Referat mavzulari ro’yxati



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/102
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203201
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   102
Beton tolduruvchilari texnologiyasi UMK сиртки Хайдаров Н

Savollar: 
1. Gidroekran va hovuz usulida shlakli pemza olishni tushuntiring? 
1.
SHlakli pemza g‘ovak to‘ldirgichi uchun qanday xomashyo qo‘llaniladi? 
2.
SHlakli pemza ishlab chiqarish usullarini keltiring? 
3.
SHlakli pemza olishning texnologik asoslarini tushuntiring? 


56 
4.
SHlakli pemzani hovuzda olishning texnologik sxemasini tushuntiring? 
6. SHlakli pemzani gidroekran usulida ishlab chiqarishning texnologik 
sxemasini keltiring? 
7.
SHlak pemza chaqir toshini sanoatda ishlab chiqarishning to‘rtta usuli 
keltiring? 
8.
Suv-purkash usulini keltiring? 
9.
Xandaq-sachratish usulini keltiring? 
10.
SHlakli pemzaning strukturasi qanday? 
(6-SEMESTR) 1- MA’RUZA: BETON UCHUN ISHLATILADIGAN 
TO’LDIRUVCHILAR. 
Reja 
1.
Beton uchun ishlatiladigan to’ldiruvchilar
2.
To’liruvchilarning turlari 
Betonda yirik va mayda to‘ldiruvchilar qo‘llaniladi. Donalari 5 mm dan 
kattaroq yirik to‘ldiruvchilarni shag‘al va chaqilgan tosh turlariga ajratiladi. 
Betondagi mayda to‘ldiruvchilar tabiiy va sun’iy qum hisoblanadi. CHaqilgan 
toshni tog‘ jinslarini maydalash orqali olinadi. Qurilishda aksariyat oxaktosh va 
granitdan olingan chaqilgan toshlar ishlatiladi. SHag‘al sirti tekis va shamolda 
nuragan tog‘ jinslarini noanik aralashmasini ifodalaydi. Odatda, donalari turli 
yiriklikdagi shag‘al-qum aralashmalar uchraydi. Engil betonlar uchun g‘ovakli 
tog‘ jinslaridan olingan tabiiy chaqilgan tosh (tuf, pemza va boshqalar) yoki
ko‘p hollarda mahsus sun’iy tayyorlangan to‘ldiruvchilar ishlatiladi (keramzit, 
agloporit, shlakli pemzasi va boshqalar). 
Qum o‘zida uvalangan mayda zarrali tarkibni ifodalab, u tog‘ jinslarining 
shamol ta’sirida nurashi natijasida yuzaga keladi. Aksariyat minerallarning 
zarralari aralashgan kvars qumlari, kam hollarda esa dalashpatli va 
oxaktoshlilari uchraydi. Ba’zan qumni tog‘ jinslarini mahsus maydalash yo‘li 


57 
bilan olinadi. Biroq bu usulda tabiiyga nisbatan tannarxning ortib ketishi sababli 
mahsus maqsadlardagina qo‘llaniladi.
To‘ldiruvchilar betonning 80% hajmini egallab, uning xususiyatlariga, 
uzoq muddatga chidamliligiga va narxiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. 
To‘ldiruvchilarning betonga kiritilishi bilan, betondagi eng qimmatbaho 
hisoblangan xomashyo – sement sarfini keskin kamayishiga erishiladi. Bundan 
tashqari, to‘ldiruvchilar betonning texnik xususiyatlarini yaxshilaydi. YUqori 
mustahkamlikdagi to‘ldiruvchili baquvvat skelet ma’lum darajada betonning 
mustahkamligini 
va 
deformatsiyalanish 
modulini 
ko‘taradi 
– 
konstruksiyalarning bosim ta’sirida deformatsiyalanishini kamaytiradi, 
shuningdek betonning siljuvchanligini – betonga uzoq muddat bosim ostida 
ta’sir ko‘rsatish natijasida yuzaga kelishi mukin bo‘lgan qaytmas 
deformatsiyalardan saqlaydi. To‘ldiruvchi betonning kirishishini oldini oladi va 
bu bilan uzoq muddat chidaydigan materialni olish imkonini beradi. Sement 
toshining qotish jarayonidagi cho‘kishi 1-2 mm/m ni tashkil etadi. Notekis 
cho‘kish deformatsiyalari sababli ichki zo‘riqishlar va xatto mikroyoriqlar
yuzaga keladi. To‘ldiruvchi cho‘kish deformatsiyasi zo‘riqishini qabul qiladi va 
sement toshiga nisbatan bir necha barobar cho‘kishni kamaytiradi.
G‘ovak tabiiy va sun’iy to‘ldiruvchilar kam zichlikka ega bo‘lib, engil 
betonning zichligini kamaytiradi, uning issiqlik tutuvchanlik xususiyatini 
yaxshilaydi. Maxsus betonlarda (yuqori haroratga chidamli, nurlanishdan 
himoyalash va boshqalar) to‘ldiruvchining ahamiyati juda katta, chunki ularning 
xususiyatlari asosan bunday betonlarning mahsus sifatlarini aniqlab beradi.
Silikat betonlarda to‘ldiruvchi o‘zining odatdagi tadbiqidan tashqari 
o‘ziga xos muhim ahamiyat kasb etadi. Uning donalarining sirti bog‘lovchi 
modda bilan ta’sirlashadi va ko‘p hollarda olinayotgan betonning xususiyatlari 
ularning mineralogik tarkibiga va nisbiy yuzasiga bog‘liq bo‘ladi.
To‘ldiruvchining narhi beton va temir-beton konstruksiyalari narxining 
30-50 % (ba’zi hollarda yanada ko‘proq) ga to‘g‘ri keladi. SHuning uchun 


58 
keltirish oson bo‘lgan va arzon maxalliy to‘ldiruvchilar qator hollarda qurilish 
narxini, transport harajatlari hajmini kamaytirishga va qurilish muddatlarini 
qisqarishiga olib keladi.
Beton uchun to‘ldiruvchilarni to‘g‘ri tanlash, ularni me’yorida qo‘llash – 
beton texnologiyasida ahamiyatli masalalardan biri hisoblanadi. Beton uchun 
mo‘ljallangan to‘ldiruvchilarga beton tarkibiga ta’sir etuvchi xususiyatlardan 
kelib chiqib tegishli talablar qo‘yiladi. Betonning xususiyatiga to‘ldiruvchining 
donadorlik tarkibi, mustahkamligi va tozaligi nisbatan ahamiyatli ta’sir 
ko‘rsatadi.
Donadorlik tarkib to‘ldiruvchidagi turli yiriklikdagi donalar miqdorini 
ko‘rsatadi. Bu miqdorni to‘ldiruvchidan olingan namunani teshiklari 0,14-70 
mm va undan ham yirikroq standart elaklardan o‘tkazib aniqlanadi. 
To‘ldiruvchilar turli o‘lchamdagi donalarga ega odatdagi va fraksiyalangan 
turlariga 
bo‘linadi. Fraksiyalangan to‘lidiruvchining donalari alohida 
fraksiyalarga ajralgan, o‘lchamlari esa bir-birlariga yaqin, masalan 5-10 mm 
yoki 20-40 mm dan iborat. To‘ldiruvchini eng kichik yiriklikdagi yoki eng katta 
yiriklikdagilari bo‘yicha xarakterlaydilar. Bu holda to‘ldiruvchi donalarining 
nisbatan eng kichik yoki eng katta o‘lchamlariga qarab tushuniladi. 
To‘ldiruvchida alohida yirik yoki mayda donalar uchrashi mumkin, biroq 
ularning miqdori 5 %dan oshmasligi kerak. 
Agarda donadorlik tarkibda barcha o‘lchamlardagi, xususan eng 
maydasidan eng yirigigacha donalar mavjud bo‘lsa bu tarkib 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin