Menejment nazariyasi


Foydalanilgan adabiyotlar ro„yxatini tuzish



Yüklə 242,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/16
tarix07.01.2024
ölçüsü242,15 Kb.
#204653
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Menejment nazariyasi (2)

Foydalanilgan adabiyotlar ro„yxatini tuzish. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
ro„yxatida talaba kurs ishida foydalangan adabiyot va hujjatlar keltiriladi. 
Adabiyotlar ro„yxatini berishda hujjatlarni joylashish ketma-ketligi va 
bibliografik yozuvlarning to„g„ri yozilishiga ahamiyat berish kerak. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro„yxatini tuzishda ularni quyidagi ketma-ketlikda 
berish tavsiya etiladi (5-ilova): 
I. O„zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari va Qarorlari, 
Vazirlar Mahkamasi Qarorlari; 
II. O„zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari; 
III. Darsliklar, monografiyalar, o„quv qo„llanmalar, ilmiy jurnal va to„plamlar;
IV. Dissertatsiya va avtoreferatlar; 
V. Hisobot va Statistik materiallar; 
VI. Internet saytlar. 
Kurs ishini yozib tugatgach, uni savollarining o„zaro bog„lanishiga va bayon 
etilish usuliga (adabiy tiliga) alohida e‟tibor bergan holda qayta o„qib chiqish kerak. 
Ko„pincha qayta o„qilishda ilgari bilinmagan xatolarga, qaytariqlarga, qarama-qarshi 
fikrlarga, noto„g„ri tanlangan qiyoslashlarga va hokazolarga duch kelinadi. Ayniqsa 
formulalarni, raqamlarni, ko„chirmalarni, bibliografik yozuvlarni dastlabki manbalar 


13 
bo„yicha diqqat bilan tekshirib chiqish talab etiladi. Zarurat tug‟ilganda matnni 
to„ldirib, maromiga yetkazish lozim. 
 
7. KURS ISHIGA TAQRIZ YOZISH VA HIMOYA QILISH 
Talaba tomonidan belgilangan tartibda tayyorlangan va rasmiylashtirilgan kurs 
ishi (elektron varianti bilan birga) belgilangan kurs ishlari himoyasi sanasigacha 
bo„lgan muddatdan kechiktirmay rahbarga taqdim etiladi.
 
Yozib tugallangan va rahbar tomonidan ma‟qullangan, muqovalangan kurs ishi 
belgilangan muddatda kafedraga topshiriladi va taqriz qilinadi.
Kurs ishi taqrizida ishning ilmiy darajasiga, amaliy tavsiyanomalarning 
asoslanganligiga va ularning ahamiyatiga baho berilishi, yo„l qo„yilgan mavjud 
kamchiliklar ko„rsatilishi va talaba mahorati baholanishi lozim (6-7-ilova). 
Kurs ishini himoya qilishga tayyorgarlik paytida talaba bajarilgan mavzu 
mohiyati bo„yicha qisqacha so„zga chiqish matnini yozib olishi, so„zga chiqishi 
uchun zarur bo„ladigan illyustratsiya (prezentatsiya) materiallarini tayyorlab qo„yishi, 
taqriz mazmuni bilan tanishib chiqishi va taqrizchi e‟tirozlariga javob tayyorlagan 
bo„lishi kerak. Kurs ishi himoyasiga 7-9 ta slayd tayyorlash talab etiladi. 
Kurs ishi himoyasi komissiyasining ochiq majlisida himoya qilinadi. 10-15 
daqiqa mobaynida talaba kurs ishining asosiy jihatlarini bayon etadi, tadqiqotning 
eng muhim jihatlarini izohlab beradi, taklif va xulosalarni aytadi, savollarga javob 
beradi. 
Kurs ishining himoyasi komissiyasi himoya natijasi va ilmiy rahbarning 
taqrizini hisobga olgan holda yuz balli baholash tizimi bo„yicha baholaydi. 

Yüklə 242,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin