Т
Т
нис
Т
Т
нис
Б
Б
65
1
,
1
/
/
Ш
к
ОТ
К
Ш
К
Biroq, minimal bo‘shliqli qorishma har doim ham betonda ijobiy
bo‘lavermaydi. CHunki qum va chaqilgan tosh nisbatini to‘g‘ri tanlashda
sement va suvning sarfini ham hisobga olish kerak.
Sementning katta miqdorda sarflanishi nafaqat qumdagi bo‘shliqlarni
to‘ldiradi, balki uning uchun qumni kamaytirish hisobiga qo‘shimcha hajm
zarurati tug‘iladi va bu holda beton qorishmasining harakatchanligi
yaxshilanadi.
Texnolgik hisoblashlarda nafaqat chaqilgan tosh bo‘shliqligini, balki
materialning umumiy g‘ovakliligini aniqlashga to‘g‘ri keladi (shag‘al yoki
chaqilgan toshning g‘ovakligi bilan birgalikda donalararo bo‘shliqlar umumiy
hajmining yig‘indisi olinadi). Buning uchun quyidagi formuladan foydalaniladi
To‘ldiruvchi
donalarining g‘ovakliligini quyidagi formuladan aniqlanadi:
bu erda
*
- bo‘lakdagi to‘ldiruvchining zichligi.
Monolit beton olish uchun sement hamiri nafaqat donalar orasidagi
bo‘shliqlarni to‘ldirishi, balki quyuq sement qatlamini hosil qilish maqsadida
donalarni orasini ochishi talab etiladi. Bunday qobiqni hosil qilish uchun
sement sarfi to‘ldiruvchining solishtirma yuzasiga bog‘liq bo‘lib, donalar
o‘lchamlarini kamayishi bilan ortib boradi. Natijada to‘ldiruvchining
solishtirma yuzasi kattalashishi bilan beton qorishmasining texnik
qovushqoqligi ortadi. Demak, qorishmaning ma’lum darajadagi quyuqligiga
yoki harakatchanligiga erishish va belgilangan mustahkamlikdagi betonni olish
uchun suv va sement sarfini oshirishga to‘g‘ri keladi.
To‘ldiruvchining mustahkamligi u olingan tog‘ jinsining mustahkamligi
bilan aniqlanadi. Mustahkam tog‘ jinslaridan olingan to‘ldiruvchilar (granit,
diabaz va boshqalar) yuqori mustahkamlikka egalar (80 MPa va undan yuqori).
CHo‘kma tog‘ jinslaridan olingan to‘ldiruvchilar masalan, oxaktoshdan olingan
%.
100
/
1
/
1
Т
ум
Т
ум
F
ёки
F
%.
100
/
1
/
*
1
*
.
.
Д
Ш
Д
Ш
F
ёки
F
66
to‘diruvchilar 30 MPa va undan yuqori mustahkamlikka ega. Engil g‘ovakli
tabiiy va sun’iy to‘ldiruvchilarning mustahkamligi, ularning zichligiga bog‘liq
bo‘lib, mustahkamligi 2-20 MPa ni tashkil etadi.
Yirik to‘ldiruvchi beton mustahkamligiga kam ta’sir ko‘rsatadi, agar
uning mustahkamligi betonga nisbatan 20% ortiq bo‘lsa. Birok to‘ldiruvchida
alohida zaif donalar uchrashi mumkin, shuning uchun ishonch hosil qilish
maqsadida, odatda, tog‘ jinsining mustahkamligi beton mutahkamligiga
nisbatan 1,5-2 barobar ortiq bo‘lishi tavsiya etiladi (2-nisbat M300 va undan
yuqori markali betonlar uchun qo‘llaniladi).
Bir vaqtning o‘zida to‘ldiruvchining g‘ovakligini orttiradigan va qator
hollarda siqilishga mustahkamlikni pasaytirib yuboradigan yapaloq va
ignasimon donalarning tarkibdagi miqdori chegaralanadi. Bunday donalarning
miqdori odatdagi to‘ldiruvchida – 35 %, donalarining shakli yaxshilangan
chaqilgan toshda – 25 %, kubsimon shaklli donalarda – 15 %dan oshmasligi
kerak.
Amaliyotda (qurilish yoki zavodda) odatda bir turdagi chaqilgan toshni
turli markadagi betonlar uchun qo‘llanadi. SHuning uchun chaqilgan tosh
markasini tog‘ jinsining petrografik tarkibidan kelib chiqib, uni ishlab
chiqarishdagi texnik-iqtisodiy samaradorlikni hisobga olgan holda va nisbatan
ko‘p ishlab chiqariladigan markadagi betonlar ta’minoti uchun
mustahkamligiga ko‘ra me’yorlashtiriladi (M 150 –M 300). Odatdagi beton
uchun otqindi tog‘ jinslaridan olingan chaqilgan tosh markasi – 800,
metamorfik jinslar uchun – 600, cho‘kindi jinslar uchun - 300 dan kam
bo‘lmasligi talab etiladi. Yo‘l qurilishi uchun qo‘llaniladigan beton uchun
otqindi va cho‘kindi tog‘ jinslaridan olingan chaqilgan toshning markasi 800
dan kam bo‘lmasligi kerak.
SHag‘al yoki chaqilgan toshdan sinash uchun namunalar tayyorlash
murakkabligini inobatga olib, to‘ldiruvchining mustahkamligini bilvosita, 150
mm diametrli po‘lat silindr bilan 200 kN bosim ostida maydalanishiga ko‘ra
67
aniqlaniladi. Bu holda namuna og‘irligining yo‘qotilishi mayda elakda elash
bilan aniqlaniladi. To‘ldiruvchining maydalanuvchanligiga materialning
cho‘zilishga mustahkamligi va zaif donalarning mavjudligi katta ta’sir
ko‘rsatadi. Betonga bosim bilan ta’sir etilganda to‘ldiruvchi ham cho‘zilish
jarayonidan maydalanadi. SHuning uchun maydalanish ma’lum darajada yirik
to‘ldiruvchining beton mustahkamligiga ta’siri ehtimolini oldindan aniqlash
imkonini
beradi.
CHaqilgan
toshning
markasini
maydalanuvchanlik
ko‘rsatkichiga bog‘liq holda va boshlangich tog‘ jinsining ko‘rinishiga qarab
aniqlanadi. Masalan, 800 markali effuziv otqindi va cho‘kindi jinslarning
maydalanuvchanlik ko‘rsatkichi 13-15, 600 markalida – maydalanuvchanlik
ko‘rsatkichi 15-20 ni tashkil etadi. M 200 va undan past markali beton uchun
maydalanuvchanlik ko‘rsatkichi Mk-16dan katta bo‘lmagan markali, M300
markali beton uchun Mk-12, M400 markali beton uchun esa Mk-8 dan katta
bo‘lmagan markali chaqilgan toshni qo‘llash mumkin.
Agarda to‘ldiruvchining mustahkamligi beton mustahkamligiga yaqin
yoki undan past bo‘lsa, u betonga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. 1.2 -rasmda R
b
–
beton mustahkamligining R
q
– qorishma va to‘ldiruvchi mustahkamligi
orasidagi bog‘lanish ko‘rsatilgan. Granit chaqilgan toshi asosidagi betonning
mustahkamligi Rt>R
b
sharti qoniqtirilganda qorishmaning mustahkamligidan
sezilarli darajada yuqori bo‘ladi, Rt-to‘ldiruvchi mustahkamligi. Nisbatan
pastroq mustahkamlikdagi to‘ldiruvchi qo‘llanilib, qorishma mustahkamligi
orttirilganda betonning mutahkamligi ma’lum bir qiymatgacha ortib boradi,
keyin esa qorishmaning mustahkamligini orttirish beton mustahkamligini
ortishiga olib kelmaydi. Yirik to‘ldiruvchi mustahkamligini kamayishi va uning
betondagi miqdorini ortishi bilan betonning chegaraviy mustahkamligi
kamayib boradi.
|