Top menejerlar uchun korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublari



Yüklə 4,35 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix07.01.2024
ölçüsü4,35 Kb.
#204081
\'uzdon uz.pdf\'



"O`zdonmahsulot" AK
Top menejerlar uchun korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini
joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015 yil 24 apreldagi PF-4720 farmoni, “O‘zbekiston Respublikasi va
Germaniya Federativ Respublikasi o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 2015 yil 12 martdagi PQ-2316-sonli Qarori hamda biznesni boshqarish va korporativ boshqaruv
sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni yanada takomillashtirish va sifatini
oshirish, iqtisodiyot sohasi va tadbirkorlik tuzilmalarini biznes-jarayonlarini samarali boshqarish masalalarini zamon
talablari asosida boshqaruv qobiliyatiga ega boshqaruv kadrlari bilan ta'minlash maqsadida Vazirlar
Mahkamasining 2015 yil 26 avgustdagi 659-f-sonli farmoyishi qabul qilindi.
Mazkur Farmoyishga asosan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabi tomonidan (ESMT) Yevropa
menejment va texnologiyalar maktabi bilan hamkorlikda “Top menejerlar uchun korporativ boshqaruvning
zamonaviy uslublari” mavzusida tashkil qilingan o‘quv kurslarida “O‘zdonmahsulot” AK va tarkibdagi
korxonalardan jami 10 nafar xodim malakalarini oshirib, tegishli sertifikatlarga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, 8 nafar xodim o‘quv kurslarini Germaniya Federativ Respublikasida davom ettirish imkonini qo‘lga
kiritishdi.
Manba: Axborot xizmati.
21.09.2015

Yüklə 4,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin