27
Tayanch so’z va iboralar:
vaqtli qator,
paytli vaqtli qator,
intervalli vaqtli qator, mutloq o’zgarish, o’zgarish
sur’ati, qo’shimcha o’zgarish sur’ati, bir foizli mutloq o’zgarish, o’rtacha miqdor, xronologik o’rtacha, tortilgan arifmetik
o’rtacha, sirg’anchiq o’rtacha, analitik tekislash, oraliqlarni kengaytirish, interpolyatsiya, ekstropolyatsiya.
1.Vaqtli qatorlar, vaqtli qatorlarning turlari : momentli va davriy. Mutloq, nisbiy va o`rtacha vaqtli qatorlar.
Vaqtli qatorlari
deb, ijtimoiy hodisa va jarayonlarning vaqt bo’yicha o’zgarishini tavsiflovchi
sonlar qatoriga
aytiladi.
Vaqtli qatorlari hodisalarni tavsiflash vaqtiga ko’ra momentli va davriy davriy qatorlarga bo‘linadi.
Davriy vaqtli qatorlari
o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarni ma’lum davr oralig’i (interval)dagi holatini ifodalaydi.
Masalan, bir oy (yoki yil) da ishlab chiqarilgan mahsulot, sotilgan tovarlar hajmi, ekilgan er maydoni va h.k.
Momentli vaqtli qatorlari
o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarni ma’lum bir aniq momentga holatini ifodalaydi.
Masalan, aholi soni, kassadagi pul qoldig’i va hokazo.
O’rganilayotgan hodisa va jarayonlarning dinamikasini miqdoriy tomondan baholashda quyidagi statistik ko’rsatkichlar
qo’llaniladi:
-
mutlaq qo’shimcha o’zgarish;
-
o’zgarish sur’ati;
-
qo’shimcha o’zgarish sur’ati;
-
bir foiz o’zgarishning mutlaq mohiyati.
Dostları ilə paylaş: