Yakuniy nazorat (YaN)
talabaning bilimini baholash o‘quv mashg‘ulotlarini
olib bormagan professor-
o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Fandan o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi
yakuniy
nazoratni o‘tkazishda ishtirok etmaydi.
YaN shakli kafedra tomonidan belgilanadi hamda u semestr yakunida o‘quv jarayoni
jadvaliga muvofiq quyidagi
mezonlarga asoslanib o‘tkaziladi:
Baho
Talabaning bilimiga qo‘yilgan talablarning asoslanishi
5
(a’lo)
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan
bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini
tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib
beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda;
4
(yaxshi)
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning)
mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega
deb topilganda;
3
(qoniqarli)
talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay
oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda;
2
(qoniqarsiz)
talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini
tushunmaydi hamda fan
(mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda.
Talaba fandan baholanishi natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, baholash natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab
24 soat davomida apellyatsiya berishi mumkin.
YaNga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha “2” (qoniqarsiz) baholangan talaba
akademik qarzdor hisoblanadi. Fandan akademik qarzdor talabaga nazorat turlari(ON va YaN)ni qayta topshirish uchun 1
oy muddat beriladi.
Nazorat turlarini o‘tkazilish tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda o‘tkazilgan nazorat
turlarining natijalari
bekor qilinishi hamda tegishli nazorat turi qaytadan o‘tkazilishi mumkin. Fandan nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimi
“3” (qoniqarli) yoki “4” (yaxshi) yoxud “5” (a’lo)ga baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Baholash natijalarini qayd qilish
.
Fandan talabalar bilimini baholash shu kunning o‘zida (yozma ish shaklida
amalga oshirlgan hollarda 3 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda) akademguruh jurnalida qayd etib boriladi. Talaba nazorat
turi o‘tkazilgan vaqtda uzrli, sabablarsiz qatnashmagan hollarda akadem guruh jurnaliga “0” belgisi yozib qo‘yiladi.