Java 2se dasturlash tili



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/42
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#203218
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42
Java 2se dasturlash tili

 
Identifikatorlar 
Dasturda ishlatiladigan o’zgaruvchi, klass, metod yoki ob’yekt nomlari identifikatorlar deb 
ataladi. Java identifikatorlari xarflar, sonlar, “$” simvoli va “_” simvolidan tashkil topishi 
mumkin. Masalan,
test, test1, _test, TEST, $test 


barchasi to’g’ri identifikator xisoblanadi. Identifikatorlar tanlashda quyidagi qoidalarga 
rioya qilish kerak: 

Identifikatorlar harf, “$” simvoli yoki “_” simvoli bilan boshlanishi kerak; 

Birinchi xarfdan keyin identifikator xarflar, “$” simvoli, “_” simvoli yoki sonlarning 
istalgan kombinatsiyasini o’z ichiga olishi mumkin; 

Identifikator istalgan miqdordagi simvollardan tashkil topishi mimkin; 

Java kalit so’zlarini identifikator sifatida ishlatish mumkin emas; 

Identifikatorlar xarf kattaligini farqlaydi. Masalan, test va Test ikkita xar-xil 
identifikatorlar. 
To’g’ri tuzilgan identifikatorga misollar: 
_test 
$test 
______test_2 
_$ 
juda_batavsil_berilgan_identifikator 
Quyidagilar esa noto’g’ri tuzilgan identifikatorlar: 
:test 
-test 
test# 
.test 
4test 
Quyidagi jadvalda identifikator sifatida qo’llab bo’lmaydigan Java kalit so’zlari berilgan. 
abstract 
boolean 
break 
byte 
case 
catch 
char 
class 
const 
continue 
default 
do 
double 
else 
extends 
final 
finally 
float 
for 
goto 
if 
implements 
import 
instanceof 
int 
interface 
long 
native 
new 
package 
private 
protected 
public 
return 
short 
static 
strictfp 
super 
switch 
syncronized 
this 
throw 
throws 
transient 
try 
void 
volatile 
while 
assert 
enum 
Yuqorida keltirilgan identifikatorlarga qo’yiladigan talablar bilan birgalikda Java dasturlash 
tilida identifikatorlarni tuzishda quyidagi tavsiyalar ham beriladi: 

Klass va interfeys nomlariga: birinchi xarfi katta xarf bo’lishi va agar bir necha 
so’zdan iborat bo’lsa xar bir so’zning birinchi xarfi katta xarf bo’lishi kerak. 
Masalan: 
Dastur 
XisobRaqam 



Metod va o’zgaruvchi nomlariga: birinchi xarfi kichik xarf bo’lishi va agar bir necha 
so’zdan iborat bo’lsa keyingi so’zlar katta xarfdan boshlanishi kerak. Masalan: 
balansniTekshirish 
xisobIshiniBajarish 

Konstantalar nomiga: barcha xarflari katta xarflarda bo’lishi va agar bir necha 
so’zdan iborat bo’lsa soz’lar “_” simvoli bilan ajratilishi kerak. Masalan: 
DARAJA 
MIN_NARX 
Ushbu tavsiyalar majburiy bo’lmasada ularga amal qilish dasturning birlamchi kodini 
dasturchi tomonidan o’qilishini osonlashtiriladi. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin