I. Булим. Бухгалтерия хисоби



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/201
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204181
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   201
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

 
4.
 
Hisob siyosatida balansni yoritib berish tartibi. 
Buxgalteri balansi korxonaning hisob siyosatida O‘zbekiston 
Respublikasi Buxgalteriya Hisobining 15-son “Buxgalteriya balansi” 
nomli milliy standarti talablari doirasida yoritiladi. 
Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning tarkibiy qismlaridan 
biri bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyektning mulkiy va moliyaviy ahvoli 
haqidagi axborotlarni to‘playdi. Shuning uchun ham buxgalteriya 
balansidagi 
barcha 
axborotlar 
to‘g‘ri 
oshkor 
qilinishi 
va 
foydalanuvchilarga tushunarli bo‘lishi talab etiladi. Balansda axborotlar 
hisobot davri boshiga va oxiriga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar tarzida 
keltiriladi. Ma’lumotlarini oshkoraligini ta’minlash maqsadida, zaruriyat 
bo‘lganda, buxgalteriya balansini qo‘shimcha moddalar bilan to‘ldirish 
mumkin.
Buxgalteriya 
balansini 
oshkor 
qilishi 
kerak. 
Buxgalteriya 
balansining joriy aktivlar va joriy majburiyatlar moddalari saldolanmaydi, 
balansining ayrim moddalari boshqa moddalarga kiritilmaydi va ular 
bilan saldolanmaydi. Shuningdek, buxgalteriya balansida uzoq muddatli 
va joriy aktivlar, o‘z sarmoyasi, uzoq muddatli va joriy majburiyatlar 
summasi oshkor qilinishi kerak. Ularni oshkor qilish xo‘jalik yurituvchi 
subyektning moliyaviy ahvolini tahlil qilishda foydalaniladigan hamda 
moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun zarur bo‘ladigan 
axborotlardan iborat bo‘ladi.
Balansning “Uzoq muddatli aktivlar” bo‘limida asosiy vositalar va 
nomoddiy aktivlar qiymati, uzoq muddatli investitsiyalar, o‘rnatiladigan 
uskunalar, kapital qo‘yilmalar, uzoq muddatli debitorlik qarzlari va 
muddati kechiktirilgan uzoq muddatli xarajatlar summalari oshkor 
qilinadi. Uzoq muddatli investitsiyalar va qimmatli qog‘ozlar qiymati, 
sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar, tobe xo‘jalik jamiyatlariga 
investitsiyalar, 
xorijiy 
sarmoyalar 
ishtirokidagi 
korxonalarga 
investitsiyalar va boshqa uzoq muddatli investitsiyalar summalari 
bo‘yicha oshkor qilinishi kerak. 
Balansning “Joriy aktivlar” bo‘limida tovar-moddiy zahiralar, 
kelgusi davrlar xarajatlari, muddati kechiktirilgan xarajatlarning joriy 


67 
qismi, debitorlik qarzlari, pul mablag‘lari, qisqa muddatli moliyaviy 
qo‘yilmalar va boshqa joriy aktivlar summalari oshkor qilinadi. 
Xaridor va buyurtmachilarning debetorlik qarzlari, alohida 
bo‘linmalar qarzlari, sho‘ba va tobe xo‘jalik jamiyatlari qarzlari, 
xodimlarga berilgan bo‘naklar, yetkazib beruvchilar va pudratchilarga 
berilgan bo‘naklar, byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak 
to‘lovlari, davlat maqsadli jamg‘armalariga va sug‘urta bo‘yicha bo‘nak 
to‘lovlari, ustav sarmoyasiga qo‘yilmalar bo‘yicha ta’sischilarning 
bo‘nak to‘lovlari, boshqa operatsiyalar bo‘yicha xodimlar qarzlari hamda 
boshqa debitorlar qarzlari summalari tarzida oshkor qilinishi kerak. 
Pul mablag‘lari, kassadagi naqd pul mablag‘lari, hisob-kitob 
raqamidagi pul mablag‘lari, valyuta hisob raqamidagi pul mablag‘lari va 
boshqa pul mablag‘lari (bankdagi maxsus hisob raqamlar, pul 
ekvivalentlari, yo‘ldagi o‘tkaziladigan pul mablag‘lari) summalari tarzida 
oshkor qilinadi. 
Balansning “Xususiy sarmoya” bo‘limida ustav sarmoyasi
qo‘shilgan sarmoya, zahira sarmoya, sotib olingan o‘z aksiyalari, 
taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar), maqsadli tushumlar hamda 
bo‘lg‘usi xarajatlar va to‘lovlar zahiralari oshkor qilinadi. 
“Majburiyatlar” bo‘limida korxonaning uzoq muddatli va joriy 
majburiyatlar summasi alohida-alohida oshkor etiladi. 
Uzoq muddatli majburiyatlar moddasida mol yetkazib beruvchilar 
va pudratchilarga uzoq muddatli qarzlar, alohida bo‘linmalarga uzoq 
muddatli qarzlar, sho‘ba va tobe xo‘jalik jamiyatlariga uzoq muddatli 
qarzlar, muddati kechiktirilgan uzoq muddatli daromadlar, soliqlar va 
majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddati kechiktirilgan majburiyatlar, 
xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar, uzoq muddatli bank 
kreditlari, uzoq muddatli qarzlar va boshqa uzoq muddatli kreditorlik 
qarzlari summalari ko‘rsatilishi kerak. Majburiyatlarga tegishli bo‘lgan 
foiz stavkalari, shartnoma majburiyatlari, so‘ndirish shartlari va ketma-
ketligi, mukofot va diskont summalari buxgalteriya balansiga tushuntirish 
xatida batafsil yoritiladi. 
Balansning joriy majburiyatlar moddasida mol yetkazib beruvchilar 
va pudratchilarga qarzlar, alohida bo‘linmalarga qarzlar, sho‘ba va tobe 
xo‘jalik jamiyatlariga qarzlar, muddati kechiktirilgan daromadlar, soliqlar 
va majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddati kechiktirilgan majburiyatlar, 
boshqa muddati kechiktirilgan majburiyatlar, olingan bo‘naklar, 
byudjetga soliqlarga oid qarzlar, sug‘urtaga oid qarzlar, davlat maqsadli 


68 
jamg‘armalaridan to‘lovlarga oid qarzlar, ta’sischilardan qarzlar, 
mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qarzlar, qisqa muddatli bank kreditlari, 
qisqa muddatli qarzlar, uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi va 
boshqa kreditorlik qarzlari summalari oshkor qilinadi. 
Agar korxona kredit bitimiga binoan majburiyatlarni uzoq muddatli 
qayta moliyalashni nazarda tutsa, unda uzoq muddatli majburiyatlarning 
joriy qismi joriy majburiyatlardan chiqarib tashlanadi. Ularning 
summalari va qayta moliyalash shartlari balansga tushuntirish xatida 
asoslab beriladi. 
5.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin