326
paydo bo‘ladigan va olinishi kutilmagan foydadir. Bunga daromadlarning
favqulodda moddalari yoki asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar
bo‘limida aks ettirilishi kerak bo‘lgan o‘tgan davrlardagi foyda kirmaydi.
G. TOVAR-MODDIY ZAHIRALARNI, TUGALLANMAGAN
ISHLAB CHIQARISHLARNI, SHUNINGDEK, KELGUSI
DAVRLAR XARAJATLARINI BAHOLASH
Ushbu Nizomga muvofiq ishlab chiqarish
xarajatlari hisobot davri
mobaynida ishlab chiqarish schyotlarida va tayyor mahsulot schyotida
shakllanishi kerak. Biroq bir turdagi mahsulotni seriyali (keng ko‘lamda)
ishlab chiqarishda favqulodda holatlar tufayli
kelib chiqqan favqulodda
yoki bir galgi xarajatlar tayyor mahsulot tannarxiga kiritilmasligi,
balki
sotish xarajatlari sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisobdan chiqarilishi kerak.
Tovar-moddiy
boyliklar
zahiralarini,
tugallanmagan
ishlab
chiqarishni,
shuningdek,
kelgusi
davrlar
xarajatlarini
baholash
"Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga
muvofiq amalga oshiriladi.
Kelgusi davrlar xarajatlari xarajatlarning
alohida toifasini tashkil
qiladi. Biroq mazkur Nizomga muvofiq ushbu xarajatlardan 2-ilovada
keltirilgan ro‘yxatdagi xarajatlar chiqarib tashlanadi (ular Hisobot
davrining kelgusida soliq solinadigan bazadan
chiqarib tashlanadigan
xarajatlari sifatida aks ettiriladi). (O‘zR VM 11.03.2009 y. 63-son Qarori
tahriridagi xatboshi)
Dostları ilə paylaş: