Referat mavzulari ro’yxati


-MA’RUZA: KERAMPORIT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/102
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203201
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   102
Beton tolduruvchilari texnologiyasi UMK сиртки Хайдаров Н

4-MA’RUZA: KERAMPORIT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI 


82 
Reja 
1
. Mahalliy xom-ashyo asosida olingan engil g‘ovak to‘ldiruvchilar 
2. Karboporitning fizikaviy-mexanik xossalari 
O‘rta Osiyo mintaqasida industrial qurilishni keng taraqqiyoti uchun 
mahalliy xomashyo resurslari asosida yangi sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchilarni 
ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish zarur.
SHuningdek, O‘zbekiston viloyatlarida ham qurilish industriyasida zarur 
bo‘lgan tabiiy va sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish uchun xomashyo 
bisyordir. YA’ni, qurilish materiallarini ishlab chiqarish sanoatining xomashyo 
bazasi yaratilgan bo‘lib, jami 526 tadan ko‘proq konlarda geologik qidiruv 
ishlari bajarilmoqda, shu jumladan, 27ta sement, 200ta g‘isht, 14ta keramzit 
xomashyosi, 75ta qum-shag‘alli materiallar, 44 ta qurilishbop toshlar, 25ta oxak 
ishlab chiqarish uchun, 25ta beton va silikat buyumlar ishlab chiqarish, 11ta 
gips va ganch, 3ta mineral bo‘yoqlar ishlab chiqarish uchun, 5ta shisha 
xomashyosi va x.k.
Aniqlangan konlarning umumiy sonidan 236 tasi sanoat o‘zlashtirilishiga 
jalb qilingan, shulardan 114 tasi “O‘zqurilishmateriallar” AK balansidadir. 
Bugungi kunda Respublikamizda qum-shag‘al materiallari Xorazm 
viloyati va Qoraqolpog‘iston Respublikasidan tashqari barcha viloyatlarda 
mavjud bo‘lib, jami 75 ta konlarni tashkil qiladi. Ulardan 52 tasida 491,6 mln.t. 
zahiralar o‘zlashtirilgan, 2009 yilda qum, shag‘al ishlab chiqaruvchi 4 ta 
korxona tashkil qilindi: “Risming Star”MCHJ (yiliga 15,6 ming m
3

Qashqadaryo vil.), “Xoji Abdurashid ishlab chiqarish va ta’minot” XK (yiliga 
40 ming m
3
, Qashqadaryo vil.), “Bek Mada qurilish” XK (yiliga 35ming m
3
., 
Toshkent vil.), “Fayz-S” XK (yiliga 20 ming m
3
., Samarqand vil.). 
O‘zbekistondagi qurilish moddalarini ishlab chiqaruvchi asosiy 
korxonalari to‘g‘risidagi ma’lumot jadval-5.1da keltirilgan. Jadvaldan ko‘rinib 
turibdiki, sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchi keramzit Respublikadagi 8ta korxonada 
64,3 mln. m
3
hajmda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. SHu jumladan 
Qoraqolpog‘iston Respublikasida 2ta korxonada 14,3 mln. m
3
, Navoida 1,3 
mln. m
3
, Qashqadaryoda 2ta korxona – 17,8 mln. m
3
, Surxondaryo viloyatida 
1ta 26,2 mln. m
3
, Samarqand viloyatida 1ta korxona 3,7 mln. m
3
va Farg‘ona 
viloyati1ta korxona 1 mln. m
3
keramzit ishlab chiqariladi. 


83 
Ob’ektlar qurilishida sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchi-vermikulit mahsulotining 
qo‘llanilishini a’lohida ta’kidlash lozim. O‘rta Osiyoda yagona vermikulit 
rudalari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Tebinbuloq konida joylashgan 
bo‘lib, bugungi kunda Respublikamizda undan qurilish materiallari ishlab 
chiqarishda qo‘llash yo‘lga qo‘yildi.
SHuni aytish mumkunki, 20 sm qalinlikda to‘kilgan vermikulit issiqlik 
o‘tkazishi bo‘yicha 1,5 metr qalinlikdagi g‘ishtli devor yoki 2 metr qalinlikdagi 
beton devorga ekvivalentdir. CHordoq orayopmalariga 5 sm qalinlikda 
to‘kilgan vermikulit issiqlik yo‘qotilishini 75% ga, 10sm qalinlikdagisi esa 92% 
ga kamaytiradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin