208
V bob. QISHLOQ AHOLI PUNKTLARINING
FUNKSIONAL ELEM ENTLARINI M E’M ORIY-REJALI
TASHKIL ETISH
5.1. H u d u d n i zo n alash tirish va funksional z o n alarn i rejali
tash k il etishning o 'zig a xos x ususiyatlari
Joylashuvning mahalliy tizimi elementi - qishloq aholi punkti
hududini funksional zonalash prinsiplari. Aholi punktini joylashtirish
tizimining tuzilmaviy elementi sifatida qabul qilinishi, aw alg i,
an ’anaviy yondoshishdan farqli oMaroq, uning territoriyasi funksional
ravishda zonalashtirilishini
belgilab beradi.
Aholi
punkti
va
joylashtirish tizimini rejaviy tashkil etilishining uslubi sifatida ko‘rila-
digan funksional zonalashtirishning imkoniyatlari ayrim zonalaming
o ‘zaro ta ’siri, masalan, bu zonalardagi ayrim elem entlam ing bir-biriga
qo'shilib ketishi va integratsiyasi kabi shaharsozlik yaxlitligiga xos
boMgan tendensiyalar kuchayishini hisobga olishi zarur. Qurilish
obyektlarining nafaqat funksional, balki hajmiy-fazoviy jihatlarini
hisobga olish zarurati funksional bir turga mansub hududlami
belgilashdek nisbatan oddiy prinsiplardan o'zgaruvchan, shaharsozlik
tuzilmalari shakllanishining barcha jihatlarini o ‘z tarkibida qamrab
olgan prinsiplarga o ‘tish maqsadga muvofiq ekanligini taqozo qiladi.
Ushbu prinsipni amalga oshirish uchun eng qulay sharoitlar yangi va
yetarlicha darajada istiqbolli hisoblangan aholi punktlarida mavjud,
ulardagi tuzilmani aholi istiqomat qiladigan va sanoat zonalarini
ajratgan holda shakllantirish maqsadga muvofiq. Boshqa funksional
turdagi shakllanib boMgan aholi punktlarida, ayniqsa, ko‘p funksional
shahar tashkil etuvchi bazasi va hududiy jihatdan murakkab aloqalar
mavjud boMgan sharoitlarda esa funksiyalaming qat’iy birlashtirilishi
funksional nuqtayi nazarda o'zini oqlaydi.
Mavjud qishloq aholi punktaridagi barcha h u d u d la r-a h o li
istiqomat qiladigan zona, uning markaziy qismi, tashqi zonasi ko‘p
funksional tuzilmalar sifatida shakllanadi. Aksariyat qishloq aholi
punktlari tuzilmasi o'rganilganida, aholi istiqomat qiladigan va ishlab
209
chiqarish zonalarining ajratilishi aniq belgilanmaganligi ko'zga
tashlanadi. Undan tashqari, rekonstruksiya tajribasini tadqiq etish
jarayonida aniqlandiki, bu kabi zonalashda katta qiyinchiliklar yuzaga
kelish ehtimoli yuqori b o 'lar ekan.
Qishloq aholi punkti hududining funksional jihatdan qat’iy
zonalanashida har bir zona o ‘zining hajm iy-fazoviy xarakteristikalari
bo'y icha bir-biridan ancha farqlanishi kuzatiladi. Bu aholi punktla
ridagi korxonalar qavatliligi bilan ham, hududdan foydalanish
intensivligi bilan ham turlicha bo'ladi. Bu yerda ko'proq kam qavatli
binolarda joylashgan kommunal xizmat, qishloq xo‘jalik yo'nalish-
laridagi va kamroq agrar-sanoat korxonalari qurilgan. Transport
obyektlari bilan band bo'lgan hududlar ham jam oat-transport
kom pleksi, avtokorxonalar tarkibidagi uchastkalarga bo'linadi. ushbu
holatlarning barchasi hududni rejali tashkil etish metodi sifatida qabul
qilingan
funksional
zonalashning
keng
imkoniyatlari
mavjud
ekanligini ko'rsatadi. Biroq, bunday yondoshuv tuzilmaviy-rejali
tashkillashtirishning faqat funksional jihatlarini hisobga olgan holda
estetik xususiyatlam i deyarli chetlab o'tadi.
Hududni funksional tashkil etishda ayrim zonalar o'rtasidagi
istalgan shaharsozlik yaxlitlikka xos bo'lgan o'zaro ta’sir (masalan,
zonalar elem entlarining qo'shilishi va integratsiyasi) kuchayishini
ham hisobga olish zarur. Im oratlar qurilishining nafaqat funksional,
balki hajm iy-fazoviy xarakteristikalarini hisobga olish zarurati
funksional jihatdan bir xil bo'lgan hududlam i nisbatan oddiy bo'lgan
ajratish prinsipidan m oslashuvchanroq, shaharsozlik tuzilmalari
shakllanishining barcha xususiyatlarini to'laroq qamrab oluvchi
kom pleks zonalashtirish prinsipiga o 'tish lozimligini shartlab beradi.
Bu prinsip qurilish zichligi va qavatliligini hisobga oluvchi funksional
va hajm iy-fazoviy xarakteristikalar jam lanm asiga asoslanadi.
Joylashuv tizim ining mahalliy markazi vazifasini o'tovchi aholi
punktlarining qishloq hududlarini o'zgartirishdagi ahamiyatli o 'm i
ulam ing hajm li-fazoviy tuzilm asiga alohida talablar qo'yilishini
taqozo qiladi. Bunday obraz shaharga xos va qishloqning m a’lum
afzalliklarini sifat jihatidan umuman yangi bo'lgan asoslarda uzviy
m ujassam lashtirishning mantiqiy natijasi deb qabul qilish mumkin.
Bunda shaharga xos m adaniyatning kelgusidagi rivojlanishi va qishloq
aholi puntklarining ijobiy ekologik xarakteristikalarini saqlab qolinishi
210
albatta hisobga olinadi. Ushbu aholi punktlarining oMchamlari
ulam ing hududlarida o ‘z parametrlari bo'yicha to'liq birlashtirilgan
muhit yaratilishini nazarda tutadi.
Tizim tashkil etuvchi aholi punktlari - o'zaro bog'langan aholi
punktlari markazlarining shakllanishidagi o'ziga xos jihatlar ular
tarkibida hajmiy-fazoviy ko'rsatkichlari bo'yicha va imoratlar
qurilishi tizimi bilan farqlanuvchi uchta zonani ajratish zaruratini
keltirib chiqadi. Bunda har bir zona bir xil bo'lm asa-da, lekin bir-
biriga zid bo'lm agan funksional jihatdan mos elementlardan tashkil
topadi (5.1.1-rasm).
Aholi punkti tomonidan ijtimoiy xizmat ko'rsatish markazi
vazifasini bajarilishi uning markaziy qism ida urbanizatsiyalashgan
deb qabul qilinishi mumkin bo'lgan zona shakllanishi uchun dastlabki
shart xizmatini o 'tab beradi. Ushbu zonadagi bino va inshootlar,
markazda joylashgan korxonalar va turar-joy binolarining bir
qismidan
tashkil
topgan
guruh
urbanizatsiyalashgan
muhitni
yaratadilar. Obrazli, hajmli-fazoviy asosiy jihatlarga ega va qaysidir
holatlari bilan shahami eslatuvchi bunday muhit birinchi navbatda
aholi punkt-markazlarda shakllanadigan m e’moriy tuzilmaning muhim
elementi hisoblanadi. U ham funksional, ham psixologik tomondan
ijtimoiy faoliyatning eng muhim turlari va aholi bilan muloqot qilish
uchun eng maqbul sharoitlami yaratib beradi.
Ikkinchi zonani asosan turar-joy mavzelari joylashgan chekka
tumanlardan, shuningdek o'zining shaharsozlik xususiyatlari bilan
shunga o'xshash bo'lgan funksional elementlardan iborat. Kam qavatli
va tomorqa uchastkalari hamda bog'lari bo'lgan turar-joylam ing
ko'pligi bu zonani kam urbanizatsiyalashgan deb ta ’riflashga asos
bo'ladi.
Nihoyat, tarkibida qishloq xo'jalik korxonalariga yaqindan
bog'langan turar-joy massivlari, joylashuvning mahalliy tizimining
muhandislik infratuzilmasini bosh obyektlari joylashgan, asosan, bogc
va uzumzorlar, qishloq xo'jalik uchastkalari va bir qavatli imoratlar
zonasidan
iborat tashqi
zona hududlari
qishloqqa xos yoki
urbanizatsiyalashmagan muhitni tashkil qiladilar.
Aholi
punktlari - joylashuv
tizimi
elementlari
hududining
zonalanishidagi e ’tiborga molik xususiyatlami aniqlashda, kattaligi
turlicha bo'lgan aholi punktlarida urbanizatsiya darajasi turlicha
211
boMgan
zonalam ing
o 'z a ro
bir-birlarini
to 'ld ira
olishdek
xususiyatlarini va barcha aholi punktlari uchun yagona kelishilgan
zonalash tizim ini qoMlash zarurligini ta'kidlash lozim. M asalan,
faoliyat va ijtimoiy muloqotning keng qamrovii boMishi faqat
urbanizatsiya darajasi yuqori muhiti ta ’minlay oladi. Bunday muhit,
o ‘z navbatida, joylashuvning viloyat tizimidagi yirik shahar-markazda
shakllanishi mumkin. Shu bilan birga, yirik shaharlarda urbanizatsiya-
lashmagan yoki sust urbanizatsiyalashgan zonalami shakllantirishning
imkoni y o ‘q.
Joylashuvning turli mintaqalaridagi aholi punktlarini m e’m oriy-
rejali tuzilm asida urbanizatsiyalashgan, sust urbanizatsiyalashgan va
urbanizatsiyalashm agan
(qishloq)
zonalarining
turlicha
o ‘zaro
nisbatlarini ko'zda tutish maqsadga muvofiq, xususan:
•joylashuvning 1 va II mintaqalarida k o'p qavatli imoratlar va
qurilish zichligi yuqori boMgan urbanizatsiyalashgan va sust
urbanizatsiyalashgan zonalam i joylashtirish (urbaniziyalashmagan
zonani m utlaqo bo'lm asligi imkoniyati mavjud hollarda);
urbanizatsiyalashgan zona joylashuvning III m intaqasidagi aholi
punktining katta bo'lm agan markazida jam langan holatlarda shu aholi
punktining kam qavatli va qurilish zichligi past turar-joy binolariga
ega sust urbanizatsiyalashgan zonasini rivojlantirish (urbaniziya
lashmagan zonani m utlaqo bo'lm asligi imkoniyati m avjud hollarda).
Joylashuv tizim ining viloyat miqyosida aholi istiqomat qiladigan
zonalari m arkazga yaqinlashgan sari kichik aholi punktlaridagi turar-
jo y zonalarining urbanizatsiya darajasi ko'tarilib borishini kuzatish
mumkin. Bu tendensiya loyihalash amaliyotida hozircha inobatga
olinmayapti, lekin uning tahlili shuni ko‘rsatadiki, turar-joy qurilishi
va qavatliligi turli boMgan turar-joy binolarini tizim m arkaziga
nisbatan joylashuviga bog'liq ravishda tanlashga asoslangan uzoq
muddatli siyosat ishlab chiqish uchun yetarlicha asoslar mavjud.
Qishloqlararo
aloqalar jadallashuvi
sharoitlarida joylashuv
tizimlari shakllanishini aholi punktlari hududlarini zonalalanishi va
m e’m oriy-rejali
tashkil
etilishidagi
yangi
om illar deb
qabul
qilinayotgan hodisalar doirasi kengayib boradi.
Bu hodisalam ing
xususiyatlarini, ulam ing aholi punktlari shakllanishidagi ta ’sir mexa-
nizmini va aham iyatini yanada chuqurroq o'rganish zarur. Lekin,
shaharsozlar
tom onidan
bu
omillami
m a’lum
ketm a-ketlikda
212
o ‘zlashtirilishi qishloq aholi punktlarini rejalashtirish va qurish loyiha-
larini ishlab chiqish metodikasini m a'lum darajada murakkab-
lashtirsada, oxir-oqibatda loyihaviy yechimlar sifatini va qishloq
joylashuvi hududlarida aholi punktlarini rivojlantirishning muhim
vositasi hisoblangan loyihaviy-rejali hujjatlar samarasini sezilarli
darajada oshiradi.
T a k ro rla s h uchun savollar:
1. Qishloq aholi punkti hududini «qat’iy» zonalashtirishdagi
o ‘ziga xos xususiyatlam ing mohiyati nimalardan iborat?
2. Qishloq
aholi
punkti
hududini
kompleks
tarzda
zonalashtirishdagi o ‘ziga xos xususiyatlaming mohiyati nimalardan
iborat?
3. Tizim tashkil etuvchi aholi punktlari - o ‘zaro bogMangan aholi
punktlari markazlarining rejali tuzilmasini shakllantirishning o ‘ziga
xos xususiyatlari nimalardan iborat?
4.Urbanizatsiyalashgan, sust urbanizatsiyalashgan va urbanizatsi-
yalashmagan (qishloq) zonalarining joylashuvning turli mintaqalarida
joylashgan qishloq aholi punktlarining m e’moriy-rejali tuzilmalaridagi
turli nisbatlarini qay tarzda nazarda tutish maqsadga muvofiq
hisoblanadi?
5 .Joylashuvning viloyat miqyosidagi tizimida kichik qishloq-
lardagi turar-joy qurilishi va turar-joy hududlaridan jadal foydalanish
tendensiyasining mohiyati nimalardan iborat?
Q ishloq aholi p u n k tla ri funksional zo n alarin i
tuzilm aviy-rejali tashkil etish
Joyning tabiiy xusiisiyatlarini, sanitariya-gigiyenik normalar,
iqtisodiy va shaharsozlikka oid talablami, shuningdek har bir
funksional zona va butun aholi punktini kelgusidagi rivojlanishini
qat’iy hisobga olib turib hududni zonalashtirish qishloq aholi punkti -
joylashuv tizimi elementining rejali tuzilmasi oqilona tashkil etilishini
belgilab beruvchi talablardan biri hisoblanadi. To‘g ‘ri tanlov va
hududni funksional zonalanishi shaharsozlik asosini, aholi punkti
213
hududini qulay tashkil etilishini belgilab beradi va aholining ishlab
chiqarish faoliyati va turm ushi uchun eng qulay sharoitlar yaratilishini
ta ’minlaydi. Bulaming barchasi qishloq aholi punktlarining rejali
tashkil etilishida asosiy va m ajburiy prinsiplar hisoblanadi.
Aholining m adaniy-m aishiy ehtiyojlari va moddiy-texnik imko-
niyatlar ortib borayotgan sharoitlarda alohida zonalarni rejalashtirish
aniqlashtirilishi va o'zgartirilishi mumkin bo'Isada, lekin aholi
punktining
funksional
zonalanishi
umuman
saqlanib
qoladi.
Zonalashtirish sxemasi, garchi aholi punktlari bosh rejaga ega
b o ‘lmasalar ham, jo riy qurilishni yetarli darajada to ‘g‘ri amalga
oshirish uchun imkoniyat yaratadi. Shu sababdan, ushbu bosqich katta
ahamiyatga ega.
Aholi
punktlarining
rekonstruksiyasi
sharoitlarida
hududni
zonalashtirish asosiy funksiyalam i hisobga olish asosida bajariladi. Bu
holatda
alohida
funksional
zonalar
doirasida
ixtisoslashgan
obyektlardan tashqari boshqa, zona tarkibini boyituvchi va uning
chegaralarida mehnat va turm ush sharoitlarini yaxshi lashga ko'm ak-
lashuvchi qo‘shimcha obyektlar joylashtirilishi mumkin. Masalan,
aholi istiqomat qiladigan zonada ayrim, aholi turmush sharoitlariga
zarar yetkazmaydigan va katta hududlam i egallamaydigan ishlab
chiqarish obyektlari joylashtirilishi mumkin.
Joylashtirishning m ahalliy tizim lari elementlari, ya’ni - aholi
punktlarining rejaviy tuzilm alarini belgilab beruvchi funksional
tashkillashtirishning muhim shartlari quyidagilardir:
ishlab chiqarish zonasini intensiv tashqi mehnat aloqalarini
hisobga olgan holda joylashtirish;
seliteb zonaning ixcham bo'lishi va uning ishlab chiqarish zonasi
bilan qulay aloqalarini yo ‘lga q o ‘yilishini ta ’minlash;
tashqi transport va uning inshootlarining muhimligi sharoitida
ko‘cha va yo'llam ing differensiallashgan tizimini yaratish;
qishloqlararo tizimni, unga yondosh territoriyalarda istiqomat
qiluvchi aholining ehtiyojlari har tomonlam a ta ’minlashini hisobga
olgan holda madaniy-maishiy xizm at ko'rsatish tizimini tashkil etish;
barcha funksional zonalarni, ulam ing rivojlanishga bo'lgan
ehtiyojlarini va yondosh aholi punktlari bilan aloqalarini hisobga
olgan holda aholi punktida o 'z a ro joylashtirish.
214
Alohida funksional zonalami joylashuvning mahalliy tizimlari -
aholi punktlarida joylashtirish ulam ing joylashuvning lokal hududiy
birligi chegaralaridagi holatiga uzviy ravishda bog'langan. Bu aholi
punktlarining
ishlab chiqarish
zonasidagi
korxonalar (mehnat
qiluvchilar soni nisbatan kam boMsada) nisbatan katta maydonlami
talab qiladilar. Ushbu omil, shuningdek aholi punkti yaqinida
i
joylashgan qishloq xo‘jalik yer maydonlari bilan uzviy aloqalar ishlab
chiqarish zonasining posyolka rejasidagi joylashuvini belgilab beradi.
Bunda ishlab chiqarish
zonasining turar-joy hududiga yaqin
joylashishi va xo'jalik ichidagi yoMlar bilan qulay bog'lanishlar
ta ’minlanishi lozim, shuningdek ishlab chiqarishning har bir turiga
q o ‘yiladigan transport, sanitariya va maxsus talablar hisobga olinishi
zarur. Ayrim hollarda ishlab chiqarish obyektlari va qishloq
xo'jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi (tayyorlov-ta’minot, ta'm irlash va b.)
korxonalam i, ulami joylashtirish bo'yicha normativ talablam i hisobga
olgan holda yagona ishlab chiqarish zonasiga birlashtirish maqsadga
m uvofiq boMadi.
Aholi yashaydigan zona hududning umumiy balansida, odatda,
aholi punktining butun maydonini yarmisidan ko‘progMni egallaydi.
Ana shu nisbatning o ‘zi uning posyolka rejaviy tuzilmasidagi ustuvor
ahamiyatini belgilab beradi. Aholi istiqomat qiladigan zona turar-joy
m avzelarini, jam oat markazi va ijtimoiy m uassasalar uchastkasi
hamda sport kompleksi boMgan parkni birlashtiradi. Istiqomat
zonasidagi ushbu elementlaming o ‘zaro bogMiqligi uning funksional
tashkil etilishini belgilaydi. Ushbu hududning tarkibiy qismlarini
joylashtirishni mehnat va madaniy-maishiy aloqalami hisobga olib
turib bajarish maqsadga muvofiq.
Rejali tuzilma shakllanishiga qishloq aholi punktlarining katta
boMmagan oMchamlari bilan shartlangan ustuvor aloqalar ta ’sir
ko‘rsatadi. Shu sababdan, ulami rejalashtirishda aloqalar intensivligi
darajasi bo'yicha hududlami birlashtirish va zonalami asosiy piyoda
yo'llariga nisbatan muvofiq tarzda joylashtirish zamr. Piyoda aloqalar,
ayniqsa, uy-joy binolari va ishxonalar o'rtasida ko‘p amalga
oshiriladi. Ishlab chiqarish korxonlarining zichligi qancha katta boMsa
va ular aholi yashaydigan joylarga qanchalik yaqin boMsa, mehnat
qilish joylariga bo'lgan yo'nalishlar shunchalik aniq namoyon bo'ladi.
215
Turar-joy va ishlab chiqarish zonalarining o'zaro joylashuvi
mahalliy omillardan tashqari ko‘ riIayotgan aholi punktining o'zaro
bog'langan aholi punktlari tizimidagi joylashuviga bog'liq sharoitlar
bilan ham belgilanadi. Bu omillar qatoriga qishloqlararo aloqalaming
tarkibi va intensivligi, transport kommunikatsiyalaming tuzilmasi va
aholi punktlarining tashqi funksional aloqalari bilan shartlangan
boshqa omillami kiritish mumkin.
Xizmat ko'rsatish elementlarining gumhli joylashuv tizimidagi
holati aholi punktining ushbu tizimdagi ahamiyati va o'miga bog'liq.
Masalan,
joylashuvning
mahalliy
tizimidagi
aholi
punktlar-
markazlaming roli ularda boshqaruv va madaniy-ma’ rifiy soha
obyektlari, kommunal va maishiy xizmat ko'rsatish muassasalari va
shu kabilar joylashtirilishini belgilab beradi. Ushbu holat, shuningdek,
mahalliy markaz hududini zonalashtirish jarayonida tashqi aloqalar
intensivligini hisobga olinishini taqozo qiladi.
Zonalashtirishning yuqorida sanab o'tilgan barcha xususiyatlarini
uzviy ketma-ketlikda hisobga olinishi rejali tashkil etishni aniqroq
belgilash imkoniyatini berib, funksional jihatdan eng qulay aholi
punktini yaratishga ko'maklashadi. Boshqa tomondan, turli aholi
punktlarining ustuvor funksiyalari hududlar zonalashtirilishidagi
muayyan funksiyalami bajarish bilan bog'liq o'ziga xos xususiyatlami
aniqlab beradi. Bu, o'zlarining asosiy funksiyalaridan tashqari
sog'lomlashtirish, kurort, turistik funksiyalami ham amalga oshiruvchi
agrar-sanoat, agrar va qurama ixtisoslashuvga ega aholi punktlaridir.
Agrar-sanoat ixtisoslashuvga ega aholi punktlarini funksional
tashkil
etishning
asosiy
prinsipi - istiqbolli
hududiy
o'sish
yo'nalishlarini aniqlashdir. Ushbu yo'nalishlar zonalaming o'zaro
joylashuvini belgilaydi. Bunday aholi punktlarida aholi istiqomat
qiladigan va ishlab chiqarish zonalarining o'zaro mutanosib joylashuvi
yaqqol namoyon bo'ladi. Mehnat oqimlarining aksariyat ulushi asosiy
ishlab chiqarish korxonasiga yo'nalfirilganligi yaqqol bo'lib, ana shu
holat posyolkadagi asosiy piyoda yo'nalishlar trassirovkasini belgilab
beradi.
Agrar yo'nalishda faoliyat ko'rsatadigan aholi punktlarida
funksional zonalashtirish ulaming qishloq xo'jalik maydonlari bilan
uzviy bog'liqligi bilan belgilanadi. Bu holat ishlab chiqarish zonasi
joylashuvini shartlab beradi-bu zona ichki yo'llar bilan qulay
aloqalar mavjud boMgan holda turar-joy zonasiga nisbatan yaqin
joylashtiriladi.
Qurama ixtisoslashuvga ega posyolkalaming funksional tashkil
etilishi asosiy ixtisosga yaqin va yaqqol ifodalangan funksiya
xususiyati bilan belgilanadi. Masalan. asosiy funksiyalaridan tashqari
madaniy-sogMomlashtirish funksiyalarni ham amalga oshiradigan
aholi punktlarida hududning tashkillashtirilishi dam olish va
davolanish obyektlari hamda xizmat ko'rsatuvchi xodimlar turar-
joylari
o'zaro
yaqin joylashishini
talab
etadi.
Bu
turdagi
posyolkalardagi hududni tashkil etishda qulay muhitdan maksimal
foydalanish asosiy omil bo'lib xizmat qiladi.
Umuman,
qishloq
aholi
punktlarining
asosiy
zonalarini
joylashtirish bilan birga ulaming tashqi zonalaridagi hududni tashkil
qilishni ham ko'zda tutish lozim. Tashqi zonalar tarkibiga aholi
istiqomat qiladigan va ishlab chiqarishning zaxira hududlari,
pitomniklar, sug'oriladigan maydonlar va shu kabilar kiradi. Qishloq
aholi punktini rejalashtirishda bunday hududlami hisobga olish zamr,
sababi ular bevosita aholi punktiga yondosh bo'lib, uning rejali tashkil
etilishiga ta’ sir ko'rsatadilar.
Dostları ilə paylaş: |