int [] a = {0, 1, 2, 3};
dastur kodi
int [] a = new int [4];
a [0] = 0;
a [1] = 1;
a [2] = 2;
a [3] = 3;
dastur kodi bilan bir xil
vazifani bajaradi, ya’ni to’rt elementni sig’dira oladigan massivni
yaratib uni 0dan 3gacha bo’lgan sonlar bilan to’ldiradi va massivni a o’zgaruvchiga birikriradi.
Ko’p o’lchamli massivlar
Java dasturlash tili ko’p olchamli massivlarni qo’llash imkonini beradi. Ko’p o’lchamli
massivlar massiv elementiga murojaat qilish uchun bittadan ko’p indeks ishlatiladi. Ko’p
o’lchamli massivlarni massiv ichidagi massiv sifatida tasavvur qilishimiz mumkin, ya’ni massiv
elementlari massiv xisoblanadi. Masalan,
double [] [] balans;
Ko’p o’lchamli massivni yaratib balans o’zgaruvchisiga biriktirish
uchun quyidagidan
foydalanamiz:
balans = new double [4] [5];
Ushbu ifoda to’rta massivni o’z ishiga oluvchi massivni yaratadi. O’z
navbatida xar bir ichki
massiv beshta ratsional sonlardan tashkil topgan. Yaratilgan massivni elementlar bilan to’ldirish
uchun quyidagi dastur kodidan foydalanish mumkin:
double [] b1 = {1.2, 1.3, 1.4, 1.5, 1.6};
double [] b2 = {2.0, 2.1, 2.2, 2.3, 2.4};
double [] b3 = {1.1, 1.1, 1.1, 1.1, 1.1};
double [] b4 = {0.1, 0.2, 0.3, 0.4, 0.5};
balans [0] = b1;
balans [1] = b2;
balans [2] = b3;
balans [3] = b4;
Xuddi shu massivni quyidagi qisqa usulida xam yaratib olish mumkin:
double [] [] balans = { {1.2, 1.3, 1.4, 1.5, 1.6}, {2.0, 2.1, 2.2, 2.3, 2.4},
{1.1, 1.1, 1.1, 1.1, 1.1}, {0.1, 0.2, 0.3, 0.4, 0.5} };
Ko’p o’lchamli massiv yaratilgandan so’ng uning elementlariga murojaat qilish uchun
quyidagi ifodadan foydalanish mumkin:
balans [1] [2];
Yuqoridagi ifoda
balans
massivining ikkinchi massivini uchinchi elementiga murojaat
qiladi, ya’ni
2.2
qiymatiga. Massivni to’rtinchi massivining birinchi elementi,
0.1
ga murojaat
qilish uchun quyidagi ifodadan foydalanish mumkin:
balans [3] [0];
Dostları ilə paylaş: