‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


asosiy va aylanma kapital



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/184
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#205063
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   184
61aef8397723d3.50813536

asosiy va aylanma kapital 
haqidagi tushuncha- 
ning boshi edi. Fiziokratlar (F.Kene) boshlang'ich va yillik avans 
(bo‘nak) tushunchalarini dehqonchilik kapitaliga nisbatan qo‘llagan 
bo‘lsalar, Smit asosiy va aylanma kapitalni sohasidan qat’i nazar, 
amaldagi barcha kapitalga xos deb tushuntiradi. Ammo u aylanma kapital


deganda tovar va pul kapitalini xato tushungan (bu muomala sohasiga 
xos kapital). Bu kapitalni hosil qiluvchi moddiy elementlarga sotuvchilar 
qo‘lidagi oziq-ovqat, materiallar va tayyor buyumlar hamda ko‘rsatil- 
gan taqsimlash va muomalaga kiritish uchun kerak bo‘lgan pullar 
ham kiigan. Uning fikricha, aylanma kapital doimo muomalada bo'lishi 
kerak.
Savdo-sanoat maqsadlari uchun mo'ljallangan mashina va mehnat 
qurollari, yemi yaxshilash uchun ajratilgan narsalar jamiyatning 
barcha a’zolarining o‘zlashtirgan va foydali qobiliyatlari asosiy kapitalga 
tegishh deb hisoblangan. Pettidan keyin Smit ham asosiy kapitalga 
xodimlaming mehnat malakasi va qobiliyatini qo‘shdi. Bu masalani 
ancha chigallashtirdi, chunki malaka va qobiliyat kapital deb e’lon 
qilindi. Uning egasi esa foyda oluvchi bo‘lib qoladi (ishchi har doim 
ham foyda egasi bo‘la olmaydi, uni kapitaUst yoki yer egasi oladi). 
Asosiy S va aylanma Y kapitalni solishtirib, ular o‘rtasidagi farq shun- 
daki, deydi Smit, birinchi S bir egadan ikkinchisiga o‘tmay va yana 
aylanmay foyda keltiradi, ikkinchi Y esa egasi qo‘lidan bir shaklda 
ketib, boshqa shaklda qaytib keladi va foyda keltiradi. Shunday qilib
asosiy kapital umuman aylanmaydi, aylanma kapital esa doimo muo­
malada bo'ladi.
Smitning butun ijtimoiy kapitalni takror ishlab chiqarish nazariyasi 
uning qiymat nazariyasiga asoslangan. U ijtimoiy mahsulot qiymatining 
tarkibiy qismlari to‘g‘risida xato ta’Iimot yaratdi. Olimlar buni «Smit 
dogmasi» deb ataydilar. Smitning fikricha, yalpi ijtimoiy mahsulotning 
qiymati ish haqi, foyda va renta yig‘indisiga teng, ya’ni daromadlar 
summasidir. Ishlab chiqarish jarayonida jonli mehnat bilan birga ishlab 
chiqarish vositalari ham qo‘llanilishini tushungan holda, Smit shunga 
qaramay ishlab chiqarish vositalari qiymatini oxir-oqibatda ish haqi, 
foyda va renta kabi daromadlarga bo‘lish mumkin, deb o'yladi. Shun­
day qilib, u yalpi ijtimoiy mahsulot «qiymati»dan doimiy kapital S ni 
chiqarib tashlagan. Qiymatdan uning tarkibiy qismi bo'lgan doimiy 
kapitalni inkor etish takror ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilish 
imkonini yo‘qqa chiqaradi. Har yili ishlab chiqarilgan mahsulot go‘yo 
har yili to‘la iste’mol qilingan bo'lib chiqadi. Lekin bunday sharoitda 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish emas, hatto oddiy ishlab chiqarish 
mumkin bo'lmay qoladi (doimiy kapital S ko‘p yillar ish beradi).


Smit takror ishlab chiqarish muammosini yechish uchun o‘z 
nazariyasiga yalpi va sof daromad o‘rtasidagi farqni kiritadi. Muayyan 
mamlakatning yillik barcha mahsuloti yalpi daromad bo'lsa, sof daromad 
yalpi daromadning shunday bir qismiki, uni shu mamlakat ahohsi 
o‘z kapitalini sarflamay, iste’mol zaxirasiga qo‘yishi mumkin.
Smitning xatosi shuki, u yillik mahsulot qiymatini shu yili yangidan 
hosil qilingan qiymat bilan aynan bir deb o‘ylagan (milliy daromad). 
Lekin yangidan hosil qilingan qiymat daromadlarga ajraladi, yillik 
mahsulot qiymati ishlatUgan ishlab chiqarish vositalari qiymati, ya’ni 
doimiy kapitalni ham o‘z ichiga oladi. Bu xatolik Smitning qiymat 
to‘g‘risidagi ta’limotining kamchiligi va cheklanganligidan kelib chiqqan.
Bu yerda oddiy tarkor ishlab chiqarish to‘g‘risida fikr yuritiladi.
Smit mehnatning ikkiyoqlama xarakterini tushunmasdan, abstrakt 
mehnat yangi qiymat hosil qilish ini, konkret mehnat esa ishlab 
chiqarish vositalari qiymatini yangi yaratilgan mahsulotga o‘tkazishini 
ko'rsata olmadi. Ijtimoiy mahsulot qiymatidan doimiy kapital qiymatini 
yo'qotib qo'ygan Smit kapital jamg‘arilishini butun qo'shimcha 
qiymatning qo'shimcha ish haqiga aylanishi bilan teng degan xato 
xulosalar chiqardi. U o‘ylardiki, kapitalistik ishlab chiqarish rivoji 
bilan ishchilar va ulaming iste’moliga talab ham bir xil sur’atda oshadi, 
chunki daromad va shaxsiy iste’mol ishlab chiqarish bilan parallel 
o'sadi (bir qancha mamlakatlarda shunday bo'lmoqda).
A. Smit erkin raqobat davridagi Buyuk Britaniyadagi iqtisodiy 
siyosatni asoslashga katta e’tibor berdi. U ishlab chiqaruvchilaiga iqtisodiy 
erkinlik ta’minlaslini, davlatning iqtisodiy hayotga aralashmasligini talab 
qilardi. Ammo mamlakatning mudofaa manfaatlari iqtisodiyotdan us- 
tun ham bo'lishi mumkin degan fikri ham bor, ya’ni bu ba’zi paytlarda 
davlatning iqtisodga aralashuvi zarur deganidir. Smit iqtisodiyotda davlat 
sektorining samarasizligini ko‘rsatib: «Hukumat har doim va istisnosiz 
buyuk isrofgarchidir», - deydi. Shu sababli davlatning faqat uch funk- 
siyasi tan olinadi: 1) huquq-tartibot; 2)mamlakat xavfsizhgini ta’min- 
lash; 3)jamiyatga zarur bo'lgan (ammo xususiy sektor tomonidan 
tuzilmagan) ijtimoiy korxona va muassasalami ta’minlash.
Umuman to‘g‘ri bo‘lgan bu fikrlar, ya’ni davlatning iqtisodiyotga 
aralashuvi chegaralari keyingi paytda qayta ко‘rib chiqilmoqda.
Smit merkantilizmga, shu bilan birga, savdodagi proteksionizmga 
(davlat tomonidan cheklovlar, soliq, bojxona va boshqalar), tashqi


savdodagi har qanday cheklovlarga qarshi edi. Olimning siyosati 
feodalizm qoldiqlariga katta zaiba bo‘ldi.
Olimlar Smitga baho berib: «Ilg‘or buijuaziyaning buyuk mafku- 
rachisi», - degan edilar. Lekin u aslida bozor iqtisodiyotining mafku- 
rachisi sifatida nom chiqardi.
Smit nochor ahvolga tushib qolgan iqtisodiyotni rivojlantirish uchun 
quyidagi uch omilni ko‘rsatib bergan: 1) mamlakatda tinchlik, 
osoyishtalik bo'lishi va saqlanishi; 2) me’yordagi yengil soliqlar tizimi;
3) davlat iqtisodiyot ishlariga hadeb aralashavermasligi zarur, 
iqtisodiyot tabiiy ravishda amalga oshaveradi.
Bu qoidalar bizning mamlakat xo'jaligiga ham bevosita oid fikrlar 
hisoblanadi. 
'

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin