O
3
+ FeO- 10%gacha, organik qo‘shimchalar 1-2%
mavjud bo‘lishi kerak.
Keramzit ishlab chiqarishda u yoki bu gil xom ashyosining yaroqli
ekanligi xomashyo xususiyatlarini maxsus tekshirish orqali belgilanadi.
Gil xom ashyosiga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi:
Birinchi talab bu gilning kuydirishda ko‘pchishidir. Gilning ko‘pchishi-
ko‘pchish koeffitsienti bilan xarakterlanadi va quyidagi formula bilan
ifodalanadi:
c
k
b
V
V
R
,
bu erda: V
k
– ko‘pchigan keramzit granulalarining hajmi;
V
c
– pishirishdan oldingi xom granulalarning hajmi.
Ko‘pchish koeffitsientini boshqa formula bilan ham ifodalash mumkin:
)
100
1
(
п
к
с
b
П
R
,
bu erda:
ρ
s
– quruq xom granulaning zichligi;
ρ
k
– ko‘pchigan keramzit granulasining zichligi;
P
p
- quruq xom granulaning pishirishdagi massa bo‘yicha
yo‘qotishi,%
Keramzit ishlab chiqarishda gil xomashyosining ko‘pchish koeffitsienti 2
dan kam bo‘lmasligi (3-4 bo‘lsa yaxshi) kerak.
Gil xom ashyosiga qo‘yiladigan
ikkinchi talab, bu uning oson
eruvchanligidir, ya’ni xomashyoni kuydirish 1250
0
S dan oshmasligi kerak, aks
holda gil tarkibidagi gazlar erkin chiqib ketadi va natijada xom gil granulasi
ko‘pchimaydi.
43
Gil xomashyosiga qo‘yiladigan uchinchi talab, bu kerakli ko‘pchish
intervali hisoblanadi. Bu pishirish
harorati chegarasi bilan, ko‘pchish
boshlanishi harorati orasidagi farq hisoblanadi. Ko‘pchish harorati deb, zichligi
0,95 g/sm
3
ga teng keramzit granulalarining hosil bo‘lish haroratiga aytiladi.
Pishirish harorati chegarasi esa keramzit granulasi yuzasining erigan suyuq
qatlam bilan qoplanishi harorati tushuniladi. Keramzit shag‘alini ishlab
chiqarishda haroratning keskin ko‘tarilib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, aks
holda granulalar yuzasi erib bir-biri bilan elimlanib qoladi. Bu esa keramzit
shag‘alining chiqishini kamaytiradi va ba’zan pechni ishdan chiqaradi.
Keramzit shag‘alini ishlab chiqarishda haroratni belgilangan optimal darajadan
pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, aks holda ko‘pchish
koeffitsienti
kamayadi va mahsulot kam ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarishda xomashyoning
ko‘pchish intervali 50
0
S dan kam bo‘lmasligi kerak.
Bu xususiyatlarga barcha gil jinslari ega bo‘lmaydi. Gil xomashyosining
xususiyatlarini yaxshilash uchun unga 1% gacha mazut, solyarka moyi yoki
boshqa organik moddalar qo‘shiladi. Gil granulalarining ko‘pchish harorati
intervalini uzaytirish uchun gil granulalari sirtiga
olovga bardoshli gil kukuni
yoki maydalangan kvars qumlari purkaladi. Keramzit ishlab chiqarishda
qo‘shimchalarni qo‘llashda xomashyo mahsulotning ko‘pchish koeffitsientini 2-
3 barobar oshiradi, mahsuldorlik ham oshadi, tan narxi esa pasayadi.
Dostları ilə paylaş: