537
21-mavzu: Avtomobil transporti korxonalarining tadbirkorlik
faoliyatini boshqarish
Reja
1.
Kichik beznis va tadbirkorlik korxonalari tashkil etish va davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish tartibi
2.
Kichik biznes sub’ektlarini bank, soliq va moliya muassasalaridanro‘yxatdan
O‘tkazish tartibi
3.
Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalarigalitsenziya berish tartibi
4.
Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarishning maqsadi va vazifalari
Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalarini tashkil
etish bir necha bosqichdan
iborat. Ushbu bosqichlarning ketma-ketligi 1-rasmda aks ettirilgan.
Yangi korxonani tashkil qilishda ta’sischilar tarkibi belgilanib, ta’sis hujjatlari,
ya’ni korxona nizomi, korxonani tashkil etish haqidagi ta’sischilar shartnomasi va
boshqa me’yoriy hujjatlar ishlab chiqiladi. Shu bilan bir qatorda korxona rahbari va
taftish komissiyasi raisini tayinlash haqida ishtirokchilar majlisining 1-sonli
bayonnomasi rasmiylashtiriladi. So‘ngra bankda vaqtinchalik hisob raqami ochiladi.
Birja, auditorlik firmalari va chet el sarmoyasiga ega bo‘lgan korxonalar esa
O‘zbekistan Respublikasi adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tadi.
Korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi
vakolatli
organlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
538
- korxonani ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida ta’sischilarning arizasi;
- notarial idoralari tomonidan tasdiqlangan ikki nusxadagi ta’sis hujjatlari
(korxona nizomi, korxonaning ta’sis shartnomasi);
- korxona manzilini tasdiqlovchi hujjat;
- davlat bojini to‘laganligi to‘g‘risida bankdan berilgan hujjat;
- hokimiyatning vakolatli organlari tomonidan korxonaning nomlanishi
to‘g‘risida
berilgan guvohnoma;
- muhr va tamg‘aning uch nusxadagi namunasi.
Korxona mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralariga zarur hujjatlarni ilova
qilib, ariza topshirgan paytdan boshlab, uzog‘i bilan 7 ish kunidan 30 ish kunigacha
bo‘lgan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. Korxonaning davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi
yagona davlat reestriga kiritish uchun 10 kun muddat
ichida davlat statistika
qo‘mitasiga xabar qilinadi. Korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab
tashkil etilgan hisoblanadi.
Davlat
ro‘yxatidan
o‘tkazilgan korxonaga: hokimiyatning korxonani
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi qaroridan ko‘chirma nusxasi,
hokimiyat ro‘yxatidan o‘tkazilgan va tasdiqlangan korxona nizomi hamda
korxonaning
ro‘yxatdan
o‘tkazilganligi
to‘g‘risidagi
davlat
orderi
topshiriladi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan va tadbirkorlik
faoliyatiga ruxsat
etilgandan so‘ng korxona rahbariyati:
- dumaloq muhr va tamg‘aga buyurtma berishi;
- bankda hisobvarag‘i ochishi;
- soliq inspektsiyasidan ro‘yxatdan o‘tkazishi;
- aholini ijtimoiy himoyalash fondidan ro‘yxatdan O‘tkazishi;
- bandlik markazidan ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak.
Dumaloq muhr va tamg‘ani tayyorlatishga buyurtma berishdan oldin korxona
rahbari korxona joylashgan tumandagi ichki ishlar bo‘limiga, korxonaning ro‘yxatdan
o‘tkazilganligi haqidagi hokimiyat qaroridan ko‘chirma, hokimiyat tasdiqlagan ikki
nusxadagi muhr va tamg‘a chizmalarini taqdim etishi kerak.
Ichki ishlar bo‘limi ruxsatni alohida xat ko‘rinishida beradi. Chizmalar esa
kerakli yozuvlar bilan ma’qullanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: