ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
131
GULLI OʻSIMLIKLARNING KELIB CHIQISHI, XILMA-XILLIGI VA TARQALISHI
Oxnorova Iroda Baxtiyor qizi
Andijon Davlat Pedagogika Instituti Biologiya yoʻnalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7988776
Annotatsiya:
Gulli o’simliklar Yerda keng tarqalgan bo’lib, nafaqat odamlar, balki boshqa tirik
organizmlar hayotida ham katta amaliy ahamiyatga ega. Gulli o’simliklar
magnoliyatoifa deb
ataladi va deyarli hamma joyda tarqalgan. Bu tezisda gulli o’simliklarning kelib chiqishi,
xilma-xilligi va tarqalishi haqida gapiramiz.
Kalit so‘zlar:
gulli o‘simliklar, magnoliya, trias, qarag‘ay o‘rmoni, devon, urug‘, meva, barg,
poya, ildiz.
Kirish
Gullari turlicha shakl va rangli gulqoʻrgʻonga hamda uning ichida joylashgan changchi
va urugʻchiga ega boʻlgan, urugʻlardan soʻng meva hosil qiladigan oʻsimliklar gulli oʻsimliklar
deyiladi. Gulli oʻsimliklar boʻlami oʻsimliklar olamining eng katta guruhi hisoblanadi.
Gulli
oʻsimliklar barcha iqlim mintaqalarida turli ekolagik sharoitlarda, tropik oʻrmonlardan tortib
tundragacha, qumlik sahrolardan togʻlarning eng yuqori hududlarigacha tarqalgan. Gulli
oʻsimliklar biosferadagi oʻsimlik moddalarini massasini asosiy qismini tashkil etadi. Gulli
oʻsimliklarining boshqa guruh oʻsimlik vakillaridan farq qiluvchi
asosiy xususiyati gulli
oʻsimliklarda qoʻsh urugʻlanish hodisasining mavjudligidir. Gulli oʻsimliklarning urugʻ kurtagi
bir yoki bir nechta boʻrtgan meva barglaridan iborat berk tuguncha boʻshligʻida boʻladi. Oziq-
ovqat oʻsimliklari, tolali oʻsimliklar, efir moyli va dorivor oʻsimliklarning koʻpchiligi gulli
oʻsimliklarga kiradi. Gulli oʻsimliklarning hammasi oʻz hayoti davomida gullab meva tugadi.
Ular ildiz, poya, barg, gul, meva va urugʻlqrdan tashkil topgan boʻladi.
1-rasm Gulli oʻsimliklarning xilma-xilligi [6]
Gulli oʻsimliklarning ayrim manbalarda 533 oila 13ming turkum 250 mingdan ortiq turni oʻz
ichiga olganligi keltirilgan boʻlsa, boshqa manbalarda 390 oila 13ming turkum va 250
mingdan ortiq turi borligi haqida maʼlumot berilgan. Gulli oʻsimliklarning
xilma-xilligi
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
132
ekologik sharoitning oʻzgarishi bilan bogʻlangan. Ular mln yillar mobaynida oʻzgarib, yangi
muhitga va sharoitga moslasha borgan. Natijada yangi muhitga xos belgilar paydo boʻlgan va
mustahkamlangan. Shunday qilib yangi turlar paydo boʻlgan. Gulli oʻsimliklarning
kelib
chiqishi haqida turli nazariyalar mavjud. Baʼzi manbalarda gulli oʻsimliklarning 140 mln yil
baʼzilarida 120 mln yil oldin paydo boʻlgan degan mulohazalar mavjud. Ilmiy manbalarda gulli
oʻsimliklar bor davrida kelib chiqqanligi keltirilgan. Ayrim olimlar gulli oʻsimliklarning
mezazoy erasining trias davrida, yana boshqa olimlar esa poleozoy erasining perm davrida
paydo boʻlgan deb hisoblaydilar. R.Melvilla gulli oʻsimliklar devon davrida riniofitlardan kelib
chiqqan deb fikr yuritgan. Gulli oʻsimliklarning kelib chiqishida 2 xil fikr mavjud.
1.
Monofilitik yoʻl bilan gulli oʻsimliklar bitta qadimgi ajdoddan kelib chiqqan deyiladi.
2.
Polifilitik yoʻl bilan gulli oʻsimliklar bitta oʻsimlikdan emas
balki bir nechta qadimiy
turlardan kelib chiqqan.
Gulli oʻsimliklarning kelib chiqishi haqida 3 ta nazariya mavjud:
1.
Psevdant nazariyasi
2.
Ikkinchi strofilyar nazariyasi
3.
Tellom nazariyasi
2-rasm. Gulli oʻsimlikning vakili [8]
Har bir oʻsimlikning turli oʻziga xos xususiyatlari bor. Masalan, 10 yilda yetiladigan 25 kg ga
teng Seyshel palmasi yongʻoqlari, tanasida 200 l gacha suv toʻplaydigan Meksika kaktuslari,
diametri 1 m boʻlgan dunyodagi
eng katta gul rafleziya, 6ming yil yashidigan ajdar daraxti.
Hashoratlar bilan oziqlanadigan nepentus, drosera va Oʻzbekistonda
uchraydigan suv
qaroqchisi, poyasi suv tagida boʻlib guli suv yuzasida ochiladigan nilufar gullar oʻsimlik
ajoyibotlariga kiradi. Gulli oʻsimliklar 2 ta sinfga boʻlinadi. Bular bir urugʻpallalilar va ikki
urugʻpallalilar.