JAVA DASTURLASH
MUHITI
Java Dasturlash Vositasini o’rnatish
Javada dasturlash uchun avval Java Dasturlash Vositasini kompyuterga o’rnatish kerak
bo’ladi. Xozirgi paytda eng to’liq va oxirgi versiyalari Solaris, Linux va Windows operatsion
tizimlari uchun mavjud. Java Dasturlash Vositasini kerakli operatsion tizim uchun
http://java.sun.com
manzili orqali tortib olish mumkin. Ushbu qo’llanmada Windows operatsion
tizimi asosiy platforma sifatida ishlatilgan va qo’llanma yozilishi paytida Javaning so’nggi
versiyasi 1.6 bo’lgan.
Tortib olingan Java Dasturlash Vositasini kompyuterga quyidagi papkaga o’rnatamiz:
C:\Program Files\Java\jdk1.6
Kommanda satri orqali Java kompilyatori va interpretatoridan foydalanish uchun
Windowsni muhit o’zgaruvchilarini belgilash kerak bo’ladi. Buning uchun sistema xususiyatlari
oynasidan shu nomli tugmani tanlash kerak bo’ladi.
Windows operatsion tizimining xususiyatlar oynasi
Natijada muhit o’zgaruvchilari oynasi ochiladi.
Muhit o’zgaruvchilari oynasi
Ushbu oynada
Создать
tugmasi orqali quyidagi yangi muhit o’zgaruvchisini kiritib olamiz:
path
va bizning xolimizda uning
qiymatini
c:\Program Files\Java\jdk1.6\bin\
deb belgilaymiz.
Yangi muhit o’zgaruvchisini yaratish dialog oynasi
Qiymatlarni to’g’ri kiritilganligini komanda satridan quyidagi buyruq yordamida
tekshirib
olishimiz mumkin:
Java versiyasi haqida ma’lumot olish
Dostları ilə paylaş: