Java 2se dasturlash tili


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/42
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#203218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42
Java 2se dasturlash tili

Takrorlash uchun savol va topshiriqlar: 
1.
Java Dasturlash Vositasini o’rnatilish tartibi xaqida gapirib bering. 
2.
Windows operatsion tizimining 
path
muhit o’zgaruvchisi nimani belgilaydi? 
3.
Java dasturlash tilida dastur yozish uchun qanday muhitlar mavjud? 
4.
“Salom dunyo” matnini konsolga chiqarib beruvchi dastur tuzing. 
5.
Birlamchi kod fayli qanday kengaytmaga ega bo’lishi kerak? 
6.
Bayt kod fayli qanday kengaytmaga ega? 
 
 


JAVA DASTURLASH TILINING ASOSIY STRUKTURASI 
Java birlamchi kod strukturasi va 
main()
 metodi 
Java dasturlash tilida birlamchi kod birlamchi kod fayliga kiritilib bitta klassni ifodalaydi. 
Klass dasturning bir qismini namoyon etadi, ba’zi xollarda kichik dastur bitta klassdan iborat 
bo’lishi mumkin. Klass figurali qavslar ichida yozilishi kerak. 
public class Program1 

//dastur kodi 

Klass odatda bir necha metodlarni o’z ichiga olishi mumkin. Metodlar ushbu klassga doir 
amallarni bajarish ko’rsatmalaridan tashkil topadi. Metodlar klass ichida, ya’ni figurali qavslar 
orasida, e’lon qilinishi kerak. 
public class Program1 

void go() 

//metod kodi 


Metodning figurali qavslari ichiga ushbu metod bajarilishi kerak bo’lgan ko’rsatmalar 
kiritiladi. Metod odatda bir-necha ifodalar to’plamidan tashkil topadi. 
Umumlashtirib aytganda, klass birlamchi kod fayliga kiritiladi. Metodlar klass ichiga 
kiritiladi. Ifodalar metodlar ichiga kiritiladi. 
Java virtual mashinasi ishga tushganda u bajarayotgan klassda joylashgan quyidagi metodni 
izlaydi: 
public static void main(String[] args) 

//metod kodi 
}
Keyin esa ushbu metodning figurali qavslari ichida joylashgan barcha instruktsiyalarni 
bajaradi. Xar-bir Java dasturi kamida bitta klassni va bitta main() metodini o’z ichiga olishi 
kerak. 


Izohlar 
Dastur yozish mobaynida ushbu dasturda ishlatilayotgan elementlar va qo’llanilayotgan 
usullarga izoh yozish ehtiyoji paydo bo’ladi. Ayniqsa dastur yozish uchun uzoq vaqt talab etilsa 
yoki bir dasturni bir necha dasturchi yozayotgan bo’lsa ushbu izohlar axamiyati yanada yoqori 
bo’ladi. Java dasturlash tilida boshqa dasturlash tillari singari izohlar dastur bajarilishiga hech 
qanday ta’sir qilmaydi va ular dasturchi uchun ma’lumot sifatida qo’llaniladi.
Java dasturlash tilida izoh qo’yishni uch xilusuli mavjud. Eng keng tarqalgan usuli bu izoh 
boshiga // simvollarini qo’yishdir. Ushbu simvollardan keyin joylashgan elementlar qatorning 
oxirigacha izoh xisoblanadi. Masalan: 
System.out.println(“Salom!”); //ushbu qator konsolga matn chiqarib beradi 
yoki 
//quyidagi operator x qiymatini bir qiymatga oshiradi 
x++; 
Agar uzunroq izoh berish kerak bo’lsa, bir necha qatorni // elemenlari bilan belgilash 
mumkin, yoki ikkinchi usuldan foydalanish mumkin. Bu usulda /* va */ belgili 
cheklovchilaridan foydalaniladi. Birinchi belgi izoh boshiga ikkinchisi izoh oxiriga qo’yiladi. 
Masalan: 
/* 
Quyidagi dastur Java dasturlash tilida yozilgan bo’lib 
U konsolga Salom so’zimi chiqarib beradi 
*/ 
public class SalomDasturi 

public static void main(String[] args) 

System.out.println(“Salom”); 


Izoh berishning uchunchi usuli dasturning izohlariga asosan xujjatlarni avtomatik xosil 
qilish uchun ishlatiladi. Ushbu izohlar /** va */ belgilari bilan chegaralanadi. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin