334
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan kelishgan holda
tasdiqlanadi.
Tovar-moddiy zahiralarni davr xarajatlari sifatida hisobga olinadigan
ikkita eng past tannarx: tannarx bo‘yicha yoki sof bozor narxi bo‘yicha
baholash bilan bog‘liq bo‘lgan maxsus ajratmalar soliq solinadigan
bazani hisoblashda foyda
tarkibiga qaytadan kiritiladi, biroq tovar-
moddiy zahiralar haqiqatan sotilgandan keyin chegirib tashlanadi.
Ushbu davrning soliq solinadigan bazasidan chiqarilmaydigan, biroq
keyingi
davrlarning
soliq
solinadigan
bazasidan
chiqariladigan
xarajatlarga quyidagilar kiradi:
1. Ishonchsiz qarzlar bo‘yicha rezervga ajratmalar. (O‘zR
Prezidentining 18.12.2006 y. PQ-532-son Qarori tahriridagi band),
(Oldingi tahririga qarang)
2. Mashina va mexanizmlarning ayrim turlarini yakka tartibda sinab
ko‘rish hamda barcha turdagi asbob-uskunalar va texnik qurilmalarni,
ularning o‘rnatilish sifatini tekshirib ko‘rish maqsadida (ishlatilayotgan
holatda), kompleks sinab ko‘rish xarajatlari.
3. Asbob-uskunalarni yetkazib bergan
zavodlar yoki ularning
topshirig‘iga binoan ixtisoslashtirilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar
tomonidan amalga oshiriladigan shefmontaj xarajatlari.
4. Qurilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt direksiyasining, direksiya
bo‘lmagan taqdirda - texnik nazorat guruhining xarajatlari (ma’muriy
xarajatlar), shuningdek xo‘jalik yurituvchi yangi subyektlar va
obyektlarni foydalanishga qabul qilib olish bilan bog‘liq xarajatlar.
5. Yangi ishga tushirilgan xo‘jalik yurituvchi
subyektlarda ishlash
uchun kadrlar tayyorlash xarajatlari.
6.
Boshqaruv
tizimlari
va
vositalarini
yaratish
hamda
takomillashtirish bo‘yicha xarajatlar.
7. Seriyali va keng ko‘lamda chiqariladigan mahsulotlarning yangi
turlarini ishlab chiqarish hamda texnologik jarayonlarga tayyorgarlik
ko‘rish va ularni o‘zlashtirish xarajatlari.
8. Qonunchilikka muvofiq ishchi kuchlari qabul qilish bilan bog‘liq
xarajatlar.
9. Xo‘jalik
yurituvchi subyektlarni, ishlab chiqarish liniyalarini
rivojlantirish (takomillashtirish) xarajatlari.
335
10. Jadallashtirilgan metod bilan hisoblangan amortizatsiya summasi
va belgilangan normalar bo‘yicha hisoblangan amortizatsiya summasi
o‘rtasidagi farq:
a) asosiy vositalar bo‘yicha soliq to‘g‘risidagi
qonun hujjatlariga
muvofiq;
b) nomoddiy aktivlar bo‘yicha boshlang‘ich qiymatidan va foydali
ishlatish muddatidan kelib chiqqan holda xo‘jalik yurituvchi subyekt
tomonidan hisoblab chiqilgan normalarga muvofiq. (O‘zR VM
15.10.2003 y. 444-son Qarori tahriri)