Sodda Java dasturi
Java dasturlash
tilida yozilgan, konsol oynasiga matnni chiqarib beruvchi quyidagi sodda
dastur kodini ko’rib chiqamiz:
public
class HelloWorld
{
public static void main(String[] args)
{
System.out.println("Hello World!");
}
}
Ushbu dasturni kodini matn muxarriri
yordamida kiritib
HelloWorld.java
fayliga saqlaymiz.
So’ngra
javac
kompilyatori yordamida kommanda satrida dasturni kompilyatsiya qilamiz:
Java kompilyatori yordamida birlamchi kodni kompilyatsiya qilish
Natijada
HelloWorld.java
fayli joylashgan joyda
HelloWorld.class
nomli fayl xosil bo’ladi.
So’ngra
java
buyrug’i yordamida Java Virtual Mashinasini ishga tushiriladi va
HelloWorld.class
faylida joylashgan baytkod bajariladi.
Java Virtual Mashinasi yordamida baytkodni ishga tushirish
Korib turilganidek dastur konsol oynasiga “
Hello World!
” matnini chiqarib berdi.
Endi ushbu dasturning birlamchi kodini taxlillab chiqamiz. Java dasturlash tilida barcha
dastur elementlari class ichida joylashadi. Bizning xolatda class quyidagicha e’lon qilingan:
public class HelloWorld
{
...
}
Bu yerda
public
kalit so’zi ushbu klassni murojaat o’zgartiruvchisi xisoblanib u ushbu class
elementlariga murojaat darajasini belgilaydi.
HelloWorld
ushbu klass nomini belgilaydi. Java
dasturlash tilida class nomi xarf bilan boshlanishi va undan keyin
xarf va sonlar
kombinatsiyasidan iborat bo’lishi mumkin. Klass nomi sifatida Java kalit so’zlarini ishlatib
bo’lmaydi. Bundan tashqari klass joylashgan fayl nomi
public
murojaat o’zgartiruvchili
klass
nomi bilan bir xil bo’lishi va
java
kengaytmasiga ega bo’lishi kerak. Xususan, bizning sodda
dasturimiz joylashgan fayl nomi
HelloWorld.java
bo’ladi.
Java dasturini ishga tushirish uchun Java virtual mashinasi xar doim dasturning
main
metodida joylashgan dastur kodini bajarishdan boshlaydi. Demak, klass ishga tushirilishi uchun
unda
main
metodi mavjud bo’lishi kerak. Yuqoridagi misolda
main
metodi quyidagi ko’rinishga
ega:
public static void main(String[] args)
{
System.out.println("Hello World!");
}
Bu yerda,
main
metodida joylashgan
System.out.println("Hello World!");
qatori konsolga
“
Hello World!
” matnini chiqarib beradi.
Dostları ilə paylaş: