2-bosqich.
Hello.java
faylini
javac
Java kompilyatori yordamida bayt-kodga o’giriladi.
3-bosqich.
Hello.class
bayt-kodni interpretator, Java virtual mashinasi yordamida ishga
tushirish.
c:\>java Hello
Hello World!
Javaning qisqacha tarixi
Java dasturlash tilining trarixi 1991 yilga boradi. Sun Microsystems kompaniyasining
muhandislari, Patrick Naughton va James Gosling, kabel televideniyasi qurilmalarida ishlatish
uchun kichik dasturlash tilini yaratmoqchi qo’lishadi. Ushbu qurilmalarning
hisoblash quvvati va
xotirasi kichik bo’lgani uchun ularga mo’ljallangan dastur ihcham bo’lishi kerak bo’lgan.
Bundan tashqari turli ishlab-chiqaruvchilarning qurilmalari har-xil protsessor ishlatishi mumkin
bo’lganligi uchun dasturlash tili bir qurilma arxitekturasiga bog’liq bo’lib qolmasligi ham kerak
edi. Proyekt “Green” deb nom oldi.
Paskal dasturlash tilining asoschisi Niklaus Wirth birinchi bor portativ dasturlash tilini
yaratish g’oyasi bilan chiqqan. Ushbu dasturlash tilida abstrakt mashina (ko’p xollarda bular
virtual mashina deb ataladi) uchun dastur kodi generatsiya qilinib, keyin esa ushbu
dastur kodi
o’ziga mos interpretatori mavjud barcha mashinada ishlatilishi mumkin edi. “Green” proyekt
muhandislari yaratayotgan dasturlash tilida virtual mashina va Paskal dasturlash tilidan farqli
o’laroq obyektlarga ihtisoslashish printsiplarini qo’llab yangidasturlash tilini yaratdilar.
Yaratilgan dasturlash tili Java deb nomlandi.
1996 yilda Sun kompaniyasi Java dasturlash tilining birinchi versiyasini chiqardi. Java 1.0
versiyasi imkoniyatlari unchalik ko’p bo’lmasada, 1998 yilda keyingi Java 1.2 versiyasida
oldingi kamchiliklar to’ldirilib qo’shimcha imkoniyatlar qo’shildi.
Ushbu versiyadan boshlab
Java dasturlash tillari qatorida barqarorlashdi va rasman Java 2 deya nomlana boshlandi. Java 1.3
va 1.4 versiyalarida muhim o’zgarishlar bo’lmasada Java 2 imkoniyatlari yaxshilandi va standart
kutubxona kengaytirildi. 2004 yilda e’lon qilingan Java 1.5 versiyasida dasturlash tiliga ko’pgina
kontseptual o’zgarishlar qo’shildi va rasman Java 5.0 deb nomlandi. Bundan tashqari Java
dasturlash tilining shaxsiy kompyuterlar uchun “Standart versiyasi”, mobil va kichik
qurilmalar
c:\>javac Hello.java
public class Hello {
public static void main(String[] args)
{
System.out.println(“Hello World!”);
}
}
Hello.java
Hello.class
uchun “Mikro versiyasi” va serverlar uchun “Korporativ versiyasi” taqdim etildi. Ushbu
qo’llanmada Java dasturlash tilining Standart versiyasi yoritilgan.
Har keyingi versiyasidan Java dasturlash tilining standart kutubxonasi kengayib bordi.
Quyidagi jadvalda ushbu o’zgarishlar ko’rsatilgan:
Dostları ilə paylaş: