17
Vulqon shlaki konlari O‘zbekistonning turli rayonlarida Armanistonda,
Gruziya, Kamchatkada uchraydi. Vulqon shlaki suyuq magmani asosiy
tarkibining havoda qotishi natijasida yuzaga keladi.
Vulqon shlaki asosidagi
qum va shag‘al yirik toshlarni maydalash va saralash (fraksiyalash) natijasida
olinadi. Vulqon shlakining tashqi ko‘rinishi yoqilg‘i shlaki kabi bo‘lib, to‘q
qizg‘ishdan qora ranggacha bo‘ladi. Strukturasi yirik g‘ovakli. Vulqon shlaki
shag‘alining uyilma zichligi 400-850 kg/m
3
, vulqon shlaki qumi esa 650-
1300kg/m
3
. Vulqon shlaki to‘ldiruvchi sifatida turli engil betonlarda ishlatiladi.
Vulqon tuflari, bu mayda g‘ovakli jinslar bo‘lib, vulqon changlarining
turli darajadagi zichlanishi va ko‘pchishidan yuzaga keladi. Lava tuflari esa bu
tezda qotgan g‘ovaklangan lava bo‘lib, unda vulqon changi va qumlari mavjud
bo‘ladi. Tuflar va lava tuflari asosida tosh devorlar va yirik bloklar ishlab
chiqariladi. Tosh kesish
mashinalarida qayta ishlangan, karerlarda chiqqan
sanoat chiqindilari (ishlanayotgan toshning 50% dan ko‘p xajmi chiqindiga
aylanadi)ni maydalash va navlarga ajratishda engil betonlar uchun yaroqli
bo‘lgan, uyilma zichligi 600-800 kg/m
3
g‘ovak shag‘al va uyilma zichligi 700-
1000 kg/m
3
bo‘lgan g‘ovak qum olinadi. Tuflar donador strukturaga ega
bo‘ladi. Lava tuflari esa aralash strukturaga ega bo‘lib, ba’zan yacheykali
strukturaga ega bo‘ladi, ular mustahkamligining zichligiga bog‘liqligidan kelib
chiqib, kvadrat parabola formulasi bilan baholanadi:
n
А
R
,
bu erda:
n
-daraja ko‘rsatkichi;
n
- lava tuflari uchun 3 gacha olinadi;
n
- tuflar uchun 4 va undan yuqori olinadi;
SHu sababli bir xil zichlikdagi lava tuflari
tuflarga nisbatan mustahkam
va pemzaga nisbatan mustahkamligi pastroqdir. Tuflarning bir qancha
turlarining suvga chidamligi va sovuqqa chidamligi etarli bo‘lmaydi, bu uning
strukturasidagi donalarni bog‘lanishini sustligi bilan ifodalanadi. Bunday tuflar
betonda qo‘llanilmaydi, biroq yuqori samarali sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchi olish
uchun xomashyo sifatida ishlatiladi.
CHo‘kindi tog‘ jinslari asosidagi g‘ovak to‘ldiruvchilar olishda asosan
karbonat g‘ovak oxaktoshlar, chig‘anoqlar va krenezyom g‘ovak
jinslar
ishlatiladi.
Ohaktoshlarni maydalashda zichligi 1800 kg/m
3
dan kam bo‘lgan va
uyilma zichligi 1000 kg/m
3
gacha bo‘lgan g‘ovak shag‘al (donalar orasidagi
bo‘shliqlik 40-50%) olinadi, bu material QMQ bo‘yicha g‘ovak to‘ldiruvchiga
klassifikatsiyasiga mos keladi.
18
Ohaktosh chig‘anoqlar o‘zida cho‘kindi jinslarni kichik chig‘anoq,
ohaktosh
bo‘laklarining
sementlashgan
holatidagi
yig‘indisini
mujassamlashtiradi. Ular oddiy mayda g‘ovakli ohaktoshlardan yirik g‘ovakli
strukturasi bilan farqlanadi.
Ohaktosh chig‘anoqlarning zichligi asosan 1000 – 1600 kg/m
3
ni tashkil
etadi, bunda siqilishdagi mustahkamligi 0,5-10MPa ga tengdir, oddiy g‘ovak
ohaktoshlarda esa zichlik 1600-1800 kg/m
3
ni tashkil etib, bunda mustahkamlik
chegarasi 25MPa gacha bo‘ladi.
Bundan tashqari g‘ovak ohaktoshlarni boshqa turlari xam uchraydi,
ohaktosh tuf zichligi 1400-1800 kg/m
3
bo‘lib, siqilishga mustahkamlik
chegarasi 5-15MPa ni tashkil etadi.
G‘ovak ohaktoshlarning mustahkamlik chegarasi 4-5chi
darajali
zichligiga
proporsional
bo‘lib, bunda mustahkamlikning pasayishiga
g‘ovaklikning ta’siri bo‘ladi, bunda pemza, lava tuflari va vulqon tufiga
nisbatan kam mustahkamlikka ega. CHig‘anoqlarning zichligi pasayishi (5-6
baravar) bilan uning mustahkamligi xam pasayadi, bu esa chig‘anoq
donalarining kompakt bo‘lmagan holda joylashgani bilan izohlanadi.
Maydalangan bunday to‘ldiruvchining
donalari mustahkamligi, tog‘
jinslari mustahkamligiga nisbatan yuqori bo‘ladi. SHu sababli g‘ovak ohaktosh
va chig‘anoqlardan sement sarfini oshirmagan holda zichligi 1800-2200 kg/m
3
va mustahkamlik chegarasi 5-20 MPa ga teng beton olish mumkin. G‘ovak
ohaktosh va chig‘anoq zahiralari asosan O‘zbekistonda, O‘rta Osiyoda,
Ukraina, Moldaviya va Ozarbayjonda mavjud. Ulardan asosan massiv tosh
materiallar olishda, karerlarda qolgan chiqindilarni maydalab va saralab beton
uchun yaroqli to‘ldiruvchilar olinadi.
CHo‘kindi kremnezyom jinslardan to‘ldiruvchi sifatida opoka, spongolit,
alevrolitni beton ishlab chiqarishda qo‘llash chegaralangan.
Ularning katta
zahiralari O‘zbekistonda mavjud. Bu jinslar zichligi 800-1400 kg/m
3
, siqilishda
mustahkamlik chegarasi 2,5-15 MPa ni tashkil etadi. Donalari strukturasi
donador va mayda g‘ovaklikka ega.
YUqorida ko‘rsatilgan jinslar tarkibida amorf kremnezem, opal va
xalsedon ko‘rinishda uchraydi. Ular sement ishqorlari bilan aktiv bog‘lanadi.
SHu sababli bu to‘ldiruvchilarning sementli betonda qo‘llash xavfli bo‘lib,
unda emirilishni keltirib chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: