Yuqoridagi 40 ta so’zni TOG usuli orqali bog’lab, yodlab ko’rdingiz degan
umiddaman. Agar so’zlarni yodlamagan bo’lsangiz, to’xtang
va ortga qaytib
yodlang!
Yodlab bo’ldingizmi? U holda o’qishda davom etishingiz mumkin.
Xorijiy so’zlarni yodlash taktikasi.
Ko’pchilik xorijiy so’zlarni yodlashga o’tiradi va 5 daqiqa shug’ullanganidan
so’ng, chalg’ib so’z yodlagisi kelmay qoladi. Shu narsani oldini olish maqsadida biz
hozir sizga dangasalikni yengish uchun sifatli qurol, “Pomidor” usulini berib
o’tamiz. Hozir metod haqida batafsil ma’lumot berib o’tamiz. Ushbu metodni
istalgan ishni bajarish uchun ishlatish mumkin, jumladan xorijiy so’zlarni yodlashga
ham.
Pomidor metodi 1980-yillarda Franchesko Chirillo
ismli talaba tomonidan
o’ylab topilgan bo’lib, dangasalikni yengishdagi eng samarali va mashhur
usullardan biri hisoblanadi.
Pomidor usulini ishlatish algoritimi quyidagicha:
1-qadam.
Chalg’ituvchi omillardan xalos bo’lish.
Bu bosqichda barcha
chalg’ituvchi omillar bartaraf qilinishi lozim. Chalg’ituvchi omillarga oila a’zolari,
telefon, shovqin va shu kabi ish jarayonida sizni chalg’ishga sabab bo’luvchi
narsalar kiradi. Bu bosqichda uydagilar ogohlantiriladi, telefonlar o’chiriladi yoki
avtopilot rejimiga qo’yiladi. Chunki bu usulning asosi konsentratsiyani bir joyga
jamlab ishlash hisoblanadi. Ushbu bosqich o’ta muhim.
Hayotning shunday bir
achchiq haqiqati bor: bo’sh vaqtingizda, sizni hech kimga keragingiz yo’q, ammo
endi nimadir qilaman deganingizda hammaga kerak bo’lib qolasiz.
Dostları ilə paylaş: