Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


- §. Muvozanat organi (vestibular analizator)



Yüklə 3,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/135
tarix07.01.2024
ölçüsü3,48 Kb.
#205239
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   135
Odam va uning salomatligi. 8-sinf (2014, B.Aminov, T.Tilavov)

49- §. Muvozanat organi (vestibular analizator)
Ø
Muvozanat organining ahamiyati
Muvozanat organi 
vestibular analizator
, deb ham ataladi.
U odam tanasining fazoda ma’lum muvozanatda bo‘lishini
ta’minlaydi. Tik turganda, yurganda, yugurganda, sakraganda,
raqsga tushganda, narvondan yuqoriga ko‘tarilganda va pastga
tushganda, arg‘imchoq uchganda, suvda suzganda, daraxtga
chiqqanda, turnikda gimnastika mashqlarini bajarganda, har xil
transportda yurganda, ya’ni fazoda odam tanasi eng oddiy holatdan
eng murakkab holatga o‘tganda tanasining muvozanatini
ta’minlovchi asosiy organ vestibular (apparat) analizatordir. Bu
analizatorning ishi buzilsa, odam tanasining muvozanatini saqlash
xususiyati pasayadi yoki butunlay yo‘qoladi. Bu analizator juda
qattiq zararlangan bo‘lsa, odam hatto o‘rindan turganida uning
boshi aylanadi, ko‘zi tinadi, ko‘ngli ayniydi, u tezda o‘tirishga yoki
yotishga majbur bo‘ladi. Vestibular analizator kuchsiz zarar-
langanda odam murakkab harakatlarni, ya’ni tez yugurish, sakrash,
aylanish, zinaga chiqib-tushish kabilarni bajarganda tanasini muvo-
zanatda tutib turishi qiyinlashib, o‘zini noxush sezadi.
Agar yoshligidan boshlab odamning vestibular analizatori
yaxshi chiniqtirilmasa, uning ishi ma’lum darajada pasayadi. Bu,
ayniqsa, odam tanasi fazoda murakkab holatlarda bo‘lganida seziladi.
Chunonchi, mototsiklda, avtomashinada tez yurganda, karuselda
aylanganda, har xil transport vositalarida yurganda boshi aylanadi,
ko‘ngli ayniydi, yuragi tez urib, rangi oqaradi, ba’zida hatto hu-
shini yo‘qotishi mumkin.
Muvozanat organining tuzilishi.
Yuqorida eshitish organining
tuzilishi bayon etilganda, ñhig‘anoqning ichida eshitish retsep-
torlari, dahliz va yarimaylana kanalchalar ichida esa vestibular
analizatorning sezuvchi hujayralari (retseptorlar) joylashgan deb
aytilgan edi (81- rasm). Retseptorlarning qo‘zg‘alishi vestibular
nervga o‘tib, miya ko‘prigidagi po‘stloqosti muvozanat markaziga,
undan miyachaga va bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘idagi
muvozanat markaziga boradi.

Yüklə 3,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin