Tog usuli. Guidebook. Kirish



Yüklə 330,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/17
tarix07.01.2024
ölçüsü330,46 Kb.
#204973
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
TOG o\'quv qo\'llanma

 
 
Ebbinhaus unutish yoyi. 
1850-yilda nemis psixologi Herman Ebbinhaus ma’lumotni unutish tezligini 
aniqlashga qaror qildi. Buning uchun u quruq takrorlash orqali ikkita undosh va 
ularning orasida bitta unli harfdan iborat ma’nosiz bo‘g‘inlarni yodlab ko‘rdi (gov, 
tab, mos, tich, shil va h.k.). 
Ikki yil davom etgan ushbu tajribaning natijasi shu bo‘ldiki, birinchi bexato 
takrorlashdan keyin unutish juda tez bo‘ladi – birinchi 20 daqiqa ichida biz hamma 
ma’lumotning taxminan 40 %ini yo‘qotamiz. Bir soatdan so‘ng taxminan 60 %i 


yo‘qoladi, agar ma’lumot bilan hech nima qilmasangiz, bir sutkadan keyin 
miyangizda undan 33-35 %dan ortiq qolmaydi. 
Ebbinhaus tadqiqotlariga asoslangan holda shunday xulosa qilish mumkin: 
agar xotirangizda nimanidir uzoqroq saqlab qolmoqchi bo‘lsangiz – takrorlang. 
Takrorlashning eng oddiy va eng yaxshi usullaridan biri – amaliyotda qo‘llash. 
O‘qidingiz va qandaydir yangi va 
foydali narsani o‘rgandingiz – 
ma’lumotni yodlashni o‘zingizning 
tajribangiz orqali yodlang va yodda 
saqlab qolishning rejasini tuzing. 
Agar 
yangi 
o‘rgangan 
bilimlaringizni amaliyotda qo‘llay 
olmasangiz, 
lekin 
shu 
bilan 
birgalikda siz o‘sha ma’lumotni 
yodlab 
qolmoqchi 
bo‘lsangiz 
oraliqli takrorlash ususulidan foydalaning (OTU). 
Psixologlar Ebbinhaus unutish yoyiga asoslangan holda quyidagi takrorlash 
algoritmini taklif etishadi. 

Birinchi takrorlash ma’lumotni yodlashingiz bilanoq amalga oshiriladi. 

Ikkinchisi – birinchi takrorlashdan so‘ng 20 daqiqa o‘tib. 

Uchinchisi – Ikkinchi takrorlashdan so‘ng 1 kun o‘tib. 

To‘rtinchisi – uchinchi takrorlashdan so‘ng 2-3 hafta o‘tib. 

Beshinchisi – to‘rtinchi takrorlashdan so‘ng 2-3 oy o‘tib. 
Bundan ko’rinib turibdiki, ma’lumot o’rganilgandan keyin qanchalik ko’p 
vaqt o’tsa, shuncha kam qismi esda qoladi. Ebinhaus tadqiqotidan shunday xulosa 
olishimiz mumkin. Ma’lumotni birdaniga ko’p takrorlash emas, kam-kam, lekin tez-
tez takrorlash eslab qolishga osonroq. Agar chakalakzordan bir marta o’tib, qayta 
o’tmasangiz yurgan izingiz yo’qolib ketadi. Lekin qayta-qayta o’taversangiz, yurgan 
izingiz kattalashib, yo’lakcha hosil bo’ladi va uzoq muddat yo’qolib ketmaydi. 
Miyamiz bilan ham huddi shunday jarayon sodir bo’ladi. Ma’lumotni qanchalik ko’p 
takrorlasangiz (albatta OTU bilan), shunchalik mustahkamlanadi. 
Albatta bu ma’lumotlardan biroz kayfiyatingiz tushgan bo’lsa kerak. 
Shoshilmang, bizda sizni xursand qiladigan yangilik ham bor. Unutish yoyini 
qisman yengish mumkin. Qanday qilib deysizmi? Quyida unutish yoyini yengish va 
qanday qilib kamroq takrorlash orqali ma’lumotlarni eslab qolish mumkinligini 
ko’rib chiqamiz. Tony Buzanning fikriga ko’ra, kognitiv psixologiyada quyidagi 7 
xil holatda ma’lumotlar uzoqroq esda saqlanar ekan: 
1. Eng birinchi ma’lumotlar yaxshiroq esda qoladi. 
2. Eng oxiridagi ma’lumotlar ham oson esda qoladi. 
3. Siz oldingi bilgan ma’lumotlaringiz bilan assotsiatsiya bo’lganlar. 
4. Fon Restorf effekti. Urg’u berilgan va ajralib turgan ma’lumotlar. 


5. Qiziqish ta’siri. Sizni qiziqtirgan ma’lumotlar. 
6. Besh hissiyotga yaqin bo’lgan ma’lumotlar. Bizda qandaydir hissiyot uyg’ota 
olgan ma’lumotlar uzoq vaqt xotiramizda qoladi. 
7. Ma’noli va mantiqiy qismlari.
TOG usuli bilan yodlangan ma’lumotlar ham Ebinhaus unutish yoyiga 
bo’ysunmaydi. Chunki, TOG usulida assotsiatsiya, tasavvur, emotsiya ishlatiladi. 
Bular so’zlarni uzoq muddat esda qolishiga sabab bo’ladi. Ammo, bu bir martada 
esda qoladi degani emas. Umuman olganda, TOG usuli bilan yodlangan so’zlarni 
qancha vaqt esda qolishi, so’zni qanday yodlaganingizga bog’liq. Agar 
assotsiatsiyani kuchli, noodatiy va yaxshi tasavvur qilgan bo’lsangiz, bitta 
urinishning o’zida so’zni esdan chiqmaydigan qilib yodlashingiz mumkin. Agar 
yaxshi tasavvur bilan assotsiatsiya qilmagan bo’lsangiz, yoki juda oddiy bo’lib 
qolgan bo’lsa, bir necha kundan so’ng esingizdan chiqib qolishi ham mumkin. 

Yüklə 330,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin