Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 8
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
274
w
www.oriens.uz
August
2022
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN
FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI
Ergasheva Surayyo Yo‘ldoshevna
Termiz davlat universiteti Pedagogika instituti 1-bosqich magistranti
Tel:91-575-94-66.
E-mail: davat88@mail.ru
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada axborot kommunikatsion texnologiyalari ya’ni, zamonaviy
kompyuter
texnologiyalari
imkoniyatlaridan
umumta’lim
maktablarining
boshlang‘ich sinf darslarida foydalanishning afzallik va qulaylik tomonlari
yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
boshlang‘ich ta’lim, axborot, texnologiya, kompyuter, taqdimot,
dars, samaradorlik, test, animatsion, multimedia, fanlar, didaktik, pedagogik,
psixologik.
АННОТАЦИЯ
В данной статье описываются преимущества и удобство использования
информационно-коммуникационных технологий, то есть возможности
современных
компьютерных
технологий,
в
начальных
классах
общеобразовательных школ.
Ключевые слова:
начальное образование, информация, технология,
компьютер,
презентация,
урок,
эффективность,
тест,
анимация,
мультимедиа, науки, дидактический, педагогический, психологический.
KIRISH
Ta’lim tarbiya tizimining bugungi kundagi vazifasi o‘sib-ulg‘ayib
kelayotgan
yoshlarni vatanparvar, zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirgan,
komillikka intiladigan barkamol avlodni voyaga yetkazishdir.
Bu jarayonda
o‘qituvchining
roli
beqiyosdir.
Hozirgi
kunda
davlatimiz
tomonidan
o‘qituvchilarning darslarga ijodiy yondashishini taʼminlash, ular faoliyatiga ilg‘or
pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish hamda
o‘quvchilarning dastlabki egallaydigan bilimlarning poydevori mustahkam bo‘lishi,
barcha fanlarni o‘zlashtirishga qiziqishini oshirish maqsadida zarur chora-tadbirlar
ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etib kelinmoqda.
Shuningdek, ta’lim tizimida ilg’or xalqaro tajriba
va jamiyatning zamonaviy
talablariga muvofiq sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini yaratish, xalq ta’limi