da tahsil ko'rdi. U juda qobiliyatli talaba bo‘lgan, 1647-yilda nusxa ko‘chi-
radigan mashinani (kseroks) ixtiro qildi, 1649-yilda fizika doktori ilmiy
darajasiga ega bo‘ldi. U dengizchi, vrach sifatida ham ishladi. Petti, shu
bilan birga, yirik yer egasi ham edi, u yirik ingliz lendlordlar (yirik yer
egasi) sulolasining asoschisi bo‘lib qoldi. 1652-yilda Kromvel hukumati-
ning topshirig‘iga ko£ra Iriandiyaning «yer obzori» (kadastri)ni o'tkazdi.
U XVII asrdagi Angliya buijuaziya inqiloblaridan keyin kuchaygan
ingliz tadbirkorlar mafkurachisi sifatida tanildi. U tadbirkorlar mulkini,
ya’ni xususiy mulkni «muqaddas» va «daxlsiz» deb bildi va uni turlicha
yo‘llar bilan himoya qildi. Ish haqini cheklash tarafdori sifatida ishchilarga
fizik jihatdan minimum haq to‘lash, shu bilan birga, yangi sinfning
boyishiga yordam berishni qo'lladi. U mehnatning kapital tomonidan
ekspluatatsiyasini yoqlab chiqdi. Shuningdek, Angliyaning
mustamlakachilik siyosatini ham qonuniy deb hisobladi. V.Petti kapitalga
soliq solishga qarshi edi, chunki bu ishlab chiqarishni cheklashi mumkin
edi. Shu bilan birga, u mehnatkashlaming daromadlaridan soliq olish
tarafdori edi. U iqtisodiy muammolarga bag‘ishlangan
Dostları ilə paylaş: