129
47-§. Sezgi organlarining ahamiyati.
Ko‘rish organlari
Ø
Analizatorlar, retseptorlar
Ma’lumki, tevarak-atrof muhiti xilma-xil hamda undagi
tovushlar va hidlar, haroratga ko‘ra juda rang-barang bo‘ladi. Atrof-
muhit bilan odam organizmi muttasil bir-biriga bog‘liq. Bu bog‘-
lanish sezgi organlari orqali ta’minlanadi, ya’ni tashqi muhitning
barcha omillari sezgi organlariga ta’sir etadi va ularning bosh
miyadagi markazlariga qabul qilinadi.
Bosh miya po‘stlog‘ining turli qismlarida maxsus nerv hujay-
ralari to‘plami joylashgan bo‘lib, ularni I. P. Pavlov
analizatorlar
(sezgi organlarining markazlari), deb atagan. Har bir analizator
uch qismdan tashkil topgan: ta’sirotlarni qabul qiluvchi —
retseptor, o‘tkazuvchi qismi — sezuvchi nerv tolasi va analiz-
sintez qiluvchi qismi — sezuvchi nerv markazlari.
1. Analizatorning
periferik qismi
, ya’ni
retseptor
. Bu maxsus
nerv tuzilmasi bo‘lib, tananing turli qismlarida (teri, muskul,
pay, ko‘z, quloq, burun, til, ichki organlar va qon tomirlar
devorida) joylashgan. Retseptorlarning soni juda ko‘p, masalan,
terining 1 sm
2
sathida 200—400 tagacha, terining butun sathida
esa 8 mln ga yaqin retseptor bor. Barcha ichki organlarda taxminan
1 mlrd ga yaqin retseptor bor. Tashqi va ichki muhitning barcha
o‘zgarishlari retseptorlar orqali qabul qilinadi.
2. Analizatorning o‘tkazuvchi qismi — bu sezuvchi nerv
tolasidan iborat bo‘lib, u retseptordan ta’sirni qabul qiladi va uni
analizatorning markaziy qismiga o‘tkazadi.
3. Analizatorning markaziy qismi miya po‘stlog‘ining turli
sohalarida joylashgan nerv markazlaridan iborat. Bu markazlardan
muayyan sezgi organlaridagi retseptorlardan kelgan ta’sir analiz
va sintez qilinib, ularning mazmuniga ko‘ra javob reaksiyasi hosil
bo‘ladi (71- rasm).
Dostları ilə paylaş: