YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo
87
•
kapital bozoriga uzoq muddatli moliyaviy resurslarga ega yirik institutsional
investorlarni jalb qilish bo’yicha ishlar sust olib borilishi;
•
bozor infratuzilmasi zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlari bilan yetarli
darajada ta’minlanmaganligi, shuningdek, ushbu sohada mahalliy tizimlarning
imkoniyatlaridan samarasiz foydalanilishi;
•
mintaqaviy darajada kapital bozori infratuzilmasi mutlaqo rivojlanmaganligi;
•
kapital bozori sohasida bozor kapitallashuvini oshirish choralarini faol ravishda ilgari
surish va amalga oshirishga imkon beradigan yuqori malakali mutaxassislar yetishmasligi;
•
sohani nomutanosib tartibga solishni nazarda tutuvchi hamda zamonaviy bozor
talablariga va xalqaro standartlarga javob bermaydigan huquqiy hujjatlar ko‘pligi;
•
korporativ munosabatlar zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etilmaganligi.
Ushbu kamchiliklar fond bozorining ulkan salohiyatidan foydalanishga, uning kapitallashuvi
va likvidligini lozim darajada ta’minlashga, investitsiyalarni samarali jalb etishga, iqtisodiyot
hamda davlat va jamiyat hayotining boshqa sohalari rivojiga to‘sqinlik qilmoqda.
Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning bir qancha shakllari mavjud, ya`ni:
•
ulushi qo`shilib qatnashishi orqali qo`shimcha korxonalarni tashkil etish;
•
100% mol - mulk xorijiy investorlarga tegishli bo`lgan xorijiy korxonalarni tashkil
etish;
•
yirik xorijiy kompaniya va firmalarning shu`ba korxonalari va filiallarini tashkil etish;
•
kontsessiya va lizing shartnomalari tuzish;
•
tenderlar e`lon qilish;
•
erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish;
•
moliyaviy aktivlarni sotish va sotib olish.
Qo`shma korxonalar tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish keng tarqalgan
shakllaridan biri hamkorlikda qo`shma korxonalarni tashkil etishdir. O`zbekiston
Respublikasida qo`shma korxona deganda, nizom kapitalining kamida 15 % xorijiy
investorlarga tegishli bo`lgan va xorijiy investor faqat yuridik shaxs bo`lgan, nizom
kapitalining eng kam mikdori 150000 AQSH dollariga teng bo`lgan ekvivalent summani
tashkil etgan korxonalarga aytiladi. Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona nizom
jamg`armasining 150000 AQSH dollaridan kam bo`lmasligi sifatsiz mahsulotlarining oldi -
sotdisi va ularni respublikaga import qilish ishlari bilan shug`ullanishga ixtisoslashgan kichik
qo`shma korxonalarning keragidan ortiqcha kirib kelishining oldini olish maqsadida
belgilangan.
Investitsiyalarni jalb qilish va ularni boshqarish uchun eng avvalo ularning qonunda
tasdiqlangan ma’no, shakl mazmun va mohiyatini tushunib olish zarur. Buning uchun
O’zbekiston Respublikasining "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g risida"gi Qonuni
me’yoriy-huquqiy hujjat sifatida muhim rol tutadi.
So‘nggi yillarda ichki va tashqi investitsiyalarni faol jalb etishga doir me’yoriy hujjatlarning
qabul qilinganligi ham investitsiya faoliyatining rivojlanishining muhim asosi bo‘lib xizmat
qilmoqda. Umuman olganda, bugungi kunga kelib mamlakatimizda investitsiya faoliyatini
tashkil etish, rivojlantirish, rag‘batlantirish va tartibga solishga oid o‘nlab huquqiy-me’yoriy
hujjatlar ishlab chiqilgan bo’lib, ular amalda investitsiya faoliyatining yildan-yilga ko‘payib
borishiga sabab bo’lmoqda.