Beton tolduruvchilari texnologiyasi UMK сиртки Хайдаров Н
3. Metallurgiya shlaki. YOqilg‘i shlaki Metallurgiya sanoatida chiqindi omborlariga xar yili katta miqdorda
domna shlaklari tashlanadi. YA’ni po‘lat etishda asosiy maxsulotdan tashqari
0,5-1 t shlak chiqadi. Bunda massa bo‘yicha emas balki hajm bo‘yicha 2-3
barobar ko‘p miqdorda shlak chiqadi. SHu sababli shlaklarni shartli ravishda
chiqindi deyiladi. Aslida bu qimmatli ikkilamchi mahsulot hisoblanadi.
Metallurgiya shlaklaridan noto‘g‘ri foydalanishda asosiy olinadigan
maxsulot narxiga xam tasir etadi, ya’ni shlaklarni olib kelish, chiqindi
omborlariga ko‘mish ortiqcha harajatga olib keladi. Metallurgiya shlaklarining
kimyoviy tarkibi turlichadir. Domna shlaklari asosan quyidagi oksidlardan
iborat bo‘ladi: SaO - 3O-50%; SiO
2
- 30-40%; Al
2
O
3
- 10-30%; temir, magnit
va marganets birikmalari.
Kimyoviy tarkibi bo‘yicha shlaklarning ikki turi mavjud:
SaO+MgO
1 . Asosiy, asosiy modul -M
0
=─────── >1;
SiO
2
+Al
2
O
3
2 . Nordon , M
0
<1
Domna shlaki sement sanoatida ishlatiladi. Uning bir qismi shlakli tola
va quyma buyumlar olishda ishlatiladi. Asosan shlakning ko‘p miqdori
to‘ldiruvchilar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Eski chiqindi omborlaridan olinadigan shlaklarni maydalash va saralash
natijasida beton uchun yaroqli shag‘al ishlab chiqariladi. CHiqindi
omborlaridagi shlaklarning tarkibi va fizik, mexanik xususiyatlari bo‘yicha bir
jinsli emas. Ularning sovish darajasiga qarab kristallanishi turlicha kechadi.
Mustahkamligi va g‘ovakligi xam turlicha bo‘ladi. SHu sababli tanlagan holda
eski chiqindi omborlarini ochish va olingan shag‘alni boyitish maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
Savollar
25
1. Sanoat chiqindilari asosida qanday g‘ovak to‘ldiruvchilar ishlab chiqariladi?
2. G‘ovak tog‘ jinslari chaqilgan toshini yumshash koeffitsienti qanday
chegarada bo‘lishi kerak?
3. G‘ovak to‘ldirgichlar qanday sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha markalanadi?
4. Sanoat chiqindilari asosida qanday to‘ldirgichlar olinadi?
5. Sanoat chiqindilaridan foydalanish ekologiya va iqtisodiyotga qanday ta’sir
ko‘rsatadi??
6. Metallurgiya shlaklari qaysi xomashyo asosida olinadi?
7. Domna shlaki asosida chaqilgan tosh ishlab chiqarish texnologiyasini
keltiring?
8. Granullangan shlak qanday olinadi?
9. YOqilg‘i shlaklari asosidagi g‘ovak to‘ldirgichni keltiring?
10. Yirik va changsimon yoqilg‘ilardan qanday shlaklar olinadi?