79
2.23-rasm
. Bir xildagi chegaraviy yirikligi 20 mm bo‘lgan shag‘al (yuqorida)
va keramzit (pastda) asosida tayyorlangan beton qorishmasining
suvshimuvchanligi.
G‘ovakli to‘ldiruvchilar sement hamiri bilan boshqa zich to‘ldiruvchilarga
nisbatan ko‘proq suv almashinuvi xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun uning
tarkib topishi jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadi. Birinchi bosqichda g‘ovak
to‘ldiruvchilar namlikni shimib sement toshi bilan to‘ldiruvchilar
orasidagi
qatlamda mustahkam va mahkam bog‘lanishni hosil qiladi. Ikkinchi bosqichda
suvning kamayishi hisobiga g‘ovakli to‘ldiruvchilar shimib olgan namlikni
qaytara boshlaydi va sement toshida gidratatsiya
uchun zaruriy sharoit
yaratiladi. Engil to‘ldiruvchilarning yuzalarini o‘ta notekisligi hisobiga sement
toshi bilan yaxshi yopishishadi va to‘ldiruvchining deformatsiyalanuvchanligi
hisobiga sement toshining cho‘kishi, mikroyoriqlar paydo bo‘lishi
kabi sement
tarkibiga ta’sir etuvchi salbiy holatlar kamayadi.
Natijada g‘ovak to‘ldiruvchili engil betonlarda sement toshi talab
darajasidagi zichlik va birjinslilikka ega bo‘ladi va bu xususiyati bilan ularni
temir-beton konstruksiyalarida va ba’zi agressiv muhitlarda
ham ishlatilishiga
imkoniyat yaratiladi.
G‘ovak shag‘al va qumlarning yuzasi noto‘g‘ri shaklga ega bo‘lganligi
hisobiga qorishmada donalar aro bo‘shliqlar ko‘payadi. Bu bo‘shliqlarni
to‘ldirish va donalar orasiga sement hamirini kiritish bilan birga
qatlamlashmaydigan va qulay ishlov beriladigan beton qorishmalarini olish
uchun oddiy betonlarga nisbatan 1,5-2 marta ortiq sement hamiri sarflanadi.
G‘ovaklari ko‘p bo‘lgan to‘ldiruvchilarni
beton qorishmasini suv
talabchanligini kamaytirish va sement sarfini qisqartirish, shuningdek g‘ovak
to‘ldiruvchilar asosida olinadigan betonlarning boshqa sifat darajasini
yaxshilash maqsadida to‘ldiruvchilarga gidrofobizatorlar
yoki zarralarning
yuzasida namlikni kam o‘tkazadigan yupqa parda, yupqa ichki qatlam hosil
80
qiluvchi boshqa moddalar bilan ishlov beriladi. Lekin
bunday tadbirlar beton
tannarxini oshirib yuborganligi uchun ularni texnik-iqtisodiy hisoblar asosida
bajarilishi zarur.
Savollar
1.
Keramzitning fizik-mexanik xususiyatlarini keltiring?
2.
Keramzit g‘ovak to‘ldirgichi qurilishda qaysi soxalarda ishlatiladi?
3.
Aylanma pechning tuzilishi va ishlash prinsipini tushuntiring?
4.
Keramzit ishlab chiqarishda xom granulalarni isitish va kuydirish qanday
amalga oshiriladi?
5.
Keramzit ishlab chiqarish texnologiyasini keltiring?
Dostları ilə paylaş: