Referat mavzulari ro’yxati


Keramzit ishlab chiqarish texnologiyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/102
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203201
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   102
Beton tolduruvchilari texnologiyasi UMK сиртки Хайдаров Н

3.Keramzit ishlab chiqarish texnologiyasi 
Keramzit ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi asosiy jarayonlardan 
iborat: 
- xomashyoni kondan qazib olish va korxonaning zahira omboriga 
jo‘natish; 
- xomashyoni qayta ishlash va kerakli o‘lcham, bir jinsli keramik massaga 
ega xom granulalarni tayyorlash; 
- xom granulalarga termik ishlov berish, ya’ni isitish, kuydirish va 
sovitish natijasida tayyor mahsulot olish; 
- olingan mahsulotni navlarga ajratish yoki zichligi bo‘yicha taqsimlash; 
- g‘ovak to‘ldiruvchi (keramzit shag‘ali)ni omborlarga joylash. 


44 
Gil xomashyosini qazib olishda bir cho‘michli va ko‘p cho‘michli 
ekskavatorlar ishlatiladi. YUmshoq gilli jinslar kondan mavsumiy qazib olinadi, 
toshsimon gilli jinslar esa yil bo‘yi qazib olinadi. Gil xomashyosi gil 
saqlagichlarda yoki maxsus konuslarda saqlanadi.
Xomashyoni qayta ishlash usuli xomashyoning xususiyatlaridan kelib 
chiqiladi, g‘ovak to‘ldiruvchilarning sifati esa termik ishlov berish rejimiga 
bog‘liq. Keramzit shag‘ali ishlab chiqarishning to‘rtta asosiy texnologiyasi 
mavjud: quruq, plastik, poroshok-plastik va ho‘l(shliker). 
Quruq usul-toshsimon gilsimon xomashyolar (zich quruq gilsimon jinslar, 
gilsimon slanslar) bo‘lganda qo‘llaniladi. Bu usul juda oddiy bo‘lib, xomashyo 
mahsulot maydalanadi va aylanma pechga kuydirish uchun yuboriladi. Dastlab 
juda mayda donalar elab olinadi va o‘ta yirik bo‘laklar esa qo‘shimcha 
maydalanadi. Bu usul agar xomashyo bir jnsli bo‘lsa, xavfli qo‘shimchalar 
bo‘lmasa va yuqori ko‘pchish koeffitsientiga ega bo‘lsagina o‘zini oqlaydi. 
Xom donalarning namligi 9% dan oshmasligi kerak. 
 Rasm.1.1. Qatlam tayyorlovchi:
1- korpus; 2-qabul bunkeri; 3- material 
miqdorini ko‘rsatuvchi; 4- yuqori qiya panjara; 5-pastki qiya panjara; 6- 
termopara; 7- to‘kuvchi baraban 
Keramzit xom granulalarini quritish aloxida quritish agregatlarida yoki 
pishirish uchun mo‘ljallangan aylanma pechlarda amalga oshiriladi. Bitta 
aylanma pechda quritish va pishirishni birgalikda bajarish xom granulalarni 
tayyorlovchi qurilma va pechning tanafussiz ishlashiga bog‘liq. Optimal 


45 
rejimda gilli granulalarni pishirish keramzit olish texnologik jarayonining asosiy 
qismi xisoblanadi. Gilli granulalarning ko‘pchishi bevosita aktiv gazlarning 
chiqishi va gilning piroplastik xolatga o‘tishi bilan mos kelishi shart. Oddiy 
sharoitda gilni kuydirishda gaz xosil bo‘lishi nisbatan past xaroratda sodir 
bo‘ladi, piroplastikka nisbatan. Masalan, magniy karbonatning dissotsiatsiyasi- 
600 
0
S gacha, kalsiy karbonatining dissotsiatsiyasi(bo‘linishi)- 950 
0
S gacha, 
gilli minerallarning degidratatsiyasi esa 800
0
Sgacha xaroratda amalga oshadi. 
Organik birikmalarning yonishi past xaroratda boshlanadi, temir oksidlarining 
tiklanish reaksiyasi esa- 900 
0
S da yuz beradi. Gilli granularning piroplastik 
xolatga o‘tishi- 1000 
0
S yuqori xaroratda yuz beradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin