Aylanma mablag’lar – kassadagi pullar va boshqa mablag’lar
asoratsiz ishlab chiqarish tsikli davomida, agar ishlab chiqarish tsikli
qisqa bo’lsa, bir yilgacha muddatda yana pulga aylanishi kerak.
Asoratsiz ishlab chiqarish tsikli – qo’yilgan pul mablag’i yana pulga
aylanish uchun ketadigan o’rtacha vaqt bilan belgilanadi. Kassa, qisqa
muddatli investitsiyalar, olinadigan veksellar va tovarlar aylanma
mablag’dir. Ular bir ishlab chiqarish tsikli davomida yoki bir yil
davomida yana naqd pulga aylanadi deb qaraladi.
Kelgusi davr sarflari (oldindan arenda to’lovlari va boshqa shu
uabilar) korxona maqsadlari uchun foydalanishga sotib olingan
tavarlarga ham aylanma mablag’ sifatida qaraladi.
Investitsiyalar – yaqin yillar davomida sotilmaydigan qimmatli
qog’ozlar, bir yildan ortiq muddatga berilgan veksellar, kelgusida
uzlashtiriladigan yer, qarzlarni uzish uchun tashkil qilingan jamg’arma,
foydalanilmayotgan jihozlar va mablag’lar, binolar va jihozlar sotib
olish. Investitsiyalarga boshqa kompaniyalar faoliyatlarini nazorat qilish
uchun qo’ygan mablag’lar ham kiradi.
Kuchmas mulk va jihozlar – korxona xo’jalik faoliyatida
foydalaniladigan uzoq muddatli aktivlardir (er, bino, kuch mashinalar,
inshoatlar, jihozlar). Bu aktivlar amartizatsiyalanadi (erdan tashqari),
ya’ni qiymati ularning xizmat davrlari davomida firmalarni moliyaviy
21
O’zbekiston firmalarida va korxonalarida qo’llaniladigan atamalarga binoan: joriy aktivlar –aylanma mablag’lar;
investitsiyalar – kapital qurilish; ko’chmas mulk, jihozlar – asosiy vositalardir.
22
Avval pulga tez aylanadiga mablag’lar (likvidlik darajasi yuqori bo’lgan mablag’lar) yoziladi keyin, esa, kam
likvidli mablag’lar yoziladi.
70
natijalariga qo’shib boriladi. Bu guruhga korxonada mavjud bo’lgan tabiy
rusurslar (urmonzorlar, neft, gaz, konlari va ko’mir shaxtalari).