56
4.
SHlakli pemzani hovuzda olishning texnologik sxemasini tushuntiring?
6. SHlakli pemzani gidroekran usulida ishlab
chiqarishning texnologik
sxemasini keltiring?
7.
SHlak pemza chaqir toshini sanoatda ishlab chiqarishning to‘rtta usuli
keltiring?
8.
Suv-purkash usulini keltiring?
9.
Xandaq-sachratish usulini keltiring?
10.
SHlakli pemzaning strukturasi qanday?
(6-SEMESTR) 1- MA’RUZA: BETON UCHUN ISHLATILADIGAN
TO’LDIRUVCHILAR.
Reja
1.
Beton uchun ishlatiladigan to’ldiruvchilar
2.
To’liruvchilarning turlari
Betonda yirik va mayda to‘ldiruvchilar qo‘llaniladi. Donalari 5 mm dan
kattaroq yirik to‘ldiruvchilarni shag‘al va chaqilgan tosh turlariga ajratiladi.
Betondagi mayda to‘ldiruvchilar tabiiy va sun’iy qum hisoblanadi. CHaqilgan
toshni tog‘ jinslarini maydalash orqali olinadi. Qurilishda aksariyat oxaktosh va
granitdan olingan chaqilgan toshlar ishlatiladi. SHag‘al sirti tekis va shamolda
nuragan tog‘ jinslarini noanik aralashmasini ifodalaydi. Odatda,
donalari turli
yiriklikdagi shag‘al-qum aralashmalar uchraydi. Engil betonlar uchun g‘ovakli
tog‘ jinslaridan olingan tabiiy chaqilgan tosh (tuf, pemza va boshqalar) yoki
ko‘p hollarda mahsus sun’iy tayyorlangan to‘ldiruvchilar ishlatiladi (keramzit,
agloporit, shlakli pemzasi va boshqalar).
Qum o‘zida uvalangan mayda zarrali tarkibni ifodalab, u tog‘ jinslarining
shamol ta’sirida nurashi natijasida yuzaga keladi. Aksariyat minerallarning
zarralari aralashgan kvars qumlari, kam hollarda esa dalashpatli va
oxaktoshlilari uchraydi. Ba’zan qumni tog‘ jinslarini mahsus maydalash yo‘li
57
bilan olinadi. Biroq bu usulda tabiiyga nisbatan tannarxning ortib ketishi sababli
mahsus maqsadlardagina qo‘llaniladi.
To‘ldiruvchilar betonning 80% hajmini egallab,
uning xususiyatlariga,
uzoq muddatga chidamliligiga va narxiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi.
To‘ldiruvchilarning betonga kiritilishi bilan, betondagi eng qimmatbaho
hisoblangan xomashyo – sement sarfini keskin kamayishiga erishiladi. Bundan
tashqari, to‘ldiruvchilar betonning texnik xususiyatlarini yaxshilaydi. YUqori
mustahkamlikdagi to‘ldiruvchili baquvvat skelet ma’lum darajada betonning
mustahkamligini
va
deformatsiyalanish
modulini
ko‘taradi
–
konstruksiyalarning bosim ta’sirida deformatsiyalanishini
kamaytiradi,
shuningdek betonning siljuvchanligini – betonga uzoq muddat bosim ostida
ta’sir ko‘rsatish natijasida yuzaga kelishi mukin bo‘lgan qaytmas
deformatsiyalardan saqlaydi. To‘ldiruvchi betonning kirishishini oldini oladi va
bu bilan uzoq muddat chidaydigan materialni olish imkonini beradi. Sement
toshining qotish jarayonidagi cho‘kishi 1-2 mm/m ni tashkil etadi. Notekis
cho‘kish deformatsiyalari sababli ichki zo‘riqishlar
va xatto mikroyoriqlar
yuzaga keladi. To‘ldiruvchi cho‘kish deformatsiyasi zo‘riqishini qabul qiladi va
sement toshiga nisbatan bir necha barobar cho‘kishni kamaytiradi.
G‘ovak tabiiy va sun’iy to‘ldiruvchilar kam zichlikka ega bo‘lib, engil
betonning zichligini kamaytiradi, uning issiqlik tutuvchanlik xususiyatini
yaxshilaydi. Maxsus betonlarda (yuqori haroratga chidamli,
nurlanishdan
himoyalash va boshqalar) to‘ldiruvchining ahamiyati juda katta, chunki ularning
xususiyatlari asosan bunday betonlarning mahsus sifatlarini aniqlab beradi.
Silikat betonlarda to‘ldiruvchi o‘zining odatdagi tadbiqidan tashqari
o‘ziga xos muhim ahamiyat kasb etadi. Uning donalarining sirti bog‘lovchi
modda bilan ta’sirlashadi va ko‘p hollarda olinayotgan betonning xususiyatlari
ularning mineralogik tarkibiga va nisbiy yuzasiga bog‘liq bo‘ladi.
To‘ldiruvchining narhi beton va temir-beton konstruksiyalari narxining
30-50 % (ba’zi hollarda yanada ko‘proq) ga to‘g‘ri keladi. SHuning uchun
58
keltirish oson bo‘lgan va arzon maxalliy to‘ldiruvchilar qator hollarda qurilish
narxini, transport harajatlari hajmini kamaytirishga va qurilish muddatlarini
qisqarishiga olib keladi.
Beton uchun to‘ldiruvchilarni to‘g‘ri tanlash, ularni me’yorida qo‘llash –
beton texnologiyasida ahamiyatli masalalardan biri hisoblanadi.
Beton uchun
mo‘ljallangan to‘ldiruvchilarga beton tarkibiga ta’sir etuvchi xususiyatlardan
kelib chiqib tegishli talablar qo‘yiladi. Betonning xususiyatiga to‘ldiruvchining
donadorlik tarkibi, mustahkamligi va tozaligi nisbatan ahamiyatli ta’sir
ko‘rsatadi.
Donadorlik tarkib to‘ldiruvchidagi turli yiriklikdagi donalar miqdorini
ko‘rsatadi. Bu miqdorni to‘ldiruvchidan olingan namunani teshiklari 0,14-70
mm va undan ham yirikroq standart elaklardan o‘tkazib aniqlanadi.
To‘ldiruvchilar turli o‘lchamdagi donalarga ega odatdagi va fraksiyalangan
turlariga
bo‘linadi. Fraksiyalangan to‘lidiruvchining donalari alohida
fraksiyalarga
ajralgan, o‘lchamlari esa bir-birlariga yaqin, masalan 5-10 mm
yoki 20-40 mm dan iborat. To‘ldiruvchini eng kichik yiriklikdagi yoki eng katta
yiriklikdagilari bo‘yicha xarakterlaydilar. Bu holda to‘ldiruvchi donalarining
nisbatan eng kichik yoki eng katta o‘lchamlariga qarab tushuniladi.
To‘ldiruvchida alohida yirik yoki mayda donalar uchrashi mumkin, biroq
ularning miqdori 5 %dan oshmasligi kerak.
Agarda donadorlik tarkibda barcha o‘lchamlardagi,
xususan eng
maydasidan eng yirigigacha donalar mavjud bo‘lsa bu tarkib
Dostları ilə paylaş: