3. Keramzitning birjinsliligi va boyitish ishlari
Keramzit shag‘ali ishlab chiqaruvchi korxonalardan birida o‘tkazilgan
izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, bitta partiyadagi mahsulotning uyma zichligi 330
dan 405 kg/m
3
gacha, o‘rtacha 367kg/m
3
o‘zgardi. SHu korxonada 40 sutkada
mahsulot nazorati quyidagilarni ko‘rsatdi: o‘rtacha uyma zichligi 339 kg/m
3
,
alohida namunalar uchun 270-470 kg/m
3
.
Bir necha korxonalarda ishlab chiqarilgan keramzit sifatini o‘rganish
shuni ko‘rsatadiki, barcha joyda keramzit bir jinsli bo‘lmaydi. Keramzit
shag‘alini olishning texnologiyasida birjinsli bo‘lmagan xomashyo asosidagi
har bir granula turlicha ko‘pchiydi, bunda pechdagi haroratning doimiy o‘zgarib
turishi ta’sir ko‘rsatadi. Natijada keramzit shag‘ali bu turlicha zichlik va
mustahkamlikka ega ko‘pchigan granulalar yig‘indisidir.
Bunday birjinsli bo‘lmagan to‘ldiruvchini qo‘llab, sifat bo‘yicha birjinsli
beton olib bo‘lmaydi. Keramzit beton asosida olinadigan konstruksiyalar
etarlicha mustahkam bo‘lishi uchun, shu to‘ldiruvchining minimal statistik
mustahkamligi inobatga olinishi, massasi va issiqlik o‘tkazuvchanligini
hisoblashda esa to‘ldiruvchining maksimal zichligi inobatga olinishi kerak.
Agar to‘ldiruvchi birjinsli bo‘lmasa, u holda betonning hisobiy tavsifi va
uni konstruksiyada qo‘llashning samaradorligi yuqoridagi kabi amalga
oshiriladi.
Keramzitning birjinsliligini oshirishning ikkita yo‘li mavjud:
49
a) ishlab chiqarish texnologiyasini zamonaviylashtirish, xomashyoni o‘ta
sinchkov qayta ishlash, granulalar olish, issitishga tayyorlash, kuydirish va
sovitish rejimlarini me’yorlash, fraksiyalarga ajratishni yaxshilash;
b) tayyor keramzit shag‘alini faqat yirikligi bo‘yicha emas, balki donalar
zichligi bo‘yicha ham fraksiyalarga ajratish.
Keramzit shag‘alini boyitish, bu uni donalari zichligi bo‘yicha sinflargsha
ajratishdir. Nisbatan engil keramzit donalari bu yaxshi ko‘pchigan donalar
bo‘lib, nisbatan og‘ir keramzit donalari bu kam ko‘pchigan va yuqori
mustahkamlikdagi donalar xisoblanadi. Keramzit shag‘alini sinflarga ajratish
qaynovchi qatlam texnologiyasi asosida bajariladi. Qaynovchi qatlam
texnologiyasida talab etilgan zichlikdagi havoni pastdan yuqoriga qarab mayda
donadorli material qatlamidan o‘tkaziladi.
Qaynovchi qatlam yoki cho‘ktiruvchi – ajratuvchi muhitning zichligi
boyitilayotgan keramzit donasi zichligiga bog‘liq holda tanlanadi. Masalan, agar
keramzit donasining zichligi 0,5-0,7 g/sm
3
bo‘lsa, u holda zichligi 0,6 g/sm
3
bo‘lgan muhitda zichligi 0,5-0,6 g/sm
3
bo‘lgan keramzit donalari oqadi, katta
zichlikka egalari esa cho‘kadi. Natijada keramzit ikkita nisbatan birjinsli sinfga
ajraladi.
Zichligi 0,6 g/sm
3
bo‘lgan qaynovchi qavatda og‘irlashtirgich sifatida
tuyilgan keramzit fraksiyasi 0,315-0,63 mm dan olish mumkin. Xuddi shunday
fraksiyali tuyilgan g‘isht qavat zichligi -0,8 g/sm
3
ni beradi, fraksiyasi 0,14-
0,315 mm li kvars qumi-1,2 g/sm
3
qavatni beradi.
Keramzit shag‘alini qaynovchi qavatda og‘irlashtirgich qo‘llamasdan
ham navlarga ajratish mumkin. Bu holatda og‘irlashtirgich vazifasini keramzit
shag‘ali bajaradi.
U uzluksiz separatorning klassifikatsiyalovchi kamerasiga tushadi va
bunda ostki panjaradan ventilyator yordamida havo uzatiladi (rasm 5.12).
Havonining ma’lum tezlikda uzatilishi natijasida keramzit shag‘ali navlarga
ajratiladi: nisbatan og‘ir donalar pastga cho‘kadi, engillari esa yuqori qavatni
egallaydi.
Keramzit shag‘ali va boshqa g‘ovak to‘ldiruvchilarni boyitish faqat quruq
sharoitda bajarilishi kerak deb hisoblanadi, ya’ni ularni namlash mumkin emas
va KMK da keramzit shag‘alining namligi 2% dan oshmasligi lozim. Biroq
keramzit shag‘alini qo‘llashda uni suvda namlashni texnologiya talab etadi.
50
Ayniqsa engil betonlar ishlab chiqarish texnologiyasida g‘ovak
to‘ldiruvchilarni namlash tavsiya qilinadi, bunda ularning beton qorishmasida
suvni shimib olishi kamayadi.
SHu sababli keramzit graviysini navlarga ajratishni suvda amalga
oshirishni tadqiqotchilar tavsiya etishadi. Bunday separator ikkita transportyor
bilan jihozlangan suvli vannadan iborat va birinchi transportyor vanna tubiga
cho‘kgan donalarni qabul qilsa, ikkinchisi suv yuzidagilarni qabul qiladi.
Keramzitning suvda bo‘lishi 5 sekunddan oshmasligi kerak.
Suv bu keramzit shag‘alining dona zichligi bo‘yicha ikkita sinfga
ajratuvchi mos muhitdir. Bunda quyidagi natijani keltirish mumkin. Olingan
keramzit shag‘alining uyma zichligi 435 kg/m
3
. Undan separatsiya davomida
uyma zichligi 371 kg/m
3
bo‘lgan nisbatan engil donalar (massa bo‘yicha 65%
yoki hajm bo‘yicha 76%) va nisbatan og‘ir donalar -635 kg/m
3
(massa bo‘yicha
35% va hajm bo‘yicha 24%) olinadi. Betonga ishlatilgan keramzit
mustahkamligi -6 MPa, suv yuzasidagi keramzit mustahkamligi- 6 MPa, suv
tubiga cho‘kgani esa – 16 MPa ni tashkil etdi.
Natijada suv yuzasidagi keramzitdan samarali issiqlikdan himoyalovchi
beton, cho‘lganidan esa sementni tejagan holda konstruksion beton olindi.
SHu sababli, keramzitning bir jinsliligini oshirishning ikkita yo‘li
mavjud:
a) ishlab chiqarish texnologiyasini zamonaviylashtirish, xomashyoni
to‘g‘ri tanlash;
b) olingan tayyor mahsulotni dona zichligi bo‘yicha navlarga ajratish.
Keramzit olishda yaroqli gil xomashyosi hamma joyda uchramaydi.
Kuydirganda ko‘pchimaydigan kamplastikli, qumoqlangan gilli jinslar suglinok
tabiatda keng tarqalgan. Bu jinslardan boshqa sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchi –
agloporit ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Agloporit ishlab chiqaruvchi korxonalarda asosiy xomashyo materiallar
sifatida gilli jinslar ishlatiladi. Agomeratsiya uchun yaroqli gilli jinslar
(suglinok, supess, lyosslar) Respublikamiz xududida ko‘p uchraydi, shu sababli
mahalliy xomashyolar asosida agloporit ishlab chiqarishni kengaytirish
mumkin. Dastlab sanoat miqyosida gil xomashyosi asosida agloporit Minskda
1958 yilda ishlab chiqarilgan. Xomashyo materiallar sifatida turli sanoat
51
chiqindilari, ayniqsa yoqilg‘i tarkibli chiqindilardan foydalanish istiqbolli
hisoblanadi. Bundan tashqari yoqilg‘i shlaklari, kul, slanets va ko‘mir
chiqindilari asosida agloporit ishlab chiqarish ilmiy asoslangan. Bunday sanoat
chiqindilarida mavjud yoqilg‘i aglomeratsiya jarayonining borishi uchun etarli
hisoblanadi. Faqat xomashyoni yoqilg‘i bo‘yicha me’yoriga olib kelish kerak,
agar xomashyoda yoqilg‘i kam bo‘lsa, u holda shixta tayyorlashda qo‘shish
kerak, agar xomashyoda yoqilg‘i ko‘p bo‘lsa, u holda gilni qo‘shish zarur.
Agloporit ishlab chiqarishni ko‘mir qazish va ko‘mirni boyitishda chiqadigan
chiqindilar asosida kengaytirish mumkin. Ularda ko‘mir miqdori o‘rtacha 20%
ni tashkil etadi. Bu yoqilg‘ilarni qo‘llab agloporit tanarxini 30% ga kamaytirish
mumkin. Dunyo statistik malumotlariga ko‘ra Polshada ko‘mir chiqindilaridan
eng ko‘p foydalanilar ekan, bunda ko‘mir qazish chiqindilarining 17% va
ko‘mir boyitish chiqindilarining 95% dan ko‘pi ishlatiladi.
52
Aglomeratsion mashina
Kisqacha texnik xarakteristikasi:
- Pishish yuzasi, m2
75
- Pishirish aravasi eni, m
3
- Pishgan qavat balandligi, mm, gacha
500
- Aravaning xarakatlanish tezligi, m/min 1…4
- Kolosniklar osti bosimi, Pa, gacha
1200
- *Maxsuldorlik, t/m
2
soat
- aglomerat bo‘yicha
110…140
- shixta bo‘yicha
175…240
*Maxsuldorlik aglomeratsiya jarayonining texnologik sharoitidan kelib chiqib
belgilanadi.
Gilli granulalar kolosnikli panjara ustidagi to‘siqli aravachaga 200-
300mm qalinlikda sepiladi, yondiruvchi gorn ostida o‘tganida suyuq yoki gaz
ko‘rinishidagi yoqilg‘i yonishidan 1000
0
S xaroratgacha qizdiriladi. So‘ngra
53
vakumkameralar ustida harakatlanishdan, havoning so‘rib olinishi natijasida
xom granulalar pishadi. Aglomeratsion mashinadan pishgan korj chiqadi.
CHiqqan korj birjinsli bo‘lmay, ichki qismi to‘q rangda (tiklanish muxiti
temir oksidlariga o‘tishi bilan belgilanadi va bu yaxshi pishishiga olib keladi),
yuza qismida (ortiqcha xavo, oksidlanuvchi muxit, kuydirishdan past xarorat)
kichik mustahkamlik va kam chidamli qo‘ng‘ir-qizg‘ish rangli pishmagan
qatlam yuzaga keladi. SHu sababli aglomeratsion panjarada hosil bo‘lgan
pishgan yarim maxsulot(korj)dan pishmaganlarini alohida ajratishdir. Korjni
bo‘laklarga korj maydalagich yordamida ajratiladi, bo‘laklar panjaraga
uzatiladi, bunda yaxshi pishmagan donalari cho‘kadi, texnologik jarayonga
qaytariladi, xomashyoga qo‘shimcha sifatida ishlatiladi va xom granulalarning
pishishini, gaz o‘tkazuvchanligini yaxshilaydi.
Xomashyoga qo‘shimcha sifatida, gilning pishish tezligini oshirishda va
shu bilan birga aglomeratsion mashinaning quvvatini oshirishda, agloporit
sifatini yaxshilashda yog‘och opilkalari, yog‘och gidrolizi chiqindisi, kul va
boshqa sanoat chiqindilari ishlatiladi. Agloporit tarkibidan pishmagan
bo‘laklarini ajratgandan (texnologik jarayonga qaytarilgan) so‘ng 80-120
0
S
gacha sovitiladi, maydalanadi, shag‘al va qumga ajratiladi. Agloparit shag‘ali
va qumining ishlab chiqarish texnologik sxemasi keltirilgan.
Agloporitni sovitishda qo‘llaniladigan shaxta tipidagi sovitgich o‘rniga
lentali (tubi perforirlangan metall transporter), chashkasimon ( ikkita jalyuzali
silindr devorli xalqasimon bunker) va baraban tipidagi sovitgichlar ishlatiladi.
Asosiy xomashyo material sifatida ko‘mirni boyitish chiqindisi
qo‘llanilganda, texnologik sxemaga sarflanuvchi materiallarni tayyorlashga doir
o‘zgartirishlar kiritiladi. Ko‘mir boyitish chiqindilari ikki bosqichli
maydalaniladi, elakdan o‘tqaziladi va o‘lchami 2,5mm gacha donalar olinadi.
Gil quruq komponent (yirikligi 3mm gacha) yoki suyuq gilli massa ko‘rinishida
qo‘shiladi. Agloparit ishlab chiqarishda komplekt texnologik jixozlangan SMS-
117 va SM-961 (uzunligi-40m, eni-1,5m) markali aglomeratsion mashinalar
ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |