Quyida flesh kartalardan qanday foydalanishni ko’rib chiqamiz.
Buning
uchun bizga 3ta quticha va flesh kartochkalar kerak bo’ladi.
Birinchi qutini “Yodlash kerak” deb nomlaymiz va unga yodlanishi kerak
bo’lgan so’zlarni solamiz.
Ikkinchi qutini esa, “Yodlangan” deb nomlab, unga yodlagan so’zlarimizni
solib qo’yamiz.
Uchinchi quti esa, “Muammoli so’zlar” qutisi bo’lib,
u qutiga esda qolishi
qiyin bo’layotgan, obraz topa olmagan yoki har safar esdan chiqib qoladigan
so’zlarni solamiz va ular bilan alohida ishlaymiz.
Avvalambor, nechta so’z yodlamoqchi bo’lsangiz,
ana shuncha flesh
kartalarni qirqib, tayyorlab olasiz. Keyin, old tomoniga yodlamoqchi bo’lgan so’z
(masalan,
table (teybl)
)
va uning talaffuzi yoziladi. Orqasiga esa o’zbekcha tarjimasi
yoziladi.
Shu tarzda hamma so’zlarni yozib chiqqaningizdan so’ng, “Yodlash kerak”
qutisiga solinadi. Boshlanishiga har kuni 20 tadan so’z yodlash tavsiya qilinadi.
Chunki birdaniga ko’p so’z yodlash, bezish, tashlab qo’yish yoki dangalikka olib
kelishi shaxsiy tajribada ham ko’plab o’quvchilarda ham kuzatilgan. Har kuni
ertalab 20 ta yodlanadi va kechasi yotishdan avval bir marotaba takrorlab qo’yiladi.
Ertasi kuni yana 20 ta va hokazo shunday qilib, 100 ta bo’lganda, ya’ni 5 kundan
so’ng, “checking day”, ya’ni takrorlash kuni bo’ladi. Bu kuni siz 5 kun davomida
yodlagan 100 ta so’zingizni hammasini takrorlab olasiz. Bir oy mana shu tartibda
ishlanadi. Ikkinchi oydan so’zlarni 20 dan 40 tagacha oshirsangiz bo’ladi. Bunda
ham o’sha algoritm ishlaydi, ya’ni har 5 kunda “checking day” qilinadi. Har 1000,
2000, 3000 ta bo’lganda yana hamma so’zlarni bir boshidan takrorlab chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: