Java 2se dasturlash tili



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/42
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#203218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Java 2se dasturlash tili

Algoritm tushunchasi 
Algoritm bu ma’lum vaqt ichida berilgan masalani bajarish uchun ketma-ket bajarilishi 
kerak bo’ladigan aniq ko’rsatmalar to’plamidir. 
Algoritm so’zi buyuk olim, yurtdoshimiz Abu Abdulloh Muhammad ibn Musa al-Xorazmiy 
nomidan kelib chiqgan. 825 yilda al-Xorazmiy o’z risolasida birinchi bo’lib Xindistonda kashf 
qilingan o’nlik sanoq sistemasi haqida ma’lumot bergan. Al-Xorazmiy ushbu yangi sanoq 
sistemasida xisob ishlarini bajarishni qoidalarini ifoda etgan. XII asrning birinchi yarmida Al-
Xorazmiy asarining lotin tilidagi tarjimasi Yevropaga kirib bordi. Tarjima lotincha “Algoritmi de 
numero Indorum” deb nomlandi. Ushbu nom “Algoritmi Xind sonlari” degan ma’noni bildirardi 
va bundagi “Algoritmi” so’zi Al-Xorazmiyning ismini lotinlashishini bildirar edi. Ushbu risola 
yordamida “algoritm” so’zi yevropa tillariga kirib bordi. 
Xar qanday algoritm quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
1.
Diskretlik – algoritm masalani bajarish jarayonini ma’lum bir qadamlar ketma-ketligi 
sifatida ko’rsatishi kerak; 
2.
Aniqlik – xar bir vaqt qiymati uchun keyingi bajariladigan qadam tizim xolati bilan 
belgilanadi; 
3.
Tushunarlilik – algoritm faqatgina bajaruvchiga ma’lum komandalarni o’z ichiga olishi 
kerak; 
4.
Yakunlilik – birlamchi ma’lumotlar berilganda algoritm o’z ishini chekli sondagi 
qadamlarda tugatishi kerak; 
5.
Universallik – algoritm xar xil to’plamdagi birlamchi ma’lumotlarga qo’llanishi kerak; 
6.
Natijalilik – algoritmni ma’lum natija bilan tugatilishi
Algoritmni so’zlar yoki sxemalar yordamida ifoda qilish mumkin. Odatda, biron bir 
masalani algoritmini tuzish uchun birinchi uning algoritmi so’zlar bilan ifodalanadi. 
Keyinchalik, masalani amalda bajarishga yaqinlashganda algoritmni bajaruvchisiga tushunarli 
tilda tuziladi (masalan, mashina kodida). Algoritmni ko’rgazmali ifoda etish uchun blok-
sxemalardan foydalaniladi. Algoritmni bajaruvchisi tiliga bog’liq bo’lmagan ifoda qilish usuli 
psevdokod xisoblanadi. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin