Yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi



Yüklə 29,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü29,07 Kb.
#203491
  1   2   3
Yosh olimlar 0725



YOSH OLIMLAR 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/yo 
86 
INVESTITSIYA FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISHNING ME’YORIY-HUQUQIY 
ASOSLARI 
Butayev Javlonbek Inatillo o‘g‘li 

Toshkent moliya instituti tayanch doktoranti
 
 
https://doi.org/10.5281/zenodo.8031299
 
Iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiyalar yetakchi rol o‘ynaydi, chunki investitsiyalar 
orqali korxonalarning kapital jamg‘arilishiga, natijada mamlakatning ishlab chiqarish 
imkoniyatlarini kengaytirish va iqtisodiy o‘sishga erishiladi. 
Investitsiyalar iqtisodiy kategoriya sifatida qator funksiya va vazifalarni bajaradiki, ularsiz har 
qanday mamlakat iqtisodiyoti bir maromda rivojlana olmaydi. Ushbu jarayonni taminlab 
turish maqsadida xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb qilish talab etiladi. 
2021 yil 13 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kapital bozorini yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6207-son Farmoni qabul qilindi. Kapital 
bozorini rivojlantirish agentligining ma’lumotiga ko’ra, O‘zbekistonda bugungi kunda 
emissiya qilingan aktsiyalarning umumiy nominal qiymati 100 trillion so’mdan ortiq bo’lib, 
ulardan faqatgina 1,5 foizigina erkin muomalada harakat qilmoqda. Mazkur holat 
O‘zbekistonda kapital bozori mamlakat iqtisodiyotida investitsiyalar va jamg‘armalar 
o‘rtasida vositachilik rolini sifat va miqdor jihatdan yuqoriga ko‘tarish uchun katta 
salohiyatga egaligini ko‘rsatadi. 
Davlatimiz rahbari tomonidan “Kapital bozorining raqobatbardoshligini oshirish va uning 
kapitallashuvini 2023 yil yakuniga qadar 45 trln. so'mga yetkazish, respublika va hududiy 
investitsiya dasturlari doirasida loyihalarning qimmatli qog‘ozlar chiqarish orqali 
moliyalashtirilgan qismini 5 foizga yetkazish” vazifalari belgilandi. 
Institutsional islohotlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“Kapital bozorini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 
gi qarori bilan 2021 yil 1-maydan Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyati tugatildi va 
uning qimmatli qog‘ozlar bozorini, shu jumladan qimmatli qog‘ozlar savdosining 
tashkilotchilari va Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysini tartibga solish, shuningdek
korporativ boshqaruvni rivojlantirish hamda lotereyalarni tashkil etish faoliyati bo‘yicha 
vazifa, funksiya va vakolatlari Moliya vazirligiga o‘tkazildi. 
2021-2023 yillarda kapital bozorini rivojlantirish dasturida raqobat muhitini shakllantirish va 
fond bozori likvidligini oshirishni rag‘batlantirish bilan bog‘liq bugungi kunda o‘z yechimini 
kutayotgan bir qator dolzarb muammolar va kamchiliklar mavjudligi ta’kidlangan, jumladan: 
• 
kapital bozorini rivojlantirish sohasida davlatning strategik rejalashtirish tizimi 
mavjud emasligi; 
• 
erkin muomaladagi qimmatli qog‘ozlarning mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmiga 
nisbatan ulushi pastligi (0,3 foiz); 
• 
fond bozorida amalga oshirilayotgan bitimlarning yuqori qismi (birjadagi hajmlarning 
70 foizidan ortig‘i) davlat ishtirokidagi korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelishi; 
• 
qimmatli qog‘ozlar bozorining likvidligi pastligi, davlat qimmatli qog‘ozlari ikkilamchi 
bozorini rivojlantirish zaruriyati mavjudligi, amaliyotga joriy etilgan moliyaviy mahsulotlar 
turlari yetarli emasligi, davlat aksiya paketlari «bitta aksiya bitta lot» tamoyili asosida 
sotilmasligi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning qimmatli qog‘ozlar bozorida mablag‘ jalb 
qilishga bo‘lgan qiziqishi pastligi



Yüklə 29,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin