10% gacha;
- maydalash chiqindilari asosidagi qumda - 19% gacha;
-
boyitilgan qumlarda - 5% gacha.
Qumlarning donadorlik tarkibi 5mm ko‘zli elakdan elab, yirik
qo‘shimchalarni ajratib aniqlanadi.
Quruq qumdan olingan namunaning 1000g massasini 2,5mm li elakka
solinadi, uning ostida boshqa ko‘zli elaklar joylashtiriladi (kichik ko‘zli elaklar
ketma-ketligida) va ostiga chiqindini yig‘ish idishi qo‘yiladi.
Qum
namunasini elaklar to‘plamidan mexanik usulda va qo‘lda titratib o‘tkaziladi,
natijada elaklarda qolgan ayrim qoldiq aniqlanadi. Ayrim qoldiq qum
namunasining umumiy massasi bo‘yicha foizda beriladi. SHundan so‘ng
elaklardagi to‘la qoldiq aniqlanadi. To‘la qoldiq shu elakdagi va nisbatan yirik
ko‘zli barcha elaklardagi ayrim qoldiqlarning yig‘indisi bilan ifodalanadi.
(rasm.1.1.)
28
Rasm 1.1. Standart elaklarda qolgan ayrim va to‘la qoldiq:
a – ayrim qoldiq; b – to‘la qoldiq
O‘zRST 728-96 “og‘ir va mayda to‘ldirgichli beton” talablarining rasm
1.2 da berilgan grafikda konkret olingan qumning donadorlik tarkibini aniqlash
uchun natijalar qo‘yiladi va agar bu egri chiziq grafikda berilgan chegaradan
chiqmasa (standartda berilgan), bu qum beton uchun yaroqli xisoblanadi.
Rasm 1.2. Og‘ir beton uchun ishlatiladigan qumning donadorlik tarkibiga
qo‘yiladigan talablar:
1- qum yirikligining ruxsat etilgan pastki chegarasi (M
k
=1,5);
2 - V15(M200) va undan yuqori markali betonlar uchun ishlatiladigan
qum yirikligining ruxsat etilgan pastki chegarasi (M
k
=2);
3 – V25(M350) va undan yuqori markali betonlar uchun ishlatiladigan
qum yirikligining ruxsat etilgan pastki chegarasi (M
k
=2,5);
4- qum yirikligining ruxsat etilgan yuqori chegarasi (M
k
=3,25);
Qumning donadorlik tarkibi yiriklik moduli bilan xam ifodalanadi:
Mk=∑A/100,
Bu erda:
∑A-nazorat elaklarida qolgan to‘la qoldiq yig‘indisi, % (rasm 1.1ga
qarang);
29
∑A=A
2,5
+A
1,25
+A
0,63
+A
0,315
+A
0,16
=5a
2,5
+4a
1,25
+3a
0,63
+2a
0,315
+a
0,16
;
Bundan kщrinadiki ∑Aga teng elaklardagi qumning ayrim qoldiqlari a ko‘proq
ta’sir etadi. Qum qanchalik yirik bo‘lsa, ∑A va yiriklik moduli xam katta
bo‘ladi.
Yiriklik modulini nazariy noldan (agar qumning barcha donalari 0.16mm
dan kichik bo‘lsa) qabul qilish mumkin. Amaliy yiriklik modulini o‘zgarishi
kamdir. 8736-93 “qurilish ishlari uchun qum. texnik shartlar”. O‘ZRST da
qumning yiriklik moduli va 0.63mm qum elakda qolgan to‘la qoldiq bo‘yicha
guruxlarga bo‘linishi nazarda tutiladi.
O‘ZRST 728-96 “og‘ir va mayda to‘ldirgichli beton”ga ko‘ra qumning
yiriklik moduli 1.5-3.25 oraliqda bo‘lishi kerak, mustaxkamlik chegarasi
20MPa va undan yuqori betonlar uchun qumning yiriklik moduli 2dan kam
bo‘lmasligi, mustaxkamlik chegarasi 35MPa va undan yuqori betonlar uchun
y.m-2.5dan kam bo‘lmasligi kerak. Qumning yiriklik modulining o‘zgarish
koefsenti gidrotexnik inshoatlar uchun ishlatiladigan betonlar uchun, 10% dan
oshmasligi kerak. Taklif etilgan donadorlik tarkibidagi qumni qo‘llab, kam
sement sarflab, eng yaxshi xususiyatli beton qorishmasining olish imkonini
beradi. Standart talablari ilmiy izlanishlar va amaliy tajribalar natijasida
tayanadi. Bu talablardan biroz chetlashish mumkin. YA’ni texnik iqtisodiy
asoslangan bo‘lsa, mustaxkamlik chegarasi 20MPa bo‘lgan va undan yuqori
beton uchun yiriklik moduli masalan, O‘zbekistonning cho‘lli
xududlarida
o‘ta mayda barxan qumlari asosidagi beton keng qo‘llanadi. Qumning
donadorlik tarkibi uning bo‘shliqligi bilan bevosita bog‘langan. Bu ko‘rsatkich
qum uchun aniqlanmasa xam uning donadorlik tarkibini normaga keltirish
uchun zarurdir. Qumning bo‘shliqligi uning uyma zichligi va dona zichligi
bo‘yicha xisoblanadi. Qumning dona zichligi berilgan mineral tarkibiga
bo‘yicha kam farq qiladi, chunki uning bo‘shliqligi uyma zichligiga bog‘liq
bo‘lib, uyma zichlik qancha katta bo‘lsa, bo‘shliqlik shuncha kichik bo‘ladi.
Mavjud standartlarga ko‘ra qumning donadorlik tarkibi (rasm.1.2)
uning zich katta uyma zichligini va eng kam bo‘shliqda donalarining kompakt
joylashuvini ta’minlaydi. Tabiiy kvars qumining uyma zichligi taxminan 1500-
1600 kg/m3 ni va bo‘shliqligi -30-40%ni tashkil etadi.
Beton qorishmasida sement qum donasini sirtini yupqa kvars bilan
o‘rab oladi (ko‘pincha 0.01dan 0.1mm gacha). SHu sababli qum donasining
yuzasi qancha katta bo‘lsa, sement sarfi xam oshadi. Fraksiya 2.5-5mm uchun
30
qum solishtirma yuzasi 10sm2/g ni mayda fraksiya qum uchun 100-300 sm2/g
ni tashkil etadi. Tabiiy o‘rta donadorli qumning solishtirma yuzasi 40-70sm2/g
yoki 4-7m2/g ni tashkil etadi.qumda beton uchun xavoli qo‘shimchalar mavjud
bo‘ladi. SHu sababli standart ularni chegaralaydi. Qumda mavjud changsimon,
gilsimon qo‘shimchalar (o‘lchami 0.05mm dan kichik) standart usullarda suvda
yuvish orqali aniqlanadi. Olingan namuna qumni o‘lchov idishga solinadi va
suv
quyib
2soat
ushlab
turiladi.
(vaqti-vaqti
bilan
aralashtiriladi)
aralashtirgandan 2minutdan so‘ng qum ustidagi suv to‘kiladi, toza suv quyib
qumni yuvishni toki suv bilan qumni aralashtirganda tiniq xolatda qolguncha
davom ettiriladi. SHundan so‘ng yuvilgan qum quritiladi, tarkibidagi yuvilgan
aralashmalar (%) quyidagi formuladan topiladi:
Pyuv.aral.=m-m
1
/m*100
Bu erda:
m-yuvilmagan doimiy massagacha quritilgan qum massasi, g
m
1
-yuvib doimiy massagacha quritilgan qum, g.
O‘zRST 8E36-93 Qurilish ishlari uchun qum. Texnik shartlar ga qo‘ra
tabiiy qumda ortiqcha aralashmalar 3%dan (massa bo‘yicha) oshmasligi kerak,
boyitilgan qumda -2%, maydalangan qumda esa 5% gacha ruxsat etiladi.
Bundan tashqari standart talabiga qo‘ra beton turiga va konstruksiya
ekspluatatsiya sharoitiga ko‘ra qumda gil va chang miqdori chegaralanadi.
Masalan gidrotexnik inshoatlar uchun 5% gacha, suv osti ioshoatlari uchun -3%.
Qum tarkibida amorf kremnezem turlarining mavjudligi sement ishqorlari bilan
reaksiyaga kirishib betonni nurashga olib keladi. Sement ishqorlari bilan
quyidagi tog‘ jinslari va minerallar bog‘lanadi: opal, xalsedon, kremniy.
O‘zRST 728-96 og‘ir va mayda to‘ldirgichli beton ga ko‘ra gidrotexnika va
transport ishlarida ishlatiladigan betonlarda sulfid bog‘lamalar 1% dan
oshmasligi kerak.
31
Rasm 1.3. Qumni hajmining uning namligini oshishiga qarab o‘zgarishi:
1-
mayda qum; 2- yirik qum
Qumning namligi uning xususiyatlariga ayniqsa uyma zichligiga
etarlicha tasir ko‘rsatadi. CHunki boshqa qurilish materiallarni namlashda
ularning zichligi oshadi qumda esa tasiri. Bu qum nam xolatda bo‘lganida
quruqga nisbatan sochiluvchanligi kichikligi bilan tushuntiriladi. Qumga
qo‘yilgan suv uning donalarini elimlaydi, shu sababli bunday qumni biror
sig‘imli uskunaga solganda kompakt joylashmaydi va bo‘sh tarkibni xosil etadi.
Qumning eng katta bo‘sh tarkiblisi namlik 4-7% bo‘lgada (massa bo‘yicha)
kuzatiladi. Bunda qumning uyma zichligi 10-40% ga kamayadi. Beton
tayyorlashda qumning namligini inobatga olish zarurdir.
Dostları ilə paylaş: |