140
1.
Eshitishning odam hayotidagi ahamiyatini tushuntiring.
2.
Eshitish organining tuzilishini ayting.
3.
Eshitish sezgisi qanday sodir bo‘ladi?
4.
Eshitish organining me’yoriy rivojlanishi va sog‘lom bo‘lishi uchun
qanday gigiyena qoidalariga rioya qilish kerak?
keladi. Natijada odamning eshitish o‘tkirligi pasayadi va u sekin
tovushlarni aniqlash qobiliyatini yo‘qotadi. Bundan tashqari, uzoq
ta’sir qiladigan kuchli shovqin nerv
sistemasini haddan tashqari
qo‘zg‘atib, uyqusizlik, tez jahl chiqish,
yurak sanchish, qon
bosimining ko‘tarilishi kabi kasalliklarga sabab bo‘ladi.
Tashqi quloq yo‘lini qoplab turuvchi terida juda ko‘p mayda
bezlar bo‘lib, ulardan yog‘simon sarg‘ish suyuqlik ajraladi. Ba’zan
shu suyuqlik to‘planib qolishi tufayli quloq bitadi, g‘uvullaydi.
Bunday hollarda paxtadan yasalgan pilik yoki gugurt cho‘pi uchiga
o‘ralgan bint (paxta) yordamida tashqi quloq yo‘lini
artib tozalash
lozim. Yuvinish paytida quloqqa suv kirganida ham shunday qilinadi.
Tashqi quloq yo‘li kirlanishining oldini olish uchun haftada bir-
ikki marta yumshoq sochiq uchini iliq suv bilan namlab, quloq
yo‘lini artib
turish maqsadga muvofiqdir;
— odam og‘iz, burun, tomoqning shamollashi va gri pp ka-
salliklaridan saqlanishi kerak. Kasallik paydo bo‘lganida esa vaqtni
kechiktirmasdan shifokor maslahatiga binoan davolanishi zarur.
Aks holda og‘iz, burun, tomoqdagi mikroblar
shu yerdagi shilliq
pardaning yallig‘lanishi natijasida hosil bo‘ladigan shilimshiq
suyuqlik bilan birga Yevstaxiy nayi orqali tomoqdan o‘rta quloq
bo‘shlig‘iga o‘tib, uni yallig‘lantiradi. Ba’zan o‘rta quloq bo‘shlig‘ida
yiring to‘planib, undan nog‘ora parda zararlanib teshilishi mum-
kin. Bu esa quloqdan yiringli suyuqlik oqishiga olib keladi. Ayrim
hollarda, o‘z vaqtida davolanmaslik oqibatida
yiring ichki quloqqa
o‘tib, eshitish retseptorlarining zararlanishi tufayli kar bo‘lib qo-
lish mumkin.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o‘rta quloq bilan bosh miya
orasidagi suyak juda yupqa bo‘lganligi uchun quloqning yiringli
kasalliklarida yallig‘lanish jarayoni miya pardasini va to‘qimasini
ham yallig‘lantirib,
meningit, ensefalit kabi og‘ir kasalliklarga sabab
bo‘lishi mumkin.