9
Adabiyotlarga havolalarni rasmiylashtirish.
Kurs ishida foydalanilgan
adabiyotlarga havolalarda Microsoft Word matn muharirining uskunalar panelida
joylashgan “Вставка” menyusining “Ссылка” satri “Сноска” bo„limidan foydalanish
mumkin. Unda avtomatik ravishda o„sha betning pastki qismida raqamlangan tarzda
chiziq chiziladi va foydalanilgan muallif(lar) ishiga taalluqli bo„lgan
sitatalar
tugagandan so„ng havola amalga oshiriladi. Bu holda sitata olingan manbaning o„ziga
xos xususiyatlari to„liq saqlanishi zarur: orfografiya, punktuatsiya,
abzatslar
joylanishi, shriftlar ajratilishi. Sitatalarga havolalar matn ichida, satrlardan keyin va
matn oxirida, asosan varaqning past qismida chiziqdan keyin berilishi mumkin.
Sitatalar matnning ichida berilsa, qoidaga muvofiq holda qo„shtirnoq ichiga olinadi.
Havolalarda adabiyotning muallif(lar)i,
adabiyot nomi, turi (darslik,
monografiya, o„quv qo„llanma, maqola, konferensiya materiallari to„plami va bosh.),
chop etilgan shahar, nashriyot,
chop etilgan yil, nomeri (davriy jurnal va
to„plamlarda), foydalanilgan betlari aniq ko„rsatilishi talab etiladi. Havolalar
quyidagicha rasmiylashtiriladi: adabiyot muallif(lar)ining familiyasi, ismi-sharifining
bosh harflari (“nuqta” bilan ajratiladi); adabiyot nomidan so„ng “nuqta” qo„yiladi;
“tire”dan keyin bosh harf bilan chop etilgan shahar va ikki “nuqta” qo„yiladi; bosh
harfda nashriyot nomidan so„ng “vergul”; chop etilgan yil va “nuqta”; “tire”
belgisi
bilan nomer (№) belgisidan (davriy jurnal va to„plamlarda) so„ng “nuqta” qo„yiladi;
“tire” belgisi bilan “b” harfidan keyin “nuqta” (rus tilidagi adabiyotlarda “s”) va
foydalanilgan bet raqamlari qo„yiladi.
Talaba sitata bo„yicha havolalarni ishning oxirida keltirilgan adabiyotlarga ham
berishi mumkin, unda matnda sitata katta qavsga olinib, qavsdan so„ng ushbu
adabiyotlarning tartib raqami va foydalanilgan betlari ko„rsatilishi kerak.
Misollar
keltiramiz:
1. .......O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov: “Ishlab chiqarish
hajmini kengaytirish va raqobatdosh mahsulotlarning yangi turlarini o„zlashtirish
bo„yicha qabul qilingan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, 2012-
2016-yillarda hisob-kitoblar bo„yicha qiymati 6 milliard 200 million dollar bo„lgan
270 dan ziyod investitsiya loyihasini, shuningdek, ishlab chiqarishni modernizatsiya
qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo„yicha tarmoq dasturlarini amalga
oshirish ko„zda tutilmoqda”
1
, deb ta‟kidlaydilar.
.........................................................................................................................................
____________________________________________________________________
1
Karimov I.A. 2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko„taradigan yil bo„ladi. –Toshkent:
O„zbekiston, 2012. – B. 45.
10
Yoki bu holda [4, 45 b.] ko„rinishda ham adabiyotga havola berish mumkin. Bunda
4 adabiyotning foydalanilgan adabiyotlar ro„yxatidagi raqami, 45 esa o„sha adabiyotning
foydalanilgan beti.
2. ...... iqtisodchi olimlar N.Xasanov va S.Najbiddinovlar fikriga ko„ra,
moliyaviy baqarorlik va uni ta‟minlash aktivlardagi o„zining va qarz mablag„lari
nisbati, o„z mablag„larini to„plash sur‟atlari, korxona
uzoq muddatli va qisqa
muddatli majburiyatlarining nisbati, moddiy oborot mablag„larining o„z mablag„lari
bilan qanchalik ta‟minlanganligini baholashga asoslanadi
2
.
.........................................................................................................................................
____________________________________________________________________
2
Xasanov N., Najbiddinov S. Korxona moliyaviy holatini baholash. - T.: “Iqtisodoiyot va huquq
dunyosi”, 1999. – B. 8.
Yoki [18, 8 b.], ya‟ni ushbu adabiyot foydalanilgan adabiyotlar ro„yxatida 18
raqamda joylashgan.
Havolalarning kurs ishining barcha betlarida uzluksizligi ta‟minlanishi
maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: