‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/184
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#205063
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   184
61aef8397723d3.50813536

«Merkantilizm 
to‘g‘risidagi mulohazalar» 
va 
«Bandlik, 
foiz va
pulning umumiy nazariyasi» 
(1936) nomli asarlarida merkantilizmning 
ayrim g‘oyalarini qo‘llaydi, unda «
amaliy donolik» kurtaklari borligi
ta ’kidlanadi. Eksportning importdan ko(pligi, oltinlaming oqib kelishi
esa pulga taklifni kuchaytirib, foiz stavkalarini pasaytiradi va shu bilan
investitsiya va bandlikni rag batlantiradi.
Keyns shulami 
«merkantilizm
doktrinasidagi ilmiy haqiqat uruglari»
deb ataydi.
Umuman, J.M. Keyns mavjud sharoitlarda klassik maktab aqidalari 
ish bermasligini ta’kidlaydi. Hozirgi til bilan aytganda, bozor muno­
sabatlari avtomatik ravishda barcha ziddiyatlami hal eta olmaydi, shu 
sababli davlatning iqtisodiyotda faol ishtirok etishi taklif etiladi (bular 
haqida to‘la ma’lumot maxsus boblarda beriladi).
Keyns o‘zini merkantilistlar bilan yaqinlashtiruvchi to‘rt sohani 
berdi:
1. Merkantilistlar mamlakatdagi pul massasini oshirishga intilib, ssuda 
foizini pasaytirish va investitsiyalami rag'batlantirishni o‘ylaganlar.
2. Merkantilistlar baholar oshuvidan qo‘rqmaganlar va yuqori baholar 
savdo va ishlab chiqarishni kengaytirishni rag‘batlantiigan. Keynsning 
fikricha, «mo‘tadil inflatsiya» iqtisodiy faollikni qo‘llab-quwatlaydi.
3. Merkantilistlar «pulning yetishmasligi ishsizlikning sababchisi 
ekanligi» to‘g‘risidagi tushunchaning asoschilari bo‘lganlar.
Keynsning fikricha, bank va davlat budjeti kamomadini kredit eks- 
pansiyasini oshirish yo‘li bilan pul miqdorini oshirish ishsizlikka qarshi 
kurashishda muhim qurol bo'lishi mumkin. Ishsizlik bir qancha obyektiv 
sabablaiga bog‘liq edi, masalan agrar sohada u ko'pincha mavsumiy 
edi, ya’ni qishloq xo'jaligi ishlarining tugashiga yoki kam hosilli yillarga 
to‘g‘ri keladi. Hatto sanoatda ham bu holat qayd etiladi, ya’ni daiyodagi 
qishki muzlar yoki bahoigi toshqinlar suv tegirmonlarini to‘xtatib 
qo‘yganidek;
4. Merkantilistlar o‘z siyosatlarining milliy xarakteri va uning urush- 
lar ochish yo'nalishini ochiqdan-ochiq namoyon qiladilar. Keyns


proteksionizm mazkur mamlakatda ishsizlik muammosini hal etishga 
yordam bera oladi, deb hisoblagan va iqtisodiy millatchilik tarafdori bo‘lgan.
Bunga yana bir masalani, beshinchi moddani ham qo'shmoq kerak, 
chunki davlat bu holatda iqtisodiyotda muhim rol o'ynaydi. Buni Keyns 
o‘z-o‘zidan ravshan narsa deb tushungan bo‘lsa ehtimol.
Ma’lumki, asrimizning 60-70 - yillari mustamlakachilik tizimining 
yemirilishi va ko‘plab yangi mustaqil davlatlaming vujudga kelish davri 
hisoblanadi. Bu davrda «nomerkantilizm» g'oyalari ilgari surilgan. 
Rivojlanayotgan davlatlaming ko‘pchiligida iqtisodiyotda davlat sektorining 
kattaligi, xalq xo‘jaligida reja va dasturlar mavjudligi, milliy sanoatni bojxona 
tariflari bilan himoya qilish va boshqa choralar «nomerkantilistik» 
hisoblanadi. Ikki tomonlama savdo shartnomalari, davlat zayomlari yo‘li 
bilan industrializatsiyani moliyalash, baholami tartibga solish va 
monopoliyalar daromadini cheklash ham shu ta’limotga to‘g‘ri keladi.
90-yillarda boshlangan, ilgarigi sotsiaUstik rivojlanish yo'lidan 
borayotgan davlatlaming bozor munosabatlariga o‘tish davridagi 
iqtisodiy siyosati ham ko‘p jihatdan yuqorida keltirilgan holatlarga 
juda o'xshashdir. Ayniqsa, tadrijiy (evolutsion) yo'lni tanlagan 
davlatlarda bu siyosat ancha kuchlidir (bu to‘g‘rida kerakli ma’lumotlar 
mazkur boblarda beriladi). Shu sababU merkantilizm ta’limotini har 
tomonlama o‘rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin