Referat mavzulari ro’yxati


Bir barabanli aylanma pechda keramzit ishlab chiqarish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/102
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203201
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   102
Beton tolduruvchilari texnologiyasi UMK сиртки Хайдаров Н

Bir barabanli aylanma pechda keramzit ishlab chiqarish 
texnologiyasi 
Rasm 2.1. Keramzit ishlab chiqarish uchun qo‘llaniladigan bir barabanli 
aylanma pech sxemasi:
1-xom granulalarni joylash; 2-aylanma pech; 3-forsunka; 
4-ko‘pchigan keramzit shag‘ali; 5-issiq gazlar oqimi. 
SHu sababli keramzit olishda xom granulalarni pishirish xaroratni juda 
tez oshirishda erishiladi, aks xolda sekin xaroratni oshirishda gazlarning asosiy 
qismi ko‘pchishgacha erkin chiqib ketadi va zich ko‘pchimagan massa xosil 
bo‘ladi. Granulalarni juda tez ko‘pchish xaroratigacha qizdirish uchun dastlab 
uni tayyorlash, quritish va isitish kerak.
S.P.Onatskiyning izlanishlaridan kelib chiqib aytish mumkinki, issiqlik 
ishlov berishning bosqichma-bosqich rejimi optimal xisoblanadi: xom 
granulalarni uzluksiz 200-600 
0
S gacha issitish va so‘ngra juda tez ko‘pchish 
xaroratigacha qizdirish (1200-1250 
0
S). 


46 
Xom granulalarni pishirish aylanma pechlarda bajariladi, konstruksiya 
bo‘yicha ular birbarabanli, ikkibarabanli va issiqlik almashinuvini bajaruvchi 
pech turlariga bo‘linadi. Ishlab chiqarishda birbarabanli aylanma pechlar keng 
ishlatiladi, diametri-2,5m va uzunligi-40m (rasm 2.1.). Bu pech silindr metall 
barabandan iborat bo‘lib, ichki qismi olovga bardoshli material(g‘isht) bilan 
qoplangan. Aylanma pech 3 gradus qiyalikda joylash-tiriladi va o‘z o‘qi 
bo‘yicha sekin aylanadi. SHu sababli pechning yuqori qismidan tushadigan xom 
granulalar uning aylanishidan pastki qismiga qarab xarakatlanadi, bu qismida 
gaz va suyuq ko‘rinishdagi yoqilg‘ilarni yondirish uchun gaz gorelkasi yoki 
forsunka joylashtiriladi. Natijada, xom granulalar issiq gazlarga qarshi 
xarakatlanadi, isiydi va qizdirish zonasida ko‘pchiydi. Granulalar pechda 
o‘rtacha 1 soat bo‘ladi.
Issiqlik ishlov berishning optimal rejimini ta’minlash uchun, pechning 
ko‘pchish zonasi uning boshqa qismlari (tayyorlash zonasi)dan xalqa yordamida 
ajratiladi. Aylanma pechning ko‘pchish zonasi yoki ikkita oxirgi qismlari 
kengaytirilgan va o‘rta qismi toraytirilgan bo‘lsa analogik samaraga erishiladi. 
Granulalarning ko‘pchishi gilni piroplastik holatga o‘tishida sodir bo‘ladi, 
bunda ishlab chiqarishning oz miqdorda ham berilgan parametrlardan 
chetlashishi granulalarni o‘zaro yoki pechning ichki devoriga elimlanib 
qolishiga olib keladi. Keramzit ishlab chiqarishning samarali yo‘li bu 
granulalarni olovga bardoshli kukunlar bilan qoplash hisoblanadi. Bu kukun 
sepuvchi maxsus barabanda yangi tayyorlangan granulalar qoplanadi yoki 
bevositia aylanma pechda ko‘pchish zonasidan oldin maxsus qurilma yordamida 
amalga oshiriladi. Granulalar sirtini kukun bilan qoplash ishlab chiqarish 
jarayonini va pishirish xaroratini barqarorlashtiradi. Natijada keramzit uyma 
zichligi pasayadi va pechning ishlab chiqarish mahsuldorligi ortadi(rasm 2.2.). 


47 
Rasm.2.2. Aylanma pechga olovga bardoshli kukunni kiritish 
qurilmasi:
1-aylanma pech; 2-kukunning zaxira bunkeri; 3-kukunni kiritish 
qurilmasi; 4-gorelka (forsunka); 5-ikkilamchi xavoni kiritish qurilmasi; 6-
elevator.
 
Aylanma pechdan chiqadigan issiq gazlarni qayta qo‘llashda yoqilg‘i 
sarfini kamaytiradi. SHu maqsadda pechdan tashqari va pech ichidagi issiqlik 
almashinuvini qo‘llash yoqilg‘i sarfini 10% dan 30% gacha tejashga erishiladi. 
Pechdan tashqari issiqlik almashuvi uchun kuydirish agregati(rasm.2.3.) 
tarkibiga kiruvchi qatlam tayyorlovchi SMS-197 ishlatiladi.
Rasm 2.3. Kuydirish agregati SMS-197:
1- qatlam tayyorlovchi; 2-
aylanma pech 2,8 × 20 m; 3- qatlam sovitgich; 4- xom granulalar 
Qatlam tayyorlovchi qurilmada xom granulalar nafaqat quritiladi, balki 
200-300
0
S gacha qizdiriladi, natijada uzunligi 20m va diametri 2,8m aylanma 
pechlar ishlatiladi. Keramzitni kuydirishda ishlatiladigan ikki barabanli 
pechning tayyorlash va ko‘pchish zonalari ikkita turli tezlikda harakatlanuvchi 
barabanlardan tashkil topadi. 
Issitish barabani (kichik diametrli) va ko‘pchish barabani (katta 
diametrli) bitta o‘qda joylashgan bo‘ladi, ya’ni birinchisi ikkinchisi ichiga kiradi 
yoki turli o‘qlarda joylashtiriladi, bunda ular oraliq kamera (rasm.2.4.) bilan 
bog‘lanadi.


48 
Rolikli tayanchalarda turgan xar bir barabanning ekspluatatsiya paytidagi 
holati jiddiy nazorat etiladi, chunki roliklarga tushadigan yuk oshib ketmasligi 
kerak. Isitish barabanlari diametri 2,5-3m va uzunligi 20-35m, ko‘pchish 
barabanlarining diametri 3,5-4,5m va uzunligi 19-24 m ni tashkil etadi. Har bir 
baraban mustaqil yurgizuvchiga ega bo‘lib, uni belgilangan tezlikda aylanishini 
ta’minlaydi.
Barabanlarning aylanish tezligi shu holatda tanlanadiki, bunda ko‘pchish 
barabanidagi to‘shalgan granulalar isitish barabanidagiga nisbatan 1,5-2 marta 
tezroq harakatlanishi kerak. Ikki barabanli pechda har bir xomashyo turi uchun 
optimal issiqlik ishlov berish rejimi tanlanadi. Sanoat miqyosidagi ishlab 
chiqarish shuni ko‘rsatadiki, bu holatda olingan keramzitning sifati ortadi
mahsuldorlik oshadi, yoqilg‘i sarfi kamayadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin