Beton tolduruvchilari texnologiyasi UMK сиртки Хайдаров Н
uzluksiz tarkib
deyiladi. Agarda to‘ldiruvchida qandaydir bir oraliq o‘lchamlardagi donalar
mavjud bo‘lmasa bunday donador tarkib
uzlukli tarkib deb ataladi.
To‘ldiruvchining optimal (eng maqbul) donadorlik tarkibini belgilash
bo‘yicha juda ko‘p tavsiyalar mavjud. Ko‘pchilik tadqiqotchilar uzluksiz
donador tarkibni samaraliroq deb biladilar. Uzlukli tarkibli qorishmalardan
o‘rtacha o‘lchamlardagi fraksiyalarni olib tashlanganda g‘ovaklikning
kamayishi ta’minlanadi. Biroq, undagi yirik donalar orasida siqilib qolgan
mayda donalarning harakatchanligi chegaralanadi va ma’lum darajadagi
harakatchan beton qorishmasini olish uchun donalarni sement hamiri bilan
qalinroq qamrab olish zarurati tug‘iladi. Uzluksiz donador tarkibli
qorishmalarda esa bu qatlam yupkaroq bo‘lishi kuzatiladi va uzlukli jarayonda
to‘ldiruvchidagi mayda fraksiyalarning hajmi, hamda to‘ldiruvchining nisbiy
yuzasi ortib boradi. Natijada donalarni qamrab olish uchun sement sarfi ortadi
va to‘ldiruvchining bo‘shliqlarini kamaytirish hisobiga sementni iqtisod qilish
imkoniyati kamayadi. Bundan tashqari uzlukli donadorlik tarkibning
qatlamlanishga moilligi bo‘lib, bu betoning bir jinsliligiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.
To‘ldiruvchining uzluksiz donadorlik tarkibini tanlash uchun turli
samarali elash egrilari taklif etilgan. Bir vaqtning o‘zida bo‘shliqlari minimal
darajadagi va eng kam donalar nisbiy yuzasiga ega bo‘lgan qorishmani olish
mumkin bo‘lmaganligi tufayli (minimizatsiyani faqat bir omil orqali o‘tkazish
mumkinligi sababli), ideal egrini quyidagi shartdan olish mumkin. Buning
uchun qorishmadagi bo‘shliqlar miqdori va donalarning yuzalari yig‘indisi
ma’lum darajadagi harakatchanlikka ega bo‘lgan beton qorishmasini va
mustahkam betonni olish uchun minimal miqdordagi sementni talab etishi
kerak. Ideal egri bo‘yicha turli o‘lchamlardagi donalarni tanlash va
solishtirishda o‘sha sement sarfi bilan qatlamlanishga moilligi kamroq va
yanada harakatchanroq qorishmalar olinadi.