Referat mavzulari ro’yxati



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/102
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203201
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   102
Beton tolduruvchilari texnologiyasi UMK сиртки Хайдаров Н

Savollar 
1. Tabiiy zich tog‘ jinslari asosidagi qum qanday ishlab chiqariladi? 
2. Qanday qumlar beton uchun ishlatiladi? 
3.
Yiriklik moduli deganda nimani tushunasiz? 
4.
Yiriklik moduli bo‘yicha qumning qanday turlari mavjud? 
5.
Qumlarda qanday aralashmalar uchraydi? 
6.
Qumning zarrachalar tarkibini keltiring? 
7.
Qum tarkibida qanday gil, gilsimon qo‘shimchalar uchraydi? 
8.
Qum tarkibidagi sulfid va sulfat qo‘shimchalarning miqdori qanday 
chegarada bo‘lishi kerak? 
9.
Qumning namligi necha foizdan oshmasligi kerak? 
10.
Tabiiy qumni tayyorlashda qanday mashina va uskunalardan foydalanadi? 


73 
2-MA’RUZA: MAHALLIY XOM-ASHYOLAR ASOSIDA YENGIL 
G’OVAK TO’LDIRUVCHILAR 
Reja 
1.
G‘ovakli to‘ldiruvchilar asosidagi engil betonlar 
2.
Engil betonlarning mustahkamligi 
Engil betonlarni ishlab chiqarishda har-xil g‘ovak to‘ldiruvchilardan 
foydalaniladi, jumladan, sun’iylari – keramzit, agloporit, perlit, shlakli pemza 
va boshqalar, hamda tabiiylari – tuf, pemza va boshqalarni misol sifatida 
keltirish mumkin. Engil betonlar asosan devorlar va yuk ko‘taruvchi 
konstruksiyalarning og‘irligini kamaytirish uchun ishlatiladi. SHu sababli bu 
betonlarning zichligi alohida ahamiyat kasb etadi. Betonlarning zichligiga qarab 
o‘ta engil 500 kg/m
3
zichlikdan kam issiqlik saqlovchi beton va engil zichligi 
500-1800 kg/m
3
bo‘lgan betonlarga ajratiladi. 
Engil betonlarning mustahkamligi 2,5 dan 30 MPa gacha va undan yuqori 
bo‘lishi mumkin. Engil betonlar asosan zichligi 500-1400 kg/m
2
bo‘lgan 
konstruksion-issiqni saqlovchi va zichliklari 1400-1800 kg/m
3
bo‘lgan 
konstruksion betonlarga bo‘linadi. 
Betonlar tuzilishiga ko‘ra zichlashtirilgan va oddiy turlarga ajratiladi. 
Ularga, sement qorishmasining yirik to‘ldiruvchilari orasidagi g‘ovaklarni engil 
yoki og‘ir qum bilan to‘ldiriladigan oddiy betonlar, sement qorishmasining 
g‘ovaklarini ko‘pik yoki gaz hosil qiluvchi boshqa qo‘shimchalar bilan 
ko‘pchitiladigan serg‘ovak engil betonlar va qumsiz, donalar orasidagi 
bo‘shliqlari saqlangan yirik g‘ovakli engil betonlar kiradi. Qurilishda asosan
yirik g‘ovak to‘ldiruvchilarning o‘lchamlari 20-40 mm bo‘lgan engil betonlar 
va mayda donador engil betonlar ishlatiladi. 
Engil betonlarning mustahkamligi og‘ir betonlardagi kabi tarkibidagi 
sement-suv nisbatiga bog‘liq, chunki asosan u sement toshini mustahkamligini 


74 
belgilaydi. Lekin g‘ovakli to‘ldiruvchilar o‘zining strukturaviy xususiyatlariga 
ko‘ra sement qorishmasiga nisbatan kamroq mustahkamlikka ega. G‘ovak 
to‘ldiruvchilarni engil beton tarkibiga kiritilishi ularning miqdori va zichligiga 
bog‘liq holda beton mustahkamligini kamaytiradi. 
Engil 
betonlarni 
mustahkamligiga 
sement-suv 
nisbatlarining 
bog‘liqliklarini 2.19- rasmda ko‘rish mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin