Yuqoridagi so’zlar Finlandiya tilidagi so’zlar, bular haqiqatda bor. Tag’in
hayolga kelgan so’zlar yozilgan deb o’ylamang. Agar yuqoridagi so’zlarga obraz
topib bo’lgan bo’lsangiz, shunga ketgan vaqtni belgilab qo’ying. Endi sizga chek-
listga yangi indicator qo’shamiz: “20 ta so’zga obraz topish”. Buni chek-listning
indikator bo’limiga kiriting. Ushbu mashqni har kuni bajaring. Vaqtini esa chek-
listga kiritib boring. Unutmang, bu mashqda faqatgina tezlik muhim. Quyida yana
bir bor shug’ullanishingiz uchun 10 ta so’z qoldiriladi. Ularga ham tezlikka obraz
topishga harakat qiling:
1. perifeerinen
2. perhe
3. kaulus
4. jousitus
5. kykenemätön
6. pääosa
7. idealistinen
8. taajuus
9. kohtelias
10. kipu
Yana bir muhim narsani eslatib o’tamiz, siz topgan obrazingiz hamma uchun
tushunarli bo’lishi shart emas, faqatgina uni o’zingiz tushunsangiz yetadi. Misol
tariqasida ingliz tilidagi Bargain (savdolashmoq) so’zini olsak, ushbu so’zga hamma
biladigan obrazni topish mushkul, lekin siz mobil o’yinlar o’ynagan bo’lsangiz,
undagi qahramonlardan ham foydalanishingiz mumkin. Misol uchun Bargan ismli
o’yin qahramoni Bargain so’ziga o’ta mos tushadi, ammo Bargan kimligini, qaysi
o’yin qahramoni ekanligini hech kim bilmaydi. Boshqalar bilishi ham shart emas,
o’zingiz bilsangiz va tasavvur qila olsangiz yetadi.
20 ta so’zga obraz topish mashqini har kuni 1 marta qilishingiz kerak. Ko’proq
ham bajarish mumkin, lekin bu talab etilmaydi. Obraz topish mashqida siz o’zingiz
har xil so’zlar topishingiz kerak. O’zingiz bilmaydigan so’zlarni topishning eng oson
usullaridan biri, o’zingiz bilmagan tildagi kitobni toping va undagi 20 ta turgan
so’zlarni tanlab olib obraz toping. Shunday qilib 1 ta xorijiy tildagi kitobda bor
so’zlarni 1 yilgacha yetqazishingiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: