525
20-mavzu:
Yuk tashuvchi tashkilotlar ishini tashkil qilish
Reja
1
Yuk tashishni tashkil qilish.Boshlang‘ich tovar-transport hujjatlari
2
Yuk tashuvchi tashkilotlar ishini tashkil qilish
3
Yo‘l varaqalarini to‘ldirish
Avtomobil transportida yuk tashishni tashkil
qilish murakkab jarayon
hisoblanadi. Yuk tashishni tashkil etish oldindan tuzilgan yillik va chorak rejalari
asosida amalga oshiriladi. Yuklarni tashishni tashkil qilish o‘z ichiga tashishga
tayyorgarlik ko‘rish va tashishni boshqarish, nazorat qilish, hujjatlarning aylanishini,
yuk tashish hisobi va hokazolarni oladi. Tashishni tashkil
qilish darajasi tashish
jarayoni sifatiga bog‘liq bo‘ladi.
Avtotransport korxonalari bilan buyurtmachi tashkilotlar o‘rtasida munosabatlar
ta’sir qilayotgan asosiy me’yorlashtirilgan dalolatnomalar bilan boshqarilib boriladi
va bu munosabatlar tashish shartnomasida aks ettiriladi. Yuk tashishni tashkil qilish
qoidalari avtomobil transporti ustavida belgilangan bo‘ladi.
Avtomobil transportilarning ishi tonna va tonna kilometrda hisoblanadi. Ayrim
holatlarda tashishlar vaqtbay tarifda ishlovchi avtomobil transportilarda bajariladi.
Yuk tashishlar sharnomaga asosan buyurtmalar berish yo‘li bilan hisob yo‘l varaqasi
va tovar -transport hujjatlarida yuritiladi. Amalda yo‘l varaqasining 4-i
raqamli
(ishbay); 4-v raqamli (vaqtbay); 4-sh raqamli (shaharlararo) shakllaridan
foydalaniladi.
Yo‘l varaqasining 4-i; 4-v; 4-sh shakllari ishbay va vaqtbay ta’riflarda
bajarilganda, 4-sh shaklidan shaharlararo yuk tashilganda qo‘llaniladi. Yo‘l varaqasi
tovar-transport hujjati bilan birgalikda avtomobil transporti va haydovchining ishini,
ish haqini yuk tashish hisoblarini aniqlovchi birlamchi asosiy hujjat bo‘lib
hisoblanadi.
Tovar-transport hujjatiga asosan yuklar rasmiylashtiriladi. Ba’zi hollarda yuk
tovar xarakteriga ega bo‘lsa, tovartransport hujjati 2 nusxada yoziladi. Bu hujjatning
1-nusxasi yuk jo‘natuvchida qoladi,
2-nusxasini haydovchi yuk
qabul qiluvchiga topshiradi, 3-nusxa avtotransport
korxonasida buyurtmachi tashkilot bilan hisob-kitob qilishda asos sifatida qoladi, 4-
nusxa va bajarilgan transport ishining hisobi maxsus
hujjatga rasmiylashtirilib,
birgalikda buyurtmachi tashkilotga qaytalrib beriladi.
Amalda tovar-transport hujjatining 1-t va 2-tsh sonli shakllaridan foydalaniladi.
Tovar-transport hujjatining 2-tsh sonli shakli yuk avtoshohbekatlari tomonidan
shaharlararo yuk tashishda qo‘llaniladi. Avtomobil transporti ishini tashkil qilish
tizimida tashish va boshqa yordamchi ishlarni bajaruvchi barcha bo‘lim va bo‘linma
ishlari muvofiqlashtiriladi. Tashish ishlari rejaga asosan va boshqarishni tashkil etish
hujjatlari talablari asosida bajarilishi lozim. Boshqarishni
tashkil etish hujjatlari
526
avtomobil transporti korxonalari va mijozlar orasidagi o‘zaro munosabatlarni
belgilaydi. Bunday hujjatlar qatoriga o‘zbekiston avtomobil transporti ustavi va uning
ilovalari, «yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari», «avtomobil transporti korxonasi
nizomi», shaharlararo yuk
avtomobillari harakat grafigi, shaharlararo yuk tashishni
tashkil qilish qoidalari va boshqalar kiradi.
Avtomobil transporti korxonasi ustavi yuk jo‘natuvchi va yuk qabul
qiluvchilarning o‘zaro munosabatini belgilovchi hujjat bo‘lib, quyidagi bo‘limlardan
iborat;
1. Umumiy qoidalar.
2. Korxonaning maqsadi va vazifalari.
3. Korxonaning mulki.
4. Xo‘jalikning moliyaviy-ijtimoiy faoliyati, korxona foydasi.
5. Korxona mustaqilligi.
6. Korxonani boshqarish.
7. Korxonani tugatish va qayta tashkil qilish.
Avtotransport korxonalarining asosiy maqsadi: xalq xo‘jaligi
va aholining
avtotransport xizmatiga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘z vaqtida yuqori saviyada to‘la
qondirishdan iborat. Bozor munosabatlaridagi xizmatlar marketingiga asoslanib
ishlab chiqarishni rivojlantirish istiqbolini belgilash, ishchi-xodimlarning
ijtimoiy
sharoitlarini yaxshilash muhim ahamiyatga ega. Ishlab chiqarishni yanada
rivojlantirish maqsadida uni zamonaviy texnika vositalari bilan ta’minlash kerak.
Dostları ilə paylaş: