Shartnoma predmeti Tashuvchi unga joʻnatuvchi tomonidan ishonib topshirilgan, ushbu
shartnomaning 1.2-bandida nazarda tutilgan yukni, ushbu shartnomaning 1.3-bandida
nazarda tutilgan joyga eltib koʻyish va ushbu shartnomaning 1.4-bandida
koʻrsatilgan, uning yukni olish vakolatiga ega boʻlgan shaxsiga berish majburiyatini
oladi, joʻnatuvchi esa yukni tashiganlik uchun ushbu shartnomaning 3-bandida
belgilangan yoʻl (kira) haqini toʻlash majburiyatini oladi.
Ushbu shartnomada yuk deganda, keyingi oʻrinlarda “yuk” deb yuritiladigan
tashilayotgan yukning nomitushuniladi. Yukning umumiy massasi tashilayotgan
yukning og‘irligini tashkil etadi.
Ushbu shartnoma boʻyicha yuk yetkaziluvchi joy, keyingi oʻrinlarda
“tayinlangan joy” deb yuritiladigan yuk tashuvchi tomonidan yukni yetkazib berish
joyi dir.
Yukni olish vakolatiga ega shaxs, keyingi oʻrinlarda “oluvchi” deb yuritiladigan
yukni olish vakolatiga ega shaxs lavozimi va f.i.o.sidir. Oluvchining vakolatlari
joʻnatuvchi tomonidan tashuvchiga taqdim etilgan quyidagi hujjatlar bilan
tasdiqlanadi: yukni oluvchi shaxsning yukni olishini tasdiqlovchi hujjatlari
Yukni berish joyi, keyingi oʻrinlarda “berish joyi” deb yuritiladigan yuk
tashuvchi tomonidan tashilishi lozim bo‘lgan yuklarni qabul qilib olish joyi dir.
Taraflarning majburiyatlari Tashuvchining majburiyatlari: yukni tashishni amalga oshiradigan transport
vositalarining turi va miqdorini belgilash;
. Yukni yuklash uchun yukni avtomashinalarga yuklash uchun belgilangan kun
(muddat) dan kechiktirmay ushbu yukni tashish uchun yaroqli boʻlgan, soz va
sanitariya talablariga javob beradigan avtomashinalarni keltirish;
Berish joyida yukni avtotransportga yuklash muddati davomida yukni yuklash;
Tayinlangan joyda yukni avtotransportdan tushirish muddati davomida yukni
tushirish;
Yukni yukni belgilangan joyga yetkazib berish muddati dan kechiktirmasdan
tayinlangan joyga eltish va oluvchiga berish;
Yukni tayinlangan joyga transport ustavlari va kodekslarida belgilangan
tartibdagi muddatda eltib berish.
Joʻnatuvchining majburiyatlari:
Transport vositalari berish joyiga yetib kelgunga qadar yukni tashishga
tayyorlab qoʻyish (idishlarga joylash, yukni tashish hujjatlari, yukni yuklash va
tushirish joylariga avtomashinaga oʻtish huquqini beruvchi ruxsatnomalar va
hokazolarni tayyorlab qoʻyish);
Yukni yuklash oldidan transport vositalarining shu yukni tashishga yaroqliligini
tekshirish;
594
Oluvchi tomonidan ushbu shartnomaning 2.1.5-bandida belgilangan muddatda
yukning qabul qilib olinishini taʼminlash.