Java 2se dasturlash tili



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/42
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#203218
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   42
Java 2se dasturlash tili

 
Matn kiritish 
Foydalanuvchi matn kiritishi uchun matn qatori va matn maydoni elementlari ishlatiladi. 
Java dasturlash tilidi matn kiritish uchun 
JTextField
va 
JTextArea
klasslari mavjud. 
JTextField
klassi bitta qatordan iborat matnni
JTextArea
klassi bir nechta qatordan iborat matnni qabul 
qiladi.


Matn qatorini xosil qilish uchun quyidagi dastur kodidan foydalanish mumkin: 
JTextField matnQatori = new JTextField("Kiritiladigan matn", 20); 
Ushbu dastur kodi yangi matn qatorini yaratib unga “Kiritiladigan matn” matnini qo’shib 
beradi. 
JTextField
konstruktoriga uzatilayotgan ikkinchi qiyat matn qatorini kengligini bidiradi, 
ya’ni bizning xolda matn qatori 20 simvol kenglikka ega. 
Agar matn kiritish uchun foydalanuvchiga bo’sh matn qatori berish kerak bo’lsa quyidagi 
dastur kodidan foydalanish mumkin: 
JTextField matnQatori = new JTextField(20); 
Bu xolda 20 simvol kenglikka ega bo’sh matn qatori yaratiladi. 
Matn qatoridagi matnni o’zgartirish uchun 
setText()
metodidan, foydalanuvchi kiritgan 
matnni olish uchun 
getText()
metodidan foydalanish mumkin. 
matnQatori.setText("Yangi matn"); 
String matn = matnQatori.getText(); 
Foydalanuvchi kiritadigan matn bir qatordan ortiq bo’lsa matn qatori o’rniga matn maydoni 
ishlatiladi. Matn maydoni 
JTextArea
klassi tomonidan yaratiladi. Matn maydoniga foydalanuvchi 
istalgan sondagi matn qatorini kiritishi mumkin. Matn maydoni quyidagi dastur kodi orqali 
yaratiladi: 
JTextArea matnMaydoni = new JTextArea(6, 20); 
Ushbu dastur kodi 6 qator va 20 simvol uzunlikdagi bo’sh matn maydonini xosil qiladi. 
Oldindan kiritilgan matn maydonini xosil qilish uchun quyidagi dastur kodidan foydalanish 
mumkin: 
JTextArea matnMaudoni = new JTextArea("Oldindan kiritilgan matn", 6, 20); 
Matn qatori singari matn maydonidagi matnni o’zgartirish uchun 
setText()
metodidan va 
foydalanuvchi kiritgan matnni olish uchun 
getText()
metodidan foydalaniladi. Agar 
foydalanuvchi kiritayotgan matn qatorga sig’masa qolgan matnni keyingi qatorga avtomatik 
ravishda o’tkazish uchun 
setLineWrap()
metodidan foydalanish mumkin. Biron bir matnni 
maydondagi matn oxiriga qo’shish uchun 
append()
metodidan foydalanish mumkin. Matn 
maydonida joylashgan barcha matnni ko’rib olish uchun 
JScrollPane
klassidan foydalanib 
maydon chetlariga gorizontal va vertikal surgichlar joylashtirib olish mumkin.
Quyidagi misolda matn qatori va matn maydoni joylashgan oyna keltirilgan: 


JTextField
 va 
JTextArea
 klasslari yordamida yaratilgan matn qatori va matn maydoni 
Ushbu oyna quyidagi dastur yordamida yaratilgan: 
import java.awt.*; 
import javax.swing.*; 
public class MatnKiritish 

public static void main(String[] args) 

JFrame frame = new JFrame("Matn kiritish"); 
JPanel panel = new JPanel(); 
JTextField matnQatori = new JTextField("Matn qatori", 20); 
JTextArea matnMaydoni = new JTextArea("Matn maydoni", 6, 20); 
JScrollPane scrollPane = new JScrollPane(); 
scrollPane.getViewport().setView(matnMaydoni); 
panel.add(matnQatori); 
panel.add(scrollPane); 
frame.getContentPane().add(panel); 
frame.setDefaultCloseOperation( JFrame.EXIT_ON_CLOSE ); 
frame.setSize(300,200); 
frame.setVisible(true); 





Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin