339
Raqamli iqtisodiyotga oid davlat siyosati
Reja:
1. Raqamli iqtisodiyotga oid me’yoriy-huquqiy asoslar
2. Davlat xizmatlari agentligining tashkil etilishi va faoliyati
3. AKT sohasidagi kadrlar siyosati
4. O‘zbekistonda raqamlashtirishning ustuvor yoʻnalishlari
2018-yil 5-sentabrda 707-sonli “Butunjahon internet tarmogʻida
axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan.
“Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni
96
ga
muvofiq, shuningdek, butunjahon Internet tarmogʻida axborot xavfsizligini
ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish, axborot sohasida shaxs,
jamiyat va davlat manfaatlarini muhofaza qilish maqsadida veb-saytlardan
va (yoki) internet sahifalaridan foydalanish maxsus vakolatli organi –
Oʻzbekiston
Respublikasi
Axborot
texnologiyalari
va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan quyidagi hollarda
cheklanishlar oʻrnatilgan:
Oʻzbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini,
hududiy yaxlitligini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga da’vat etish;
urush, zoʻravonlik va terrorizmni, shuningdek, diniy ekstremizm,
separatizm va fundamentalizm gʻoyalarini targʻib qilish;
davlat siri boʻlgan ma’lumotlarni yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan
boshqa sirni oshkor etish;
milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatuvchi, shuningdek,
fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obroʻsiga putur
yetkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yoʻl qoʻyuvchi
axborotni tarqatish;
giyohvandlik vositalari, ularning analoglari psixotrop moddalar va
prekursorlarni targʻib qilish;
pornografiyani targʻib qilish;
qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikka sabab boʻladigan
boshqa harakatlarni sodir etish.
96
http://lex.uz/uz/docs/-83472
259
Mazkur Qaror ilovalarida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi
bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud boʻlgan Internet tarmogʻi
veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifalaridan foydalanishni cheklash tartibi
toʻgʻrisida nizom va cheklash sxemasi tasdiqlangan.
“Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan
axborot mavjud boʻlgan Internet tarmogʻi veb-saytidan va (yoki) veb-sayt
sahifalaridan
foydalanishni
cheklash
tartibi
toʻgʻrisida”
NIZOM
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan
axborotga (keyingi oʻrinlarda taqiqlangan axborot deb ataladi) ega
butunjahon Internet tarmogʻi veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifalaridan
(keyingi oʻrinlarda Internet tarmogʻi axborot resurslari deb ataladi)
foydalanishni cheklash tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalanilgan:
Internet
tarmogʻi
barcha
axborot
resurslari
identifikatsiya
ma’lumotlari –noyob domen nomlari, Internet axborot tarmogʻida
identifikatsiyalashga imkon beradigan veb-sayt sahifalari koʻrsatkichlari va
tarmoq manzillari;
foydalanishni
cheklash –
foydalanuvchining
Oʻzbekiston
Respublikasi hududida muayyan Internet tarmogʻi axborot resursidan
foydalanishini toʻxtatishga doir tashkiliy va dasturiy-texnik chora-tadbirlar
majmuasi;
taqiqlangan axborot mavjud boʻlgan butunjahon Internet tarmogʻi
axborot resurslari Reyestri (keyingi oʻrinlarda Reyestr deb ataladi) –
taqiqlangan axborot mavjud boʻlgan Internet tarmogʻi axborot resurslari
roʻyxati.
Internet tarmogʻi axborot resurslaridan foydalanishni cheklash
quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
taqiqlangan axborot mavjud boʻlgan Internet tarmogʻi axborot
resurslarini aniqlash;
taqiqlangan axborot mavjud boʻlgan Internet tarmogʻi axborot resursi
identifikatsiya ma’lumotlarini Reyestrga kiritish;
Internet tarmogʻi axborot resursidan foydalanishni cheklash.
2019-yil 21-oktabrda “Internet jahon axborot tarmogʻida milliy
kontentni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 888-sonli Qarori bilan
2019 – 2021-yillarda Internet jahon axborot tarmogʻida milliy kontentni
260
yanada rivojlantirish boʻyicha kompleks dastur tasdiqlandi. Ushbu
Dasturning maqsadi Internet jahon axborot tarmogʻida yoshlarda bilimlar
axborot makonini shakllantirish, dunyoqarashni kengaytirish va ijodiy
salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan ma’rifiy va foydali veb-resurslarni
yaratishni qoʻllab-quvvatlash boʻlib, u quyidagilarni nazarda tutadi:
birinchi – milliy veb-resurslar soni oʻsishi, shuningdek, ularni
Internet jahon axborot tarmogʻida ilgari surish va ommalashtirish uchun
shart-sharoitlar yaratish;
ikkinchi – davlat axborot veb-resurslarini, shu jumladan, rasmiy veb-
saytlarni rivojlantirish, Internet jahon axborot tarmogʻida davlat tuzilmalari
faoliyatiga doir matnli, foto-, audiovizual materiallar bankini tashkil qilish
va yuritish, davlat ommaviy axborot vositalarining ommaviy ijtimoiy
tarmoqlar va mobil messenjyerlardagi ishtirokini kengaytirish;
uchinchi – maktabgacha ta’lim, oʻrta va oliy ta’lim tizimlari uchun
elektron ta’lim resurslarini yanada takomillashtirish, shuningdek, mahalliy
va jahon ta’lim resurslariga kirish imkoniyatini ta’minlash;
toʻrtinchi – Internet jahon axborot tarmogʻida foydalanuvchilarning
intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga koʻmaklashadigan
zamonaviy veb-resurslarni shakllantirish, shuningdek, axborot makonida
Oʻzbekistonning tarixi, fani, madaniyati va san’atini targʻib qilishni
qoʻllab-quvvatlash;
beshinchi – axborot-kutubxona muassasalarining faoliyatiga axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish, foydalanuvchilarning
axborot-kutubxona
resurslariga,
mamlakat
arxiv
va
muzeylariga
masofadan kirishi imkoniyatini, ishlarning samarali tashkil etilishini va
ularga Internet jahon axborot tarmogʻida xizmat koʻrsatilishini ta’minlash;
oltinchi – Internet jahon axborot tarmogʻining global va milliy
segmenti rivojlanishi tendensiyalarini muntazam oʻrganib borish, Internet
jahon axborot tarmogʻida milliy kontentni rivojlantirish mexanizmlarini
takomillashtirish boʻyicha takliflarni shakllantirish, davlat-xususiy
sheriklikni joriy etish va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.
Oʻzbekiston
Respublikasi
Axborot
texnologiyalari
va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti
Administratsiyasi
huzuridagi
Axborot
va
ommaviy
kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda Dastur ijrosi monitoringi olib
borilishini ta’minlaydi.
261
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 9-
yanvar kuni davlat xizmatlari koʻrsatish samaradorligini oshirish
masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi. Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti sifatidagi faoliyatining ilk kunlaridan “Xalq davlat
idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan
gʻoyani ilgari surgan edi. Maqsad odamlarimizning ogʻirini yengil qilish,
har qanday qulayliklar yaratishdan iborat.
Buning uchun, avvalo, rasmiy idoralarga u yoki bu yumush bilan
murojaat qilgan aholining vaqti va mablagʻini tejash, ayniqsa, sarson-
sargardonlikka barham berish, qolaversa, korrupsiyani bartaraf etish
maqsadlarida davlat xizmatlari koʻrsatishning yaxlit, zamonaviy, ishonchli
tizimini yaratishga kirishildi.
Shu munosabat bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan
2017-yil 12-dekabr kuni “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy
tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmon qabul
qilindi. Unga muvofiq, Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari
agentligi tashkil etildi.
Hozirda mamlakatimiz boʻylab Agentlik tasarrufidagi Davlat
xizmatlari markazlari faoliyat yuritib kelmoqda. Oddiy odamlar uchun
qulay, koʻrkam boʻlgan 80 dan ortiq innovatsion binolar jismoniy va
yuridik shaxslarga xizmat qilib kelayotgan boʻlsa, bugungi kunda yana 94
ta shunday inshootlarni qurish ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, olis joylarga chiqish orqali (“mobil davlat
xizmatlari”) qulay va shaffof tarzda sayyor xizmatlar ham koʻrsatilyapti.
Bugungi kunga kelib, Davlat xizmatlari markazlari orqali “yagona
darcha” tamoyili asosida 130 turdan ziyod xizmatlar taqdim etilmoqda.
2017-yilda aholiga koʻrsatilgan xizmatlar soni 12 mingtani tashkil etgan
boʻlsa, 2019-yilda bu koʻrsatkich 13 milliontadan oshgan.
Eng koʻp murojaat qilinadigan 36 turdagi xizmatlar boʻyicha
hujjatlar soni 112 tadan 52 taga kamaytirildi, xizmat koʻrsatish muddati
280 kundan 126 kunga qisqartirildi.
Masalan, ilgari haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish
uchun pasport, tibbiy maʼlumotnoma, imtihon varaqasi, eski guvohnoma,
rasm va eng kam ish haqining 70 foizi miqdorida toʻlov talab qilingan.
Endilikda esa faqat uchta narsa: eski haydovchilik guvohnomasi va uning
taloni, bazaviy hisoblash miqdorining 70 foizi hajmida toʻlov kerak, xolos.
262
Oʻtgan yil 1-iyundan boshlab fuqarolarning yashash joyidan va
tashkilotlarning manzilidan qatʼi nazar, istalgan markaz orqali davlat
xizmatlari koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi. Bu esa odamlarga juda katta qulaylik
yaratib, sarsongarchilikdan xalos etdi.
Masalan, Toshkentdagi universitetga Nukusdan kelib hujjat
topshirish uchun kamida 2 million soʻm xarajat qilingan boʻlsa, hozirda
istalgan markazga murojaat qilish kifoya.
Joriy yilda ham bu boradagi ishlar davom ettirilib, 94 ta yangi
markaz barpo etilishini aksar hollarda xususiy sektor bilan sheriklikda
amalga oshirish rejalashtirilgan.
Davlatimiz rahbari bu dastlabki qadamlar ekani, aholiga qulayliklarni
yanada koʻpaytirish zarurligini taʼkidladi.
Avvalo, “yagona darcha” tamoyili toʻliq ishlashi uchun barcha davlat
xizmatlari toʻliq elektron shaklga oʻtkazilishi va maʼlumotlar
raqamlashtirilishi lozimligi koʻrsatib oʻtildi.
Hozirgi kunda davlat xizmati koʻrsatuvchi 80 ta idoradan atigi 27 tasi
Davlat xizmatlari agentligi bilan oʻzaro integratsiya qilingan. 53 idorada
maʼlumotlar raqamlashtirilmagan. Misol uchun, sogʻliqni saqlash,
ekologiya, qurilish, arxiv bilan bogʻliq davlat xizmatlari sohasida haligacha
elektron maʼlumot bazasi shakllanmagan.
Shunday maʼlumot almashinuvi yoʻqligi sababli 2019-yilda qurilish,
tabiiy gaz, issiq suv va ichimlik suvi taʼminoti borasida xizmat koʻrsatish
muddatlari buzilgan.
Shu
bois
yigʻilishda
Axborot
texnologiyalari
va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligiga
barcha idoralarning davlat xizmatlari bilan bogʻliq axborot tizimlari va
maʼlumotlar bazasini yaratish boʻyicha manzilli dastur ishlab chiqish
vazifasi topshirildi.
Elektron
davlat
xizmatlaridan
foydalanuvchilar
sonini
yil
yakunigacha kamida 5 baravarga oshirish, 2025-yilgacha toʻliq elektron
xizmat koʻrsatishga oʻtish maqsad qilib qoʻyildi.
Aholining 75 foizi internetga mobil qurilmalar orqali kirayotganini
inobatga olib, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining mobil
versiyasini ishga tushirish muhimligi qayd etildi. Uzoq hududlarda
yashaydigan aholiga qulayliklar yaratish maqsadida davlat xizmatlari
263
markazining 50 dan ortiq filialini tashkil etishni jadallashtirish zarurligi
taʼkidlandi.
Xorijiy tajribani qoʻllagan holda, odamlarga bir murojaat asosida
qoʻshimcha kompleks xizmatlar koʻrsatish hamda fuqaroning murojaatisiz
ham unga kerakli xizmat turlarini taklif qilish mumkinligi qayd etildi.
Misol uchun, farzand tugʻilishi bilan unga tugʻilganlikni qayd etish,
nafaqa belgilash, yashash joyiga roʻyxatga va tibbiyot muassasasiga
hisobga qoʻyish, bolalar bogʻchasiga navbat kabi xizmatlar biryoʻla taqdim
etilsa, ota-onalarga gʻoyat qulay boʻladi.
Yigʻilishda ushbu tizimni eksperiment tariqasida Toshkent shahrida,
keyinchalik boshqa hududlarda bosqichma-bosqich joriy etish yuzasidan
topshiriq berildi.
Prezidentimiz koʻplab xizmatlar uchun elektron raqamli imzo talab
qilinishi
odamlarga
qiyinchilik
tugʻdirayotgani,
ayniqsa,
bu
tadbirkorlarning eng ogʻriqli nuqtasi ekanini taʼkidladi.
Elektron raqamli imzodan kompyuter orqaligina foydalanish
mumkin. Tadbirkor roʻyxatdan oʻtish uchun soliq idorasi kaliti, bojxona
hujjatlari uchun bojxona kaliti va hisob raqami bilan ishlash uchun
bankning elektron raqamli imzosini olishi shart. Bu kalitlarni olish uchun
har bir idoraga alohida-alohida borib, uni xarid qilishi, tagʻin muayyan
muddatda yana mablagʻ sarflab yangilashi kerak.
Prezidentimiz
tomonidan
Axborot
texnologiyalari
va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga mutasaddi tashkilotlar bilan
birgalikda elektron raqamli imzo talab etiladigan xizmat turlari uchun
shaxsni tasdiqlashning muqobil, xavfsiz va sodda usullarini joriy qilish
vazifasi qoʻyildi. 2020 yil 1-iyulgacha hamma xizmatlar uchun yagona
boʻlgan elektron raqamli imzo ishlab chiqish boʻyicha topshiriq berildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida
2020 yil 8-iyun kuni axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish borasidagi islohotlar ijrosi boʻyicha taqdimot oʻtkazildi.
2020 yil 28-aprelda davlatimiz rahbarining “Raqamli iqtisodiyot va
elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori
qabul qilingan edi. Qarorda belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish
va koordinatsiya qilish uchun Bosh vazir maslahatchisi lavozimi joriy
etildi.
264
Sohadagi
maqsadlarga
zamonaviy
dasturchilar
tayyorlashni
jadallashtirish orqali erishish mumkin. “Bir million dasturchi” loyihasining
dastlabki bosqichida 62 mingdan ziyod oʻquvchi qamrab olinib, ularning 5
ming 400 nafariga malaka sertifikati berildi.
2020 yil 100 mingta va 2021-yilning birinchi yarmida yana 150
mingta oʻquvchini oʻqitish, talabalarning dasturiy taʼminot boʻyicha
malakasini oshirildi. 5-sinfdan oʻqitib kelinayotgan “Informatika” fanini
zamonaviy texnologiyalardan kelib chiqib takomillashtirish, ushbu fanga
“Bir million dasturchi” loyihasiga doir yoʻnalishlarni kiritish boʻyicha
koʻrsatmalar berildi.
Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot, “Elektron hukumat” xizmatlariga
talab kundan-kunga oshib bormoqda. Lekin hozirda 780 tur davlat
xizmatidan bor-yoʻgʻi 185 tasidan “elektron portal” orqali foydalanish
imkoni mavjud. Aksariyat tashkilotlarda ish jarayonini raqamlashtirish
faqat hujjat almashinuvini elektronlashtirish bilan cheklanib qolmoqda.
Shu bois “Elektron oʻqitish dasturi” orqali oʻqib, diplom olgan
dasturchilarni davlat va xoʻjalik muassasalariga IT mutaxassis sifatida
ishga olish zarurligi taʼkidlandi. Ular tashkilotlarning barcha faoliyatini
anʼanaviy elektron formatdan raqamli koʻrinishga oʻtkazishga masʼul
boʻladi.
Misol uchun, bugungi kunda kambagʻal oilalarga kredit va
subsidiyalar berish masalasini maxsus elektron dastur aniq mezonlar
asosida avtomatik ravishda belgilashi kerak.
Bosh vazir maslahatchisiga xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda,
tashkilotlarda ruxsat berish va qaror qabul qilish jarayonlarini elektron
formatga oʻtkazish boʻyicha konsepsiya ishlab chiqish topshirildi.
IT infratuzilmasini yaxshilash, aholi, ayniqsa, yoshlarning bu
boradagi savodxonligini oshirish davr talabidir.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligiga barcha hududlarda raqamli texnologiyalar boʻyicha kamida 100
ta oʻquv markazi ochish vazifasi qoʻyildi. Bu dargohlarda dasturlash
asoslari, elektron savdo va grafikli dizayn kabi yoʻnalishlar boʻyicha qisqa
muddatli oʻquv kurslari tashkil etiladi.
Soha mutaxassislariga sharoit yaratish masalalariga ham eʼtibor
qaratilmoqda. Oʻtgan yili Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari parki bunyod etilgan edi.
265
Andijon va Margʻilon shaharlarida mazkur IT parkning filiallari tashkil
qilindi. Poytaxtimizda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot
texnologiyalari maktabi hududida yana bir filial binosi qurilmoqda.
Joriy yil yakuniga qadar Guliston, Buxoro, Namangan, Nukus,
Samarqand, Urganch va Jizzax shaharlarida shunday filiallar tashkil etish
rejalashtirilgan.
Taqdimotda mutasaddilar mazkur IT parklar qurilishi, optik tolali
liniyalar qamrovi, mobil internet tezligi va sifatini oshirish ishlari
yuzasidan axborot berdi.
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha
tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni
saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar
amalga oshirilmoqda.
Xususan, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy
mahsulotlar va axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada
rivojlantirish, respublikaning barcha hududlarida IT-parklarni tashkil etish,
shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan ta’minlashni ko‘zda tutuvchi
220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish boshlangan.
Bundan
tashqari,
40
dan
ortiq
axborot
tizimlari
bilan
integratsiyalashgan geoportalni ishga tushirish, jamoat transporti va
kommunal infratuzilmani boshqarishning axborot tizimini yaratish,
ijtimoiy sohani raqamlashtirish va keyinchalik ushbu tajribani boshqa
hududlarda joriy qilishni nazarda tutuvchi “Raqamli Toshkent” kompleks
dasturi amalga oshirilmoqda.
Respublikada raqamli industriyani jadal rivojlantirish, milliy
iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, 2017
– 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat
dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Axborot
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan
manfaatdor vazirlik va idoralar, biznes hamjamiyati va ilmiy doiralar
vakillari hamda xorijiy ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan “Raqamli
O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ma’qullanib, 2020 – 2022-yillarda
266
hududlarni va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish dasturlari
tasdiqlandi.
Bunda, 2020–2022 yillarda hudud va tarmoqlarni raqamli
transformatsiya qilish doirasida:
aholi punktlarini Internet tarmog‘iga ulash darajasi, shu jumladan
keng polosali ulanish portlarini 2,5 milliongacha ko‘paytirish, 20 ming
kilometr optik-tolali aloqa liniyalarini qurish va mobil aloqa tarmoqlarini
rivojlantirish orqali 78 foizdan 95 foizga yetkaziladi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning turli sohalarida 400
dan ortiq axborot tizimlari, elektron xizmatlar va boshqa dasturiy
mahsulotlar joriy etiladi;
587 ming nafar kishini, shu jumladan “Bir million dasturchi” loyihasi
doirasida 500 ming nafar yoshlarni qamrab olish orqali kompyuter
dasturlash asoslariga o‘qitish tashkillashtiriladi;
iqtisodiyotning real sektori tarmoqlaridagi korxonalarda boshqaruv,
ishlab chiqarish va logistika jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha 280
dan ortiq axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar joriy etiladi;
hududlarda hokimlar, davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining
raqamli
savodxonligini
va
malakasini
oshirish,
ularni
axborot
texnologiyalari va axborot xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish uchun tegishli oliy
ta’lim muassasalari biriktiriladi hamda ularning 12 ming nafar xodimi
axborot texnologiyalari sohasida o‘qitiladi.
2020 – 2022-yillarda “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini
amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan “yo‘l xarita”si quyidagilarni
nazarda tutadi:
a) elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha:
2021-yil 1-yanvardan boshlab tajriba tariqasida “Raqamli Toshkent”
kompleks dasturi doirasida jismoniy shaxsga identifikatsiya ID-kartasini
berishda davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro elektron
munosabatlarni yo‘lga qo‘yish uchun uning shaxsiy kabineti
shakllantiriladi;
2021-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Ochiq
ma’lumotlar portalida davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat
xaridlarini amalga oshirish, patentlar, dori vositalari va tibbiy buyumlarni
ro‘yxatga olish, jamoat transporti harakati, yer resurslaridan foydalanish va
267
boshqa umumfoydalanishdagi statistik ma’lumotlar onlayn rejimda
joylashtirib borilishi ta’minlanadi;
2021-yil 1-avgustdan boshlab jismoniy va yuridik shaxslarga barcha
belgilangan davlat bojlari, yig‘imlar, jarimalar va boshqa majburiy
to‘lovlarni elektron to‘lov tizimlaridan foydalangan holda onlayn rejimda
to‘lash imkoniyati taqdim etiladi;
b) raqamli industriyani rivojlantirish bo‘yicha:
2020-yil 1-noyabrdan boshlab Dasturiy mahsulotlar va axborot
texnologiyalari
texnologik
parki
rezidenti
maqomini
axborot
texnologiyalariga o‘qitish, apparat-dasturiy vositalarni ishlab chiqish va
realizatsiya qilish, robototexnika, Internet tarmog‘i orqali axborot
xizmatlarini eksport qilish, shuningdek, ma’lumotlarni saqlash va hisoblab
qayta ishlash sohasida xizmat ko‘rsatadigan O‘zbekiston Respublikasi
rezidenti hisoblangan yuridik shaxslar olishi mumkin bo‘ladi;
2022-yil 1-yanvarga qadar masofadan kredit mahsulotlarini
realizatsiya qilish, omonatlar va hisob raqamlarni ochishni o‘z ichiga olgan
keng turdagi onlayn xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlash orqali tijorat
banklarining raqamli transformatsiyasi yakuniga yetkaziladi;
v) raqamli ta’limni rivojlantirish bo‘yicha:
2021-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolar tomonidan tizim boshqaruvi,
ma’lumotlar bazasi va “bulutli” platformani boshqarish, axborot
xavfsizligini ta’minlash va boshqa talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda
xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismini
qoplash tizimi joriy etiladi;
2021-yil 1-sentabrga qadar har bir tuman va shaharda mavjud
infratuzilma obyektlari negizida keng aholi qatlamlari, ayniqsa yoshlar va
ayollar uchun raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari ochiladi;
2023-yil
yakuniga
qadar
barcha
tuman
va
shaharlarda
o‘quvchilarning ijodiy rivojlanishi va kompyuter dasturlash asoslarini
o‘rganishi uchun mavjud ta’lim muassasalari negizida 200 dan ortiq
informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga
ixtisoslashtirilgan maktablar bosqichma-bosqich tashkil etiladi;
g) raqamli infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha:
2022-yil yakuniga qadar har bir aholi punkti 10 Mbit/sdan kam
bo‘lmagan ma’lumotlarni uzatish tezligidagi Internet tarmog‘iga ulanish
imkoniyati bilan ta’minlanadi;
268
2022-yil 1-yanvarga qadar barcha mashhur sayyohlik joylari yuqori
tezlikdagi Internet bilan ta’minlanadi.
Dostları ilə paylaş: |